Hozirgi o‘zbek adabiy tili


Nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

2.Nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar: a) 
qadimgi turkiy tilda r, l, v, g‘(g), z, d, n undoshlari so‘z boshida qo‘llanmagan. Eski o‘zbek 
adabiy tili va Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa bu tovushlar («n» dan boshqalari) so‘z boshida 
ham ishlatiladi; b) m undoshi qadimda so‘z boshidagi «b» ning varianti sifatida qo‘llangan, 
1
Qarang: Abduazizov A. O’ zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. – T.: O`qituvchi", 1992, 19-20-b. 


ammo so‘z o‘rtasida va oxirida mustaqil fonema bo‘lgan. Uning mustaqil fonema sifatida so‘z 
boshida qo‘llanishi eski o‘zbek tilida bir qadar uchrab turadi, Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa 
uning so‘z boshida qo‘llanishi ancha keng tarqalgan; v) qadimgi turkiy tilda undosh tovushlar 
so‘z boshida qatorlashib kelmagan. Bu xususiyat eski o‘zbek tilida ham saqlangan, ammo 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa undoshlarning so‘z yoki bo‘g‘in boshida qatorlashib kelishi 
me`yoriy holatga aylangan; bu hodisa o‘zbek tiliga rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarga xos 
(brom, professor, shkaf, traktor, trolleybus, tramvay kabi); g) qadimgi turkiy tilda undosh 
tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi juda kam uchraydi: qirq, alp(«mergan ovchi»), 
art(«elka») kabi. Eski o‘zbek tilida undosh tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi bir oz 
ko‘paygan (fors-tojik va arab tillaridan so‘z o‘zlashtirish hisobiga): do‘st (forscha o‘zlashma), 
hamd (arabcha o‘zlashma:»maqtov»), g‘isht (tojikcha o‘zlashma), go‘sht (tojikcha o‘zlashma) 
kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘g‘in yoki so‘z oxirida ikki undoshning qatorlashib kelishi 
rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar hisobiga ancha ko‘paygan: boks, kodeks, kort, iks kabi; d) 
qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida so‘z oxirida ikkita bir xil undoshning qavatlanishi 
(geminatsiya) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ikkita bir xil undoshning so‘z oxirida 
qavatlanishi uchrab turadi: gramm, klass, vatt, ball kabi ruscha-baynalmilal o‘zlashmalar buning 
dalilidir; e) qadimgi turkiy tilda so‘zning birinchi bo‘g‘inidan keyingi bo‘g‘inlari faqat undosh 
bilan boshlangan:  o-na, o-ta, o-g‘a, i-ni, bo-la kabi. Bu hol so‘z tarkibida ikki unlining yonma-
yon kela olmasligiga sabab bo‘lgan. Eski o‘zbek tilida arab tili o‘zlashmalarining paydo bo‘lishi 
bu qonuniyatga chek qo‘ygan: saodat, oila, maorif, soat, foiz, mutolaa kabi. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tilida esa ruscha-baynalmilal leksik o‘zlashmalar hisobiga bu hodisa yanada kengaygan: 
biologiya, zoologiya, geometriya, geografiya kabi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə