“Himoyaga tavsiya etilsin”


-sinf adabiyot darsligidagi ma‟lumotlar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor

 
9-sinf adabiyot darsligidagi ma‟lumotlar 
4

Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir 


sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. Ayni paytda u 
adabiyotimizning Navoiydan keyingi zabardast vakili hisoblanadi.
Hayot yo‗li. Bobur 1483-yil Farg‗ona viloyatining poytaxti Andijonda 
tug‗iladi. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to‗rtinchi 
avlod – evara edi. Onasi Qutlug‗ Nigorxonimning otasi Yunusxon esa o‗n ikki avlod 
bilan Chingizxonga ulanardi. Ko‗rinadiki, Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk 
sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng mashhur kishilaridan 
biridir. Murakkab va ziddiyatli hayoti o‗spirinlikdan to umrining oxirigacha jang-u 
jadallar, sarson-sargashtalik, zafar va mag‗lubiyat, ijod-u bunyodkorlik ichida 
kechdi.
1494-yilda Umarshayx Mirzoga qarshi uning o‗z akasi – Samarqand hokimi 
Sulton Ahmad Mirzo hamda qaynog‗asi Toshkent hokimi Mahmudxon til biriktirgan 
holda qo‗shin tortib, Farg‗onaga yurish qiladilar. Nihoyatda qaltis vaziyat vujudga 
keladi. Buning ustiga kutilmagan falokat yuz beradi: Andijonning g‗arb tomonidagi 
jar yoqasida bino bo‗lgan Axsi qo‗rg‗onida turgan Umarshayx Mirzo kabutarxonasi 
bilan jarga qulab, halok bo‗ladi. Umarshayxdan uch o‗g‗il va besh qiz qolgan edi. 
O‗g‗illarining kattasi - 12 yoshga qadam qo‗ygan Bobur taomil bo‗yicha taxtga 
o‗tiradi. O‗ratepa, Xo‗jand va Marg‗ilonni qo‗lga kiritib, Quvaga kirgan Sulton 
Ahmad qo‗shni shaharni kesib o‗tuvchi Qorasuv ko‗prigida toshqinga uchrab, tuya 
4
(Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot (Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 9-sinfi uchun 
darslik). – T.: Yangi yo‘l poligrapf service, 2010-yil, 80-81-betlar) 


11 
va otlari botqoq suvga cho‗klib, ko‗pi nobud bo‗ladi. Ustiga usatk o‗lat tarqaladi. 
Qo‗shin vahimaga tushadi. Sulton Ahmad sulh tuzib, ortga qaytadi va yo‗lda vafot 
etadi. Sulton Mahmud ham Axsini bir muddat qamal qilib ololmay, ketishga majbur 
bo‗ladi. Sharoitdan foydalanib qolmoqchi bo‗lgan Koshg‗ar va Xo‗tan hokimi 
Abobakr Do‗g‗latning O‗zgand yaqinidagi harakatlariga chek qo‗yiladi. 
―Boburnoma‖ning aynan shu voqealarga ishora qilib ―Tengri taoloning inoyati…‖ 
so‗zlari bilan boshlanishi bejiz emas edi. Bobur 1497-yili 15 yoshida sohibqiron 
Amir Temur poytaxt qilgan Samarqand shahrini egallaydi. Lekin moddiy tanqislik, 
qaltis siyosiy vaziyat tufayli bu shahri azimni tashlab chiqishga majbur bo‗ladi. 
Andijonda xiyonat yuz bergandi. Bobur ishongan beklar taxtga ukasi Jahongir 
mirzoni o‗tqazmoqchi bo‗ladilar. Ikki yil sargardonlikdan so‗ng katta mashaqqatlar 
bilan Andijon qaytarib olinadi. 1500-yilda Bobur Samarqandni jangsiz osonlik bilan 
qo‗lga kiritadi. Lekin Shayboniyxon yaqinlashib kelayotganligi uchun kuch to‗plash 
maqsaadida Shahrisabzga jo‗naydi. Shunda Shayboniyxon Sulton Ali mirzoning 
onasi Zuhrabegimni unga uylanish va‘dasi bilan aldab, shaharni egallaydi.
1501-yilda Bobur 240 nafar navkari bilan yetti mingga yaqin qo‗shini 
bo‗lgan tajribali shoh Shayboniydan Samarqandni tortib olishga muvaffaq bo‗ladi. 
Ko‗p o‗tmay Shayboniyxon shaharni qamal qildi va u uzoq davom etdi. Bir 
tomondan shahar ichidagi ochlik, ikkinchi tomondan qarindoshlari bo‗lmish boshqa 
temuriylardan madad kelmagani yosh hukmdorni og‗ir bo‗lsa-da, bir qarorga 
kelishga undadi. U yana Samarqandni tashlab ketishga, nafaqat Samarqandni, jondan 
aziz Vatanini ham butunlay tark etishga majbur bo‗ldi. Ikki yilga yaqin sarson-
sargardonlikdan so‗ng 1503-yilda Kobulga yo‗l oladi. Kobul va G‗aznani jangsiz 
egallaydi va o‗zini shoh deb e‘lon qiladi. 1507-yildan Hindistonni zabt etish 
harakatiga tushgan Bobur 1526-yili o‗z maqsadiga yetadi. Shu yilning 21-aprelida 
Panipat jangida Boburning 12 minglik qo‗shini hind sultoni Ibrohim Lo‗diyning 100 
ming kishilik askari bilan to‗qnashadi. Ajdodlaridan meros jang sirlari, yillar 
davomida to‗plagan tajribasi hamda taqdirning bergan achchiq saboqlari qo‗l keldi. 
Bobur hind yerida Yevropada keyinchalik ―Buyuk mo‗g‗ul imperiyasi‖ deb atalgan 


12 
ulkan saltanatga asos soldi. Bobur va boburiylarning hukmdorligi Hindiston tarixida 
juda katta ijobiy ahamiyat kasb etadi.
Bobur Hindistondagi din-mazhab janjallarini oldini olishga, mamlakatda 
osoyishtalik qaror toptirishga urindi. Adolatli qonunlar chiqardi, g‗ayridinlik solig‗i 
(juz‘ya)ni bekor qildi, o‗lgan erning tirik xotinini murda bilan birga yoqishni 
ta‘qiqladi. Mamlakatda obodonchilik ishlarini yo‗lga qo‗ydi, Shuningdek, hind 
yerida hali hech bo‗lmagan bog‗lar bino qildi. Movarounnahrning shirin-sharbat 
mevalarini ekdirdi. Lekin jang-u jadallar, saltanat tashvishlari, ayniqsa, Vatan 
sog‗inchi nozik qalb egasi bo‗lgan shoirning sog‗ligiga salbiy ta‘sir qildi. 
Begona bir yurtni zabt etish hech qachon oson kechmagan. 1526-yilning 21-
dekabrida Bobur dushmanlari tomonidan zaharlanib, tasodif tufayli omon qoladi. 
Biroq bu ahvol yigirma besh-yigirma olti kun davom etadi, xolos. Bobur 1530-
yilning 26-dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin uning xoki, vasiyatiga muvofiq, 
Kobulga ko‗chiriladi
5
.
9-sinf adabiyot darsligida Boburning hayoti ba ijodiga oid ma‘lumotlar kengroq 
berilgan. Ma‘lumotlarni va vaqtni hisobga olgan holda darsda quydagi metodlardan 
foydalanish mqasadga movofiq. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə