“Himoyaga tavsiya etilsin”


“Fikriy hujum” g„аzаl nimа?”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor

 
“Fikriy hujum” g„аzаl nimа?”
 
bu metodda
 
o‗quvchilаr
g‘аzаl 
hаqidаgi fikrlаrni shu pаytgаchа o‘rgаngаn bilimlаri аsоsidа bildirа bоshlаydilаr. 
Bildirilgаn fikrlаr sinf tахtаsigа yozib bоrilаdi. Nоto’g’ri fikrlаr uchun hаm tаnbеh 
bеrilmаydi, chirоyli, аsоsli fikrlаr rаg’bаtlаntirilаdi vа umumiylаshtirilаdi. 
 
1-o‘quvchi

Gʻazal (arab. — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) 
— Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. "Gʻazal" atamasi dastlab VI-
VII asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari 
adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy 
adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 
21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi. 
2-o„quvchi
: Gʻazal 
aa, ba, va, ga, da
va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir 
bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki mabdaʼ, oxirgisi maqtaʼ deb ataladi. 
Agar ikkinchi baytning misralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi matlaʼ yoki husni 


28 
matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan 
chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik 
anʼanaga aylangan. 
3-o„quvchi
: Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik 
uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, 
mavʼiza (pandnasihat) va hajviy Gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 
mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) gʻazal; yakpora 
gʻazal; voqeaband gʻazal.; musalsal gʻazal. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona 
va rindona gʻazallarga boʻlinadi. 
O‗quvchilаr mustаqil fikr bildirib, bu usulni dаvоm ettirishlаri mumkin.
O„qituvchi
: Oʻzbek adabiyo-tida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning 
"Qisasi Rabgʻuziy", Xorazmiyning "Muhabbatnoma"sida uchraydi; keyinchalik 
Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, 
Alisher Navoiy, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, 
Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va boshqalar ijodida rivojlantirildi. 
Shuningdek Bobur ham o‗z ijodida go‗zal g‗azal namunalarini yaratgan. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə