Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

Konsonantizm -undosh fonemalar tizimi. 
Divergentsiya - til strukturasidagi o‘zgarishlar ta`sirida bir fonemaning ikki fonemaga 
bo‘linishi. Mas. «k»ning «k»va «q»ga ajralishi. 
Konvergentsiya - tarixiy taraqqiyot natijasida bir necha fonemaning bir fonema holiga 
kelishi: qadimgi turkiy va eski O‘zbek tillarida alohida-alohida fonemalar bo‘lgan «
θ
« va «o» 
unlilari shu qonuniyat asosida Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta «o» fonemasiga birlashgan. 

Kursning predmeti - Hozirgi o‘zbek adabiy tili, uning o‘zbek milliy tili tarkibidagi o‘rni. 
Kursning maqsadi-talabalarni «til strukturasi – norma(meyor)-uzus» masalalariga, adabiy 
til va milliy til, adabiy til va dialektlar, adabiy til va jargon-argolar, adabiy til va funktsional 
stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga 
tayangan holda ularga Hozirgi o‘zbek adabiy tilining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy 
xususiyatlari, og‘zaki va yozma shakllari haqida ma’lumot berish. 
Kursning vazifalari:
a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushunchalar, terminlar va nazariy 
umumlashmalar bilan tanishish;
b) til ierarxiyasidagi fonetik-fonologik, leksik, semantik va grammatik sathlarga mansub 
birliklarning adabiy til uchun me`yor (norma) bo‘lgan va meyor bo‘lmagan belgi-xususiyatlarini 
qiyosan o‘rganish, tahlil qilish, bu sohadagi munozarali nuqtalarni aniqlash;
v) Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til 
taraqqiyotini belgilovchi ichki (lingvistik) va tashqi (ekstralingvistik) omillar haqida talabalarga 
ma’lumot berish, ularda hozirgi o‘zbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini 
mustaqil tahlil qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘zbek milliy tilining oliy formasi - ishlov berilgan, 
me`yorlashtirilgan, millat vakillarining barchasi uchun umumiy bo‘lgan barqaror shaklidir. 
Demak, u milliy tilga zid qo‘yilmaydi, undan boshqa tizim ham emas, balki shu milliy tilning 
yuqoriroq bosqichi, tartibga solingan bosh ko‘rinishi, xolos. 


Dialekt va shevalar adabiy tilning shakllanishida ishtirok etadi, ammo adabiy tildan 
quyidagi belgilari bilan farqlanadi: a) adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiydir, 
dialekt va shevalar esa millat tarkibidagi etnik guruhlarning har biri uchun alohida-alohida 
bo‘ladi, bir-biridan fonetik, leksik, grammatik jihatdan farqlanadi; b) adabiy tilning yozma shakli 
mavjud: u ma’lum meyorlarga bo‘ysundirilgan yozuv sistemasiga asoslanadi. Dialekt va shevalar 
uchun alohida adabiy-orfografik yozuv yoq; v) adabiy tilning qo‘lanishi hududiy (territorial) 
jihatdan chegaralanmaydi, dialekt va shevalarning qo‘llanishi esa bu jihatdan chegaralangandir; 
g) adabiy tilda davlat ishlari - xalq t
а
`limi, matbuot, radio-televidenie, ilm-fan, m
а
`muriy-
idoraviy hujjatlashtirish ishlari olib boriladi; qonun, farmon va qarorlar shu tilda e`lon qilinadi. 
Dialekt va shevalar bu funktsiyada qo‘llanmaydi. Jargon va argolar – m
а
`lum ijtimoiy 
guruhlarga, masalan, o‘g‘rilarga, sportchilarga yoki talabalarga xizmat qiladigan yasama til. 
Bunday «til» elementlari (jargonizm va argotizmlar) adabiy tilda ishlatilmaydi. 
Funktsional stillar - tilning vazifaviy uslublari. Bunday uslublar inson faoliyatining u yoki 
bu sohasiga xoslangan nutqni qoliplaydi. Chunochi: 1) rasmiy ish uslubi. Bu uslub m
а
`muriy-
idoraviy hujjatlar tilini qoliplaydi; 2)
ilmiy uslub - ilmiy asarlar tilini va ilmiy nutqni 
qoliplaydi; q)publitsistik uslub - ommabop asarlar, m
а
`ruzalar tilini qoliplaydi; 4) so‘zlashuv 
uslubi. Bu uslubning ikki xil ko‘rinishi mavjud: a) adabiy so‘zlashuv uslubi; b) oddiy so‘zlashuv 
uslubi;5 ) badiiy uslub. Bu uslub badiiy asar tilini va badiiy nutqni qoliplaydi. Adabiy til 
bilan funktsional uslublar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagicha: rasmiy ish uslubi, ilmiy uslub, 
publitsistik uslub adabiy til me`yorlariga tayanadi, demak, adabiy tilga zid qo‘yilmaydi; 
so‘zlashuv uslubining «a» ko‘rinishi ham shunday: unda dialektizm, jargonizm va 
vul`garizmlar qatnashmaydi; so‘zlashuv uslubining «b» ko‘rinishi esa nutqning maxsus 
tay
а
orgarliksiz bo‘lishi, erkin muomalaga asoslanishi bilan xarakterlanadi: bu uslubga 
asoslangan matnlarda uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar, ko‘chma m
а
`noli lug‘aviy birliklar ko‘proq 
ishlatiladi; so‘zlar, grammatik shakllar va so‘z birikmalari tarkibidagi ayrim tovushlar (ba`zan 
bir necha tovush) tushib qoladi; obor (adabiy:olib bor), aytvor (adabiy: aytib yubor), pasqam ( 
adabiy: pastqam)bolla (adabiy:bolalar), kegin(adabiy: kelgin), mashu (adabiy: mana shu) kabi; 
ba`zi 
tovushlarning 
so‘z 
tarkibidagi 
orni 
almashadi: 
turpoq( 
adabiy: 
tuproq), 
tervat(adabiy:tebrat), to‘rg‘amoq( adabiy: to‘g‘ramoq); bir tovush ornida boshqa tovush 
qo‘llanadi: so‘ngak (adabiy: suyak), ko‘ynak( adabiy: ko‘ylak), qalmoq(adabiy: qarmoq), 
musurmon ( adabiy: musulmon); so‘z boshida, o‘rtasida yoki oxirida tovush orttiriladi: raza 
(ro‘za), ishkop( shkaf), tanka(tank) kabi. Bu uslubga tayangan nutqda kishi ismining qisqartirib 
talaffuz qilinishi ham uchraydi: Dilor (Dilorom), Muqad (Muqaddam), Guli (Gulnora), Dilfuz 
(Dilfuza) kabi. Demak, so‘zlashuv uslubining bu turida adabiy til va adabiy nutq meyorlaridan 
chetga chiqish hollari ham uchraydi. 
Adabiy tilga munosabat jihatdan badiiy uslub alohida baholanadi: u, odatda, badiiy asar 
tilini belgilaydi, badiiy asar tilida esa adabiy til meyorlaridan chetga chiqish hollari kop 
uchraydi: obraz va personajlar nutqini tipiklashtirish zarurati shuni taqozo qiladi. Quyidagi 
misollarga e`tibor beraylik: 
1.Asadbek molodets! Visshiy klass!- dedi u.-Aniq topibdi. Endi u bilan xazillashib 
bo‘lmaydi. (T.M.) 
2.U qizig‘ar mashinasini qoraqamishga qarab uchirdi... (T.M.) 
3. Akamullo, akamullo, sizni yuqloshopti, idoraga yuqloshopti. 
-Nima gap? 
-hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan... Bo‘ronda qolgan ekan...qaytib kelmopti... 
So‘g‘in Xo‘janazar akoning duxtoribo‘ronga qolip o‘lipti... 
-Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga hayron qarab 
qolishdi!(J.A.) 
Birinchi misoldagi nutqiy parchada grammatik-sintaktik varvarizm («Asadbek 
molodets!», «Visshiy klass»), ikkinchi gapda vulgarizm («qizig‘ar»), uchinchi misoldagi 
dialogda esa o‘zbek-tojik ikki tilliligi ta`sirida bo‘lgan o‘zbek shevalarining so‘zlari («akamullo» 
«bacha», «duxtor», so‘g‘in» kabi leksik dialek-tizmlar), shu shevaga xos grammatik formalar 


yo‘qloshopti», «kelmopti» kabi grammatik dialektizmlar), aka so‘zining ako shaklidagi 
dialektal ko‘rinishi qo‘llangan. Bunday qo‘llanishlar adabiy til uchun me`yor emas, albatta, 
ammo ular badiiy uslub talabiga ko‘ra ishlatilgan, natijada badiiy asarning g‘oyaviy-estetik 
jihatlarini ta`sirli, ishonarli qilib ifodalashga erishilgan.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə