Himoyalangan yerlarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi pptx


Bodring ommabop sabzavot ekini bo‘lib, uning kaloriyasi ko‘p emas, biroq mazaliligi, parhez xususiyati bilan yer yuzida keng tarqalgan



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə3/4
tarix17.12.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#150178
1   2   3   4
Sho`rlangan yerlarni sabzavotlarini yetishtirsh

Bodring ommabop sabzavot ekini bo‘lib, uning kaloriyasi ko‘p emas, biroq mazaliligi, parhez xususiyati bilan yer yuzida keng tarqalgan.

  • Bodring talabiga mos harorat. Issiqxonalarda bodring uchun maqbul harorat kunduzi 20-24 daraja, kechqurun 18-20 daraja bo‘lishi kerak. O‘simlikning me’yorida o‘sib, rivojlanishi uchun harorat 12-15 daraja bo‘lishi lozim. Harorat 30 darajadan ortiq bo‘lsa, o‘simlikga salbiy taʼsir etadi. Ammo 6-8 darajada o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi, barglari sarg‘ayadi va to‘kila boshlaydi. Harorat 0 darajaga tushib qolganda o‘simlik nobud bo‘ladi.

Issiqxonani tayyorlash. Bodring ko‘chatlarini ekishdan oldin issiqxona tuprog‘ini ekishga tayyorlanadi. Avval yer maydonidagi ekindan qolgan o‘simlik qoldiqlari issiqxonadan chiqarib tashlanadi. Issiqxona tuprog‘i tekislanadi, kasallik va zararkunandalardan hamda begona o‘tlardan tozalash maqsadida shaffof polietilen plyonka bilan yopib qizdiriladi. Bunda tuproq usti yopilgan holatda ma‘lum muddatgacha qoldiriladi. So‘ngra plyonka olib tashlanadi, issiqxona tuprog‘i tekislanadi va tomchilatib sug‘orish quvurlari yotqiziladi. Shu yo‘sinda issiqxona tuprog‘i ekishga tayyorlanadi.

Bodringni so‘nggi paytlarda issiqxona sharoitida o‘stirish uchun ko‘chatidan ekish qo‘llanilmoqda. Bu usulda yetishtirish o‘simlikni kasallik va zararkunandalardan holi qiladi, o‘simlik ildizi baquvvat bo‘ladi va erta pishib yetiladi. Bunday usulda urug‘ sarfi kamayadi, sog‘lom va sifatli nihollardan foydalanish ishlab chiqarish hajmini orttiradi

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga “mahalliy Navbahor”, “ToshDAU 70”, “Elegant”, “Samar” kabi birinchi avlod duragaylar va chet el duragaylaridan “Roki”, “Fokus”, “Eliza”, “Sultan”, “Majestik”, “Seydra Alamir”, “Alanis”, “Adrian”, “Barxan”, “Valeystar”, “Kristina”, “Multistar”, “Melen”, “Nail”, “Orzu”, “Passandra”, “Pikolino”, “Pontiya2, “Seray”, “Superdelta”, “Jazzer”, “Xarman”, “Luna”, “Tristan” lar tavsiya etilgan. Navlarni tanlashda navning ekiladigan hududda keng tarqalgan kasalliklar va zararli hasharotlarga chidamliligi, bozor talablariga mosligi, ertapisharligi va yuqori hosilli bo‘lishi muhim.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə