“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor

 “Tafakkur” metodi. 
Bu metodni g‗azallarni tahlil qilishda qo‗llasak 
yaxshi natija beradi. Bu metodda tanlangan g‗azalning har bir so‗ziga alohida 
e‘tibor beriladi. 
O„qituvchi
: G‗аzаl yuksаk bаdiiyati tufаyli shuhrаt tоpgаn. ―G‗urbаtdа ul 
оy‖ g‘аzаlini quyidаgi qаtlаmlаr оrqаli ko‘rib chiqаmiz: 
1-guruh So‗z qаtlаmi. So‗z nuqtаi nаzаridаn shоir birоr еrdа ul оy, ya‘ni yor 
dеgаndа Vаtаnni ko‗zdа tutаyotgаnini оshkоr bildirib o‘tmаgаn. G‗аzаl bir 
qаrаshdа o‗z yoridаn аjrаlib hijrоn vа g‗urbаt аzоbidа dаrd chеkаyotgаn оshiqning 
iztirоblаrini ifоdаlаyotgаndеk go‗yo. So‘z jihаtdа g‗аzаl аnа shu so‗z tizimi 
mаntig‗igа bo‗ysunаdi.
2-guruh Mа‘nо qаtlаmi. Mа‘nо jihаtdаn esа аnа shu so‘z zаmiridа yotgаn nаrsа 
tushunilаdi. G‘аzаldа yor timsоli Vаtаnni аnglаtib kеlishi аyni shu mа‘nо qаtlаmini 
bildirаdi.
So‘z 
qаtlаmi 
Murоd 
qаtlаmi 
Mа’nо 
qаtlаmi 


31 
3-guruh Murоd qаtlаmi. Shоirning yorni tаsvir mаrkаzigа оlishidаn hаm, bu 
timsоl аsоsidа Vаtаnni ko‘zdа tutishdаn hаm ko‘zlаgаn mаqsаdi bоr. Hаr qаndаy 
аdаbiy аsаr hаyotni аks ettirаdi. G‗аzаldа so‗z qаtlаmidаgi yor hаm, mа‘nо 
qаtlаmidаgi Vаtаn hаm hаyotni аks ettirishning bir yo‘li – vоsitа ekаni 
оydinlаshаdi. Аnа shu 3 qаtlаm uyg‘unligi birginа g‗аzаldа yor ishqini, hijrоn 
аzоblаrini, Vаtаn dаrdini tаrаnnum etish imkоnini bеrаdi.
O„qituvchi
: Ko‗rinib turibdiki g‗azaldagi har bir so‗z inson ruhiyatiga chuqur 
ta‘sir ko‗rsatadi. Ijodkor shaxsiyatini tushunishga yordan beradi.
“Bir g„azal tahlili” metodi. 
Bu
 
metod orqali o‗quvchilar 
belgilangan g‗azalning butun mohiyatini tahlil etishadi. Tahlil davomida shoirning 
ichki kechinmalari, his-tug‗ulari ochib beriladi. Natijada esa o‗quvchilar g‗azal 
yuzasidan yetarlicha bilim, ko‗nikma va malakaga ega bo‗lishadi. 
Xazon yafrog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim,
Ko‘rub rahm aylagil, ey lolaruh, bu chehrayi zardim. 
Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz, 
 
 
Ayog‘ingg‘a tushib bargi xazondek muncha yolbordim. 
 
 
Latofat gulshanida gul kabi sen sabz-u xurram qol,
 
 
Men archi dahr bog‘idin xazon yaprog‘idek bordim. 
 
 
Xazondek qon yoshim sorig‘ yuzumdin el tanaffurda,
 
 
Bahar range, bihamdilloh, ulusdin o‘zni qutqordim. 
 
 
Ne tole’dur mangakim, axtari baxtim topilmaydur,
 
 
Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim. 
 
 
Ulusning ta’n-u ta’rifi manga, Bobur, barobardur,


32 
 
 
Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim. 
10
 
1-O‘quvchi

She‘rda vatan sog‗inchi ifodalangan. Bunda shoir kuz manzarasini, 
ona tabiatning sulg‗inmanzarasini, shu bilan hamohang, lirik qahramon kayfiyatini 
ochadi, tasvirlaydi. Muallifning munosabati va sharhlari she‘rdagi sog‗inch va 
dardni, Vatandan ayrilish fojiasini kuchaytirib boradi. Kuz, xazon umrning 
so‗ngidan nishona. Umrim ―hajr‖ (ayriliq)ingda o‗tdi, deydi. Shoir ―lolaruh‖dan 
rahm qilishini so‗raydi. U esa parvosiz ―sarkash‖ (o‗ husniga mast), chunki u 
sarvdek go‗zal va bezavol, xazon ofatiga begona, hamisha yam-yashil. Kim u 
lolaruh, sarvchi? Nega lirik qahramon uning oyog‗iga bargi xazondek tushib 
muncha yolvoradi? U Vatan! Faqat vatangina bezavol, abadiy yashillik maskanidir. 
Faqat u inson uchun tengsiz. Vatanni, ona diyorni hech bir narsaga almashtirib 
bo‗lmaganidek, uni o‗zga bir narsaga mengzash ham mumkin emas. Chunki, bu 
Vatan, insonning kindik qoni tukilgan maskan… Vatan – abadiy, insonlar esa 
kelib-ketaveradilar.
2-O„quvchi:
G‗azalning uchinchi baytida dunyo bog‗idan go‗yo xazon bargidek 
ketayotgan shoir Vatan daraxtyining bir umr ―sabz-u xurram‖ (yashil va ko‗rkam) 
qolishini dil-dildan istaydi.
To‗rtinchi baytda sarg‗ayib uzilgan barg timsoli yana davom etadi. Kuzning 
sariq-qizil ranglari yuz va ko‗zyosh (qon yosh)ga ko‗chriladi va ulardan elning 
nafratlanayotganligi (―tanaffurda‖) tilga olinadi va lirik qahramon ulardan o‗zini 
qutqara olganiga shukrona aytadi.
Qismat kitoblarini bir-bir varaqladim, yo‗q, baxt yulduzim (―axtari yulduzim 
topilmaydur‖) topilmadi, tole‘im neligini bilmadim.
G‗azalning maqtasida o‗zining Vatan haqidagi istak va e‘tiqodidan 
zarracha ham qaytmagan, ochiq yuz, ochiq ko‗ngil, tanti va jumard Bobur butun 
borlig‗icha, axtida sobitligida namoyon bo‗ladi.
10
To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi bosqich 
o‘quvchilari uchun). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 164-bet. 


33 
3-O„quvchi:
Xalqning ta‘nasi ham, ta‘rifi ham men uchun ahamiyatsiz, chunki 
yaxshilikni ham, yomonlikni ham keragidan ortiq ko‗rdim, deydi shoir she‘rida 
ma‘no jihatidan bir-biriga qarama-qarshi so‗z va iboralarni, fikr yoki holatni 
anglatib, aytmoqchi bo‗lgan gapining ta‘sirchan chiqishiga erishadi. Xazon 
yafroqi, gul yuz, lolaruh, chehrayi zard (sariq), ta‘na-ta‘rif, yaxshi-yomon kabi.
Ma‘lumki, ―gul‖ so‗zi ko‗pincha ―yuz‖ so‗zi bilan yonma-yon ishlatiladi. O‗z 
navbatida, ―gul‖ ma‘no jihatidan barg, gulshan, bog‗ so‗zlariga yaqin. Shoir 
she‘rda mana shunday so‗zlardan, ularning ma‘no o‗xshashliklaridan ustalik bilan 
foydalaniladi.
O‗qituvchi: Insonga xos quvonch ham, g‗am ham shoir she‘riyatida birdek 
ma‘no-mohiyat kasb etadi. Bu holat o‗z-o‗zidan she‘rning hayotiyligini
ta‘sirchanligini kasb etadi. Albatta, bunga Boburning bir umr vatandan ayro 
tushgani, uning so‗ngsiz sog‗inch-u alamlari sabab bo‗lgan. Shu jihatdan quyidagi 
g‗azali alohida ahamiyatga ega. 
Yuqoridagi ma‘lumotdan so‗ng g‗azalni avval o‗qituvchining o‗zi ifodali o‗qib 
beradi, so‗ngra o‗quvchilarga o‗qitadi. Chunki aruz vaznidagi she‘rlar o‗z o‗qilish 
tartib qoidalariga ega. Ifodali o‗qish she‘r go‗zalligini chuqur his etishga, 
o‗quvchilarda shoirning badiiy mahorati haqida to‗liq tasavvur hosil bo‗lishiga 
imkon beradi. Zero, g‗azaldagi ma‘nolarni tushunish bilan birga g‗azalni o‗z vazni 
– ohangi bilan o‗qish, talaffuz etish ham juda muhim. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə