Hozirgi o‘zbek adabiy tili


partkom, raykom, obkom, sovxoz, oblast`



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

partkom, raykom, obkom, sovxoz, oblast` kabi so‘zlar) iste`moldan chiqib, o‘zbek tili lug‘at 
boyligining tarixiy qatlamiga o‘tib qoldi, ularning ornida hozirgi mustaqil O‘zbekiston hayoti 
taqozo qilgan yangi so‘z va atamalar ( kollej, litsey, gimnaziya, litsenziya, reyting, test, 
marketing, minimarket, investitsiya, biznes kabilar) paydo bo‘ldi, hokim, hokimiyat, viloyat, 
tuman kabi leksemalarning mazmun mundarijasida hozirgi tuzumga xos yangi ma`no qirralari 
yuzaga keldi, natijada bunday so‘zlar eski qatlamdan zamonaviy qatlamga o‘tib qoldi. 
Keltirilgan m
а
`lumotlardan shu narsa anglashiladiki, milliy tilning, shu jumladan, milliy 
adabiy tilning taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar birga qatnashadi, ularning biri 
ikkinchisiga sharoit yaratadi, har ikkalasi bir butun mexanizm sifatida xizmat qiladi; til va 
jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari shuni taqozo qiladi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida, yuqorida aytib o‘tilganidek, davlat ishlari olib boriladi. 
O‘zbekistonning davlat tili deyilganda ham ko‘proq darajada o‘zbek adabiy tili nazarda tutilgan, 
binobarin, adabiy til davlat tomonidan himoyalangandir. Shuning uchun ham o‘zbek adabiy tilini 
o‘rganish deyarli barcha o‘quv yurtlarida joriy qilingan. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari 


Hozirgi o‘zbek adabiy tilining, ma`lumki, bir qator tarixiy ildizlari bor: a) eng qadimgi 
turkiy til (VII asrgacha bo‘lgan davr); b) qadimgi turkiy til(VII-XI asrlar); v) eski turkiy til (XI-
XIII asrlar); g) eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar); d) yangi o‘zbek adabiy tili ( XIX 
asrning oxiri – XX-asrning 20-yillari). Hozirgi o‘zbek adabiy tili ana shu tarixiy ildizlardan o‘sib 
chiqib, o‘zbek milliy tilining oliy formasi darajasiga ko‘tarilgan. 
O‘zbek tilshunosligida o‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlarini boshqacharoq tasnif 
qilish holatlari ham uchraydi. 
O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini ko‘zdan kechirish qadimgi turkiy tildan Hozirgi 
o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan lisoniy taraqqiyot dinamikasini kuzatish, Hozirgi o‘zbek adabiy 
tilining qadimgi turkiy, eski turkiy va eski O‘zbek adabiy tillaridan farqlarini aniqlash imkonini 
beradi. Bunday farqlarning paydo bo‘lishi, odatda, ikki omilga asoslanadi: 1) muayyan tilning 
ichki taraqqiyot qonuniyatlariga - tilning o‘zidagi sistemaviy va strukturaviy hodisalar 
munosabatiga; 2) ikki yoki undan ortiq tillar o‘rtasidagi kontaktga (interstrat munosabatiga). 
O‘zbek tili taraqqiyotida eng qadimgi turkiy til va qadimgi turkiy til substrat (asos til) vazifasini, 
arab, tojik-fors va rus tillari esa superstrat (ustama til) vazifasini ota’gan. Substrat va superstrat 
tillar o‘rtasidagi aloqa odatda bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (ko‘p tillilik) sharoitida 
yuzaga keladi va tillar substratsiyasi deb ataladi: turkiy-arab, turkiy-fors, o‘zbek-arab, o‘zbek-
tojik, o‘zbek-rus ikki tilliliklari sharoitida asos til bilan ustama tillar o‘rtasida bog‘langan 
aloqalar ana shunday substratsiyalar sanaladi. Ayni shu omillar (ichki taraqqiyot qonuniyatlari 
bilan birga) qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda til 
strukturasida qator o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan. Buni til sathlari va tizimlari bo‘yicha 
keltirilgan quyidagi ma`lumotlardan anglab olsa bo‘ladi:

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə