“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor

Tadqiqotning maqsadi:
Asarni o‗rganishda belgilab olingan maqsadlar 
quyidagilar: 

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatini darsliklarda berilishi, 
o‗rganilishi; 

Umumta‘lim maktablari va akademik litseylarda o‗rgatilishini tahlil 
etish 

Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasini o‗rganishda interaktiv 
metodlardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish; 
Ishning yangiligi: 
Yuqorida aytib o‗tganimizdek, Bobur hayoti va ijodi o‗zbek 
adabiyoti va metodika sohalarida o‗rganilgan bo‗lsa-da, Zahiriddim Muhammad 
Bobur hayoti va ijodini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, interaktiv 
metodlardan foydalangan holda o‗qitilishi o‗rganilmagan edi. Biz o‗z bitiruv 
malakaviy ishimizda mana shu jihatga e‘tibor qaratdik.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: 
Ish amalga oshirilish 
jarayonida maktab va akademik litsey darsliklarida o‗quvchilarning o‗quv, bilim 
faoliyatini izchil shakllantirishga yo‗naltirilgan nazariy yondashuvlar bilan 
boyitildi. Shuningdek, 
umumta’lim maktablari va akademik litseylarda Zahiriddin 
Muhammad Bobur hayoti va ijodini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, 
interaktiv metodlardan foydalangan holda o‘qitilishi va 
Bobur hayoti va ijodini 
o‗rganish bo‗yicha tegishli interaktiv metodlar, ko‗rsatma va tafsiyalar beriladi.
Tadqiqot obyekti va predmeti.
Tadqiqotning obyekti umumta‘lim 
maktablari va akademik lisey adabiyot darsliklari va unga kiritilgan Zahiriddin 
Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid materiallarni tashkil qiladi. Bundan 



tashqari Bobur hayoti va ijodiga bag‗ishlangan monografiyalar, va tadqiqotlardan 
ham foydalanildi. 
Tadqiqot metodlari. 
Innovatsion ta‘lim metodlari, hamkorlikda o‗qitish, 
loyihalash, muammoli ta‘lim, o‗yin texnologiyalaridan hamda ular tarkibida 
qo‗llaniladigan interaktiv metodlardan foydalanildi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə