“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor

 
3-BOB.
Ishning amaliyotga tadbiqi
3.1. Tajriba –sinov natijalari………….49-56 
3.2. Ochiq dars ishlanmasi………………………………….57-68 
Xulosa
.....................................................................................................69-72 
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati
.............................................................74-77 

 
 
 
 




KIRISH 
 
Mavzuning dolzarbligi: 
O‗zbekiston davlatining mustaqillik davridagi 
taraqqiyoti ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha qirralarida bo‗lgani singari 
madaniy-ma‘rifiy sohalarda ham tarixiy o‗zarishlarni yuzaga keltirmoqda. 
Qadimiy merosimiz ildizlarini ko‗rsatish, o‗tmishdagi boy an‘analarni, milliy 
qadriyat va ma‘naviy boyliklarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish bugungi 
hayotimizning bosh vazifalaridan biriga aylandi.
Mavzuning o„rganilish darajasi: 
Zahriddin Muhammad Bobur hayoti va 
faoliyati haqida ko‗plab izlanish va tadqiqotlar olib borilgan. Ammo 
B.Valixo‗jayev haqli ta‘kidlaganidek: ‖…bu qutlug‗ ishni Boburning o‗zi 
―Boburnoma‖da boshlab bergan edi. Shundan so‗ng Movarounnahr, Afg‗oniston 
va Hindistonda yozilgan tazkira va tarixiy asarlarda Bobur haqida ma‘lumot berish 
kuzatiladi‖

. Darhaqiqat, Bobur hayoti va ijodi haqida ma‘lumot beruvchi eng 
noyob 
ishonchli 
manba 
uning 
―Boburnoma‖ 
asaridir. 
Shuningdek, 
Gulbadanbegimning ―Humoyunnoma‖, Muhammad Haydarning ―Tarixi Rashidiy‖ 
asarlari ham aytish mumkin. 
 
Rus 
sharqshunoslaridan 
N.I.Ilminskiy, 
N.I.Pantusov, 
S.I.Polyakov, 
N.I.Veselovskiy, V.V.Vyatkin, A.Samoylovich, V.Bartold; afg‗on olimlaridan 
Ahmad Ali Kohzod, Abdulhay Habibiy, Gulchin Maoniy; hind olimlaridan Zokir 
Husayn, Nurul Hasan, S.A.Sharmi, R.P.Tripatxi, P.Saron, Kanunga; turk 
olimlaridan Fuod Kupruluzoda, Rashid Rahmati Arad kabilar ham Bobur faoliyati 
va merosi bilan shug‗ullandilar.
Boburning hayoti, faoliyati, ilmiy, badiiy merosini o‗rganish, asarlarini 
nashr etish borasida o‗zbek olimlari ham muayyan ishlarni amalga oshirdilar. 
Umuman, boburshunoslik ravnaqida Yahyo G‗ulomov, Vohid Zohidov, Homil 
Yoqubov, Porso Shamsiyev, Sabohat Azimjonova, Aziz Qayumov, Hamid 
Sulaymon, Said Aliyev, Botirxon Valixo‗jayev, Hasan Qudratillayev kabilarning 
1
Валихўжаев Б. Мумтоз сиймолар. – Т.:А. Қодирий номидаги «Халқ мероси» нашриёти. 2002-йил, 247-бет. 



ilmiy tadqiqotlari muhim hissa bo‗lib qo‗shildi. Ammo shunga qaramasdan
metodika sohasida yetarli ishlar amalga oshirilmagan. Shu bois, mazkur BMI 
Bobur hayoti va ijodini o‗qitish va o‗rganishning ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq 
qilishni nazarda tutadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə