“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor

2.2. 
“Boburnoma” 
asarini 
o„qitishda 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalar.
―Boburnoma‖ – ilmiy, adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o‗z 
davridagi ko‗plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko‗plab 
tog‗lari, daryolari, o‗rmon va cho‗qqilari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
ahvoli haqida ma‘lumotlar jamlangan. Asar ―Boburiya‖, ―Voqeoti Bobur‖, 
―Voqeanoma‖, ―Tuzuki Boburiy‖, ―Tabaqoti Boburiy‖, ―Tavorixi Boburiy‖
12
kabi 
nomlar bilan ham ma‘lum. Boburning o‗zi esa ―Vaqoye‖, ―Tarix‖ degan nomlarni 
ishlatgan. Fikrimizning isboti sifatida esa Bobur qalamiga mansub bo‗lgan 
to‗rtlikni keltirib o‗tamiz.
 
Bu olam aro ajam alamlar ko‘rdum,
Olam eliding turfa sitamlar ko‘rdum, 
Har kim bu 
vaqoye’
ni o‘qir, bilgaykim, 
Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum. 
―Boburnoma‖da XV asrning oxiridan XVI asrning 30-yillariga qadar ro‗y 
bergan tarixiy voqealar aks ettiriladi. Asar 1494-yil voqeasi tasviri bilan, 
Samarqand hukmdori Sulton Ahmad mirzoning Farg‗onaga hujumi, Umarshayx 
mirzoning halok bo‗lishi va 12 yoshga qadam qo‗ygan Boburning taxtga chiqishi 
bayoni bilan boshlanadi. Asarda voqealar doirasi kengayib, chuqurlashib, 
murakkablashib boradi. Bobur Movarounnahrdagi, keyinroq Xuroson, Afg‗oniston 
va Hindistondagi voqealarni bayon qiladi. Biroq muallif tarixiy voqealarni sanab 
o‗tish yoki ular haqida ma‘lumot berish bilan cheklanmaydi, balki u tarixiy 
12
Teshaboyev B. Boburning ―Boburnoma‖ asaridan foydalanish // Xalq ta‘limi. 1993. №10-12, 26-bet 


39 
voqealarning manzarasini, tarixiy shaxslarning qiyofasi va xarakterini, tabiat 
lavhalarini chizib beradi, maroqli va jozibali badiiy uslub bilan turli xil 
sarguzashtlarni, rivoyat va latifalarni hikoya qiladi, xalq maqollari va she‘riy 
parchalar bilan o‗z asarini bezaydi, turli usul va til vositalaridan foydalanadi. 
Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘limiga ―Boburnoma‖ asaridan ba‘zi parchalar 
kiritilgan bo‗lib, bu parchalar o‗quvchilarga asar haqida ma‘lumot beri
shga 
xizmat 
beradi. Amaldagi darsliklarda Husayn Boyqaro ta‘rifi keltiriladi. Hozirgi
umumta‘lim maktablarining 9-sinf va akademik litseylar uchun mo‗ljallangan II 
kurs adabiyot darsliklarida joy nomlaridan Farg‗ona, Andijon va Samarqand, 
Hindiston tasviri keltiriladi:
“Farg‘ona viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma’muraning kanorasida voqe 
bo‘lubtur. Sharqi Koshg‘ar, g‘arbi Samrqand, janubi Badaxshonning sarhadi 
tog‘lar… Muxtasar viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog‘ voqe 
bo‘lubtur. G‘arbi tarafikim, Samarqand va Xo‘jand bo‘lg‘ay, tog‘ yo‘qtur. Ushbu 
jonibtin o‘zga hech jonibtin qish yog‘iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xo‘jand 
suyig‘a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla 
o‘tub, g‘arb sori oqar.
Yetti pora qasabasi bor: beshi Sayxun suvining janub tarafida, ikki(si) shimol 
jonibida. Janubiy tarafidag‘i qasabalar(dan) biri Andijondurkim, vasatta voqe’ 
bo‘lubtur, Farg‘ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun 
va uzumi yaxshi bo‘lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. 
Andijon noshpotisidin yaxshiroq noshpoti bo‘lmas… Movarounnahrda Samarqand 
va Kesh qo‘rg‘onidin so‘ng mundin ulug‘roq qo‘rg‘on yo‘qur. Uch darvozasi bor. 
Arki janub tarafida voqe bo‘lubtur. To‘qqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir 
yerdin ham chiqmas. Qal’aning girdogirdi xandaqning tosh yoni sangrezalik 
shohroh tushubtur. Qal’aning girdogirdi tamom mahallotdur. Bu mahalla bila 
qal’aga fosila ushbu xandaq yoqasidog‘i shohrohtur. Ovi qushi dog‘i ko‘p bo‘lur, 
qirg‘ovuli behad semiz bo‘lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirg‘ovulni uskunasini 


40 
to‘rt kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi 
yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning 
musannafoti bovujudkim Hiriyda nash-u namo topibtur, bu til biladur. Elning 
orasida husn xeyli bordur. Yusuf Xojakim musiqida mashhurdur. Andijoniydur. 
Havosining ufunati bor. Kuzlar el bezgak ko‘p bo‘lur”
13

O‗quvchilar ―Boburnoma‖ orqali bugungi kunimiz bilan o‗rta asrlardagi 
shaharlarni, aholining turmush tarzini solishtirib ko‗radilar. Yuqoridagi parchada 
Bobur o‗rta asrlardagi Farg‗ona viloyatini ta‘riflamoqda.
Asarda har bir voqea-hodisa shunday ustalik bilan tasvirlanadiki, bevosita 
o‗quvchining ko‗z oldida gavdalanadi. Biz buni Samarqand tasvirida yaqqolroq 
ko‗rishimiz mumkin bo‗ladi: 
“Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi 
iqlimdindur. Shahri Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yog‘iy 
qahr va g‘alaba ila munga dast topmog‘on uchun “baldayi mahfuza” derlar. 
Samarqand amirul mo‘minin Usmon zamonida musulmon bo‘lg‘ondur. Sahobadin 
Qusam Ibn Abbos anda borg‘ondur. Qabri Ohanin darvozasining toshidadur. Holo 
Mazori Shohg‘a mashhurdur. Samrqandni Iskandar bino qilg‘ondur. Mo‘g‘ul va 
turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. Temurbekdin burun 
Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilg‘on emastur. Qo‘rg‘onini 
fasilning ustidin, buyurdimkim, qadam urdilar, o‘n ming olti yuz qadam chiqti.
Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri’… eldur. Hazrati risolat 
zamonidin beri ul miqdor aimmai islomkim, Movarounnahrdin paydo bo‘lubtur, 
hech viloyattin ma’lum emaskim, muncha paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. Shayx 
Abumansurkim, aimmai kalomindur, Smarqandning Motrid otliq mahallasidindur. 
Aimmai kalomikki firqadur: birni motridiya derlar, birni ash’ariya derlar. Motridiya 
13
Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot (Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 9-sinfi uchun 
darslik). – T.: Yangi yo‘l poligrapf service, 2010-yil, 86-bet 


41 
shayx Abumansurga mansubdur. Yana sohibi “Sahihi Buxoriy” Xoja Ismoil Xartang 
ham Movarounnahrdindur. Yana sohibi “Hidoya”kim, imom Abu Hanifa 
mazhabida “Hidoya”dan mo‘tabarroq kitobi fiqh kam bo‘lg‘oy. Farg‘onanig 
Marg‘inon otliq viloyatidindur, ul ham doxili Movarounnahrdur.
Buxoro va Qorako‘lgachakim, o‘ttuz-qirq yig‘och yo‘lg‘a yovuqlashur Ko‘hak 
suyi bila ma’mur va mazru’dur. Mundog‘ ulug‘ daryo also ziroattin va imorattin 
ortmas, balki yozlar uch-to‘rt oy Buxorog‘a suv yetmas. Uzumi va qovuni va olmasi 
va anori, balki jami mevasi xo‘b bo‘lur. Vali ikki meva Samarqanddin mashhurdur: 
sebi Samarqand va sohibiyi Samarqand. Qishi mahkam sovuqtur, qori ararchi 
Kobul qoricha tushmas. Yozlar yashi havosi bor, agarchi Kobulcha yo‘qtur. ”
14
Darsliklarga Kobul, G‗azna va Hindiston ta‘rifi ham keltirilgan bo‗lib, u 
yerlarning hayvonot va nabotot olami, me‘morchilik, iqlimi haqida ma‘lumotlar 
beriladi. Bu ta‘riflarda Movarounnahr va Xurosondagi shaharlar bilan 
taqqoslanadi. Shuningdek, Hindiston ta‘rifida Bobur u yerda qovun va uzum 
yetishtirganini ham aytib o‗tadi. Bu esa uning qanchalik zukko va tadbirkor shaxs 
bo‗lganidan dalolat beradi:
“Balxiy polizkorni qovun ekkali qo‘yulub edi. Bir necha qovun saqlag‘on 
ekandur, kelturdi. Xili yaxshig‘ina qovunlar edi. Bir-ikki buta tok “Hasht behisht” 
bog‘ida yetkurub edim, aning ham yaxshig‘ina uzumlari bo‘lub edi, Shayx Go‘ran 
ham bir sabad uzum yiborib edi, yomon emas edi. Hindistonda qovun, uzumning 
muncha bo‘luridin filjumla xursadlig‘ bo‘ldi.”
15
Yuqorida keltirilgan asardagi parchalarni o‗quvchilarga sodda va oson 
tushuntirish uchun quyidagi metoddan foygalanishni tavsiya etamiz. Bu metod 
kichik guruhlarda ishlashga mo‗ljallangan bo‗lib,o‗quvchilarda guruh bo‗lib 
ishlash malakasini shakllantiradi. Dars davomida fodalanishimiz mumkin bo‗lgan 
14
O Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot (Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 9-sinfi uchun 
darslik). – T.: Yangi yo‘l poligrapf service, 2010-yil, 87-bet. 
15
To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi bosqich 
o‘quvchilari uchun). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 187-bet. 


42 
metodlarga alohida e‘tibor qaratmog‗imiz lozim. Chunki bu metodlar 
o‗quvchilarga yetarli bilim, ko‗nikma va malakalarni yetkazib berishga xizmat 
qilishi kerak. Quyida keltirmoqchi bo‗lgan metodimiz ham shu vazifani bajarishga 
xizmat qiladi degan umiddamiz. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə