“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
aliqulova durdona bmi tayyor

Tadqiqotning tuzilishi:
Mazkur
 
bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tashkil topgan. 
 
 
 



I BOB. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining o„rganilishi
1.1.
 Umumta‟lim maktab darsliklarida Zahiriddin Muhammad Bobur 
hayoti va ijodining o„rganilishi 
―…Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma‘rifatli, ayni 
paytda o‗zining o‗tmishi, ulug‗ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va 
kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak‖
2
ligini har bir 
murabbiy chin yurakdan his qilmog‗i lozim. Buni o‗quvchi-yoshlarga tez va 
oson yetib borishini ta‘minlashda esa, bizga adabiyot fani yordamga keladi.
Chunki, adabiyotning bosh vazifasi ham tarbiyalashdir. O‗z shaxsiyati va 
asarlari bilan insonlarga ibrat bo‗la oladigan, ularga ma‘rifat nuri 
ulashadigan buyuk siymolarning hayoti va faoliyatini o‗rganishimizning 
ham asl mohiyati shunda. 
―Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatini o‗rganish uning dunyoqarashini 
aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga to‗g‗ri baho berish uchun zamin 
hozirlaydi‖. Ba‘zan yozuvchi va shoirlarning hayotini o‗rganish shart emas, degan 
qarashlarga ham duch kelamiz. Holbuki, adib-u shoirlar hayotiga oid faktlarni 
to‗plash ilmning chinakam ―qora ishi‖ sifatida baholanishi kerak. Sababi, bu xil 
ishlar konkret ijodkorning shaxs va san‘atkor sifatidagi tadrijini kuzatish yoki 
konkret asarning ijodiy tarixini to‗g‗ri talqin qilish uchungina emas, ijod 
psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik 
muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Adib hayotiga oid 
ma‘lumotlar o‗zi yozib qoldirgan tarjimayi hollardan, adib haqida aytilgan 
zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari va 
muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan 
olinishi mumkin.
2
Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. – Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси. 1999, 55-бет. 



Aql-zakovati va salohiyati bilan butun dunyoni lol qoldirgan Zahiriddin 
Muhammad Bobur aynan namuna qilib ko‗rsatishga arzigulik shaxs edi. Shuning 
uchun umumta‘lim maktablarining 5-, 9-sinf o‗quvchilari va o‗rta maxsus 
ta‘limning 2-kurs talabalari uchun mo‗ljallangan darsliklarda shoh va shoir 
Boburning hayot yo‗li, ijodiy merosi atroflicha bayon qilingan. Bunda 
o‗quvchilarning yosh xususiyatlari e‘tiborga olingan holda, darsliklardagi 
ma‘lumotlar izchillik bilan soddalikdan murakkablikka, mavhumlikdan aniqlikka 
tomon siljib boradi. Bu xususiyatni aniqroq ko‗rsatib berish uchun darsliklarga 
murojaat qilamiz:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə