“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor

SAMARQAND
Beshinchi iqlimdindur. Hech yog‘iy qahr va 
g‘alaba ila munga dast topmog‘on uchun “baldayi mahfuza” 
derlar. Mo‘g‘ul va turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek 
poytaxt qilib edi. Eli tamom sunniy va pok mazhab va
mutasharri’… eldur
.


44 
Asarda nomlari qayd qilingan shaxslar ijtimoiy-siyosiy 
mavqei, 
dunyoqarashi, xulq-atvori, xatti-harakati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bobur 
ularga xos xususiyatlarni aniq ravishda, ayrim o‗rinlarda badiiy umumlashtirgan 
holda tasvirlaydi. Husayn Bayqoro haqida o‗quvchilar ma‘lumotga ega. Navoiy 
Hayoti va ijodini o‗rganganimizda ham bu tarixiy shaxs haqida ma‘lumotlar 
uchraydi. ―Boburnoma‖da ham Bobur Husayn Boyqaro haqida batafsil ma‘lumot 
beradi. O‗quvchilarga asarda keltirilgan Husayn Boyqaroga oid ma‘lumotlarni 
mustahkamlashimiz uchun quyidagi metoddan foydalanishni tavsiya etamiz. 
“Jumlalarni davom ettiring”
metodi. 
Bu 
metodda 
o‗quvchilarga jumlalarni davom ettirish uchun kalit so‗zlar beriladi. O‗quvchilar 
esa shu kalit so‗zlardan foydalanib jumlalarni davom ettiradilar. 
1.
 
 Husayn Boyqaroning valodat va nasabi………………. 
2.
Husayn Boyqaroning 
s
hakl-u shamoyili
……………… 
3.
 
 Husayn Boyqaroning axloq va atvoqi……………… 
4.
 
Husayn Boyqaro Shujo va mardona kishi edi………………….
 
1-o‘quvchi
Valodat va nasabi. Valodati sekkiz yuz qirq ikkida Hirida 
Shohruhmirzo zamonida edi. Sulton Husayn mirzo binni Mansur binni Boyqaro 
binni Umarshayx binni Amir Temur… Onasi Firuzabegim edi. Temurbekning 
nabirasi. Sulton Husayn mirzo Mironshoh mirzoning ham nabirasi bo‘lur edi. 
Sulton Husayn mirzo karimuttarafayn (ikki taraflama ulug‘) edi… 
2-o‘quvchi
Shakl-u shamoyili: qiyiq ko‘zluk, sher andom (qomat) bo‘yluq 
kishi edi. Belidin quyi inchka (ingichka) edi. Bovujudkim, ulug‘ yosh yashab, oq 
soqolliq bo‘lub edi, xushrang qizil, yashil abrishimni (ipak) kiyar edi. Qora qo‘zi 
bo‘rk (telpak) kiyar edi yo qalpoq. Ahyonan iydlarda kichik sepech (uch o‘ram) 
dastorni (salla) yap-yassi yomon chirmon (o‘ralgan) chirmab, qarqaro o‘tag‘asi 
(podsholi jig‘asi) sanchib, nomozg‘a borur erdi.


45 
3-o‘quvchi
Axloq va atvoqi: Mafosil (bod kasalligi) zahmati jihatidin namoz 
qila olms edi, ro‘za ham tutmas edi. Harrof (chechan) va xushxulq kishi edi. Ba’zi 
muomalotta (muomala) sharni (shariat) bisyor rioyat qilur edi. Bir qatla bir o‘g‘li 
bir kishini o‘ldurgani uchun qonliqlarig‘a topshurub, dorulqazog‘a (qozixona) 
yibordi…
 4-o‘quvchi
Shujo va mardona kishi edi… Temurbekning naslidin ma’lum 
emaskim, Sulton Husayn mirzovha qilich chopmish bo‘lg‘ay. Ta’bi nazmi bor edi. 
Devon ham tartib qilib edi. Turkiy aytur edi. Taxallusi “Husayniy” edi…
16
O„qituvchi
: Ko‗rinib turibdiki, Bobur Husayn Boyqaroning shunchaki ta‘rif-
taavsifini berib ketmaydi, balki uning tashqi ko‗rinishi, xulq-atvori va nasl-nasabi 
haqida ham ishonchli ma‘lumotlarni beradi.
Akademik litsey darsligining II qismida Zahiriddin Muhammad Bobur 
hayoti va ijodidan bir mavzu oldin (Husayn Booyqaro→Muhammad 
Solih→Bobur) Husayniy ijodidan lavhalar keltiriladi. Unda ―Risola‖ asari va 
g‗azallaridan namunalar keltiriladi, xolos. Yuqoridagi parcha orqali esa 
o‗quvchilar Husayn Boyqaro haqida keng va atroflicha ma‘lumot oladilar.
―Boburnoma‖da Alisher Navoy, Abdurahmon Jomiy, Behzod kabi ko‗plab 
yirik ijodkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatiga xolis baho beriladi. 
Masalan,
Bobur Alisher Navoiy haqida so‘zlaganda uni “Alisherbek naziri yo‘q kishi 
erdi. Turkiy til bilan to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon 
emas”, 
deb ta‘riflaydi va fan-madaniyat homiysi ekanligi alohida ta‘kidlanadi
.
Ahli fazl va ahli hunarg‘a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma’lum 
emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi va 
Husayn Udiykim, sozda saromad edilar, bekning tarbiyat va taqviyati bila muncha 
16
To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi bosqich 
o‘quvchilari uchun). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 178-179-betlar. 


46 
tarqqiy va shuhrat qildilar.. Muncha binoyi xayrkim, ul qildi, kam kishi mundoqqa 
muvaffaq bo‘lmish bo‘lg‘ay…”
17
Darslikda aynan Navoiy haqidagi parchaning berilishida ma‘lum sabab bor. 
Chunki o‗quchilar Alisher Navoiy haqida ancha ma‘lumotlarga ega bo‗lib, 
―Boburnoma‖dagi matnni uqib olishga uncha qiynalmaydilar. 
Har bir asarni o‗rganishdan va o‗rgatishdan oldin asarning yaratilish davriga 
va asar tiliga alohida e‘tibor qaratmoq lozim. ―Boburnoma‖ asarida ham bugungi 
kun o‗quvchilari tilda tushunish qiyin bo‗lgan so‗zlar uchraydi. Quyida keltirilgan 
metod orqali o‗quvchilar asardagi so‗zlar lug‗atini oson eslab qoladilar va tushunib 
oladilar. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə