“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor

 
MEMUAR ASAR
"Memuar" fransuzcha ……………. ma'nosini anglatadi. Muallifning o'zi qatnashgan 
yoki ko'zi bilan ko'rgan …………….. haqida hikoya qilingan asar memuar asar 
hisoblanadi. …………..…."Bolalik", A. Qahhorning ………………asarlari memuarning 
namunalaridir. 
Memuar asarlarga xos asosiy qirra shundaki, unda ………………. ishtirokchi yoxud 
tonig' (guvoh) sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi. U tarixchi va 
adabiyotshunos olimdan farq qilib, real voqelikning o'zi bevosita qatnashgan yoinki 
ko'rgan qisminigina aks ettiradi. Bunda muallif o'z kuzatish va dunyoqarashigagina 
tayanadi. Shuning uchun ham ………………… asarda yo hikoyachining o'zi yo bo'Imasa, 
uning nuqtai nazari old o'rinda boiadi. Bu holni "Boburnoma" misolida yaqqol 
ko'rish mumkin. 
 
 
 
MEMUAR ASAR
"Memuar" fransuzcha "esdalik" ma'nosini anglatadi. Muallifning o'zi qatnashgan 
yoki ko'zi bilan ko'rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar 
hisoblanadi. Oybekning "Bolalik", A. Qahhorning "O'tmishdan 
er
taklar" asarlari 
memuarning namunalaridir. 
Memuar asarlarga xos asosiy qirra shundaki, unda muallif ishtirokchi yoxud tonig' 
(guvoh) sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi. U tarixchi va 
adabiyotshunos olimdan farq qilib, real voqelikning o'zi bevosita qatnashgan yoinki 
ko'rgan qisminigina aks ettiradi. Bunda muallif o'z kuza-tish va dunyoqarashigagina 
tayanadi. Shuning uchun ham memuar asarda yo hikoyachining o'zi yo bo'Imasa, 
uning nuqtai nazari old o'rinda boiadi. Bu holni "Boburnoma" misolida yaqqol 
ko'rish mumkin. 
 
 


17 
1.2. Bobur hayoti va ijodining akademik litsey darsligida o„rganilishi. 
Boburdan bizga ulkan meros qoldi. Bu meros shoirning devonlari, 
―Boburnoma‖si. U Xoja Ubaydulloning ―Risolayi volidiya‖sini o‗zbekchalashtirdi, 
musulmon axloqiga oid ―Mubayyin‖ asarini yaratdi, ―Xatti Boburiy‖ni ixtiro qildi. 
―Boburnoma‖ – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o‗z 
davrining ko‗plab kishilarining turli vaziyatdagi kechinmalari, , siyosiy ahvoli 
haqidagi ma‘lumotlar jamlangan. Osiyoning ko‗plab tog‗lari, daryolari, o‗rmon va 
cho‗llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy haqida ma‘lumotlar keltirilgan. 
―Boburnoma‖ – o‗zbek nasrining go‗zal namunasi. Bu paytgacha Yusuf 
Xos Hojibning ―Qutadg‗u bilig‖ asarining muqaddimasida, Rabg‗uziy ijodida nasr 
namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pog‗onaga olib chiqdi. Biroq 
―Boburnoma‖ o‗zbek nasrining o‗ziga xos kashfiyoti sifatida yuz ko‗rsatdi.
Asarda tarixning Bobur yashab o‗tgan davri voqealari ifodalangan. Bu 
voqealar Andijon, Samarqand, Xo‗jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha 
bo‗lgan qamrovga ega. Ya‘ni unda O‗rta Osiyodan Hindistongasha bo‗lgan 
o‗lkalardagi deyarli 50 yillik voqealar tasvirlangan. 
―Boburnoma‖dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va lo‗nda, ta‘sirchan, eng 
muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e‘tiborlidir
6
.
Biz 9-sinf va akademik litseylardagi (II qism darsligi) shoir hayoti va ijodiga 
oid ma‘lumotlar darsliklarda berilgan ma‘lumotlarning ―Asosiy qismi‖ hisoblanadi. 
Bobur hayotidan qisman bo‗lsa-da xabardor bo‗lgan o‗quvchilar endi uning dunyoni 
lol qoldirgan durdona asarlari bilan tanishadilar. Ko‗rganimizdek, darsliklar izchillik 
bilan bir-birini to‗ldirib boradi. 5-sinf adabiyot darsligida Bobur hayoti va asarlari 
haqida o‗quvchilar keng va umumiy ma‘lumot oladilar. 9-sinf adabiyot darsligi tarix 
fani bilan bog‗liqlikda boburiylar saltanati asoschisining ziddiyatli hayoti tasviriga 
qaratilgan. Ya‘ni unda 12 yoshli Boburning taxtga o‗tirishi voqealaridan tortib, 
Hindistonda buyuk davlat tuzishigacha bo‗lgan voqealar qalamga olingan. 
6
To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi bosqich 
o‘quvchilari uchun). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 157-158-betlar.


18 
Akademik litsey darsligida ―Boburnoma‖ asari va ―Mubayyin‖, ―Xatti Boburiy‖ 
hamda ―Risolayi volidiya‖ asarining tarjimasi haqida ma‘lumot berilgan.
Ayrim adiblarning tarjimayi holini o‗rganishda boshqa kishilar, mashhur 
shaxslar, yirik olimlar, buyuk davlat va jamoat arboblarining fikrlaridan foydalanish 
ta‘limda yaxshi samara beradi. Shu sababli Z.M.Bobur hayoti haqida so‗z yuritganda
bunday mulohazalardan foydalanmoq lozim. Ammo taassufki, biz o‗rganayotgan 
siymo haqida maktab darsliklarida ham, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 
darsliklarida ham birorta shaxsning mulohazasi keltirilmaydi, balki umumiy 
ma‘lumot beriladi, xolos. Agar Bobur ijodi va shaxsiyati to‗g‗risidagi ba‘zi 
qarashlar o‗quvchilar hukmiga havola etilsa maqsadga muvofiq bo‗lar edi. Chunki 
bu orqali o‗quvchi ijodkor shaxsiyati haqida kengroq tushuncha hosil qiladi.
 
“U turli go„zal fazilatlar, maqtovlarga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. 
Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvat peshaligi ustun kelardi”(Hasanxo„ja 
Nisoriy). 
“Bobur dilbar shaxs. Uyg„onish davrining tipik hukmdori, mard va 
tadbirkor odam bo„lgan, u san‟atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni 
yaxshi ko„rardi”(Javoharlal Neru). 
 
“U turli go‘zal fazilatlar, maqtovlarga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. 
Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelardi”(Mirzo Haydar). 
 
“Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining 
qiyofalari, 
urf-odatlari 
va 
intilishlarini, 
qiliqlarini 
oynadek 
ravshan 
tasvirlaydi…”(Monstyuart Elfinston). 
 
“Bobur davlati, garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga 
yoyilmagan bo‘lsa-da, u o‘z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga 
ko‘tarildi. O‘z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora
qildi. Bobur bu o‘lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga 
asos soldi”(Rumer Goden).
 


19 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə