Hozirgi o‘zbek adabiy tili


Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining grammatik qurilishida otning jO‘nalish, o‘rin-payt va 
chiqish kelishiklaridagi shakllari Toshkent- Farg‘ona gruppa shevalariga asoslanadi: «-ga»(j.k), 
«-da»(O‘-p.k) va «-dan»(ch.k) kabi. Boshqa shevalarda otning bu kelishiklaridagi shakllari 
quyidagicha bo‘ladi: Samarqand shevasida «-ga» formanti jO‘nalish va o‘rin-payt kelishiklari 
ma`nosini ifodalaydi: Buxoroga ketopti («Buxoroga»- otning jO‘nalish kelishigidagi shakli), 
Buxoroga O‘qopti ( «Buxoroga» – otning o‘rin-payt kelishigidagi shakli) kabi. O‘g‘uz lahjasi 
shevalarida «-ga» ornida «-g‘a» (qurvaqag‘a), «-ye»(tangeye), «-ne»( erkine), «-na(yanO‘na),»-
e»(uyime) formantlari ishlatiladi. Bunday har xillik tushum va qaratqich kelishiklarida ham 
mavjud: «-ni»/»-nO‘», «-ning»/»-nO‘ng» (qipchoq lahjasi shevalarida), «-ning»/»-ing»,»-
nO‘ng»/»-O‘ng» (Iqon, qorabuloq, hazorasp shevalarida), «-ni»/»-ti»/»-pi»/»-yi»/»-mi» 
(Toshkent shevasida) kabi. Bunday ko‘p variantlilik adabiy tilga ko‘chirilmagan. 
Shuni ham aytish kerakki, ko‘pchilik shevalarda tushum va qaratqich kelishiklari deyarli 
farqlanmaydi. Shuning uchun ham kelishiklar soni Toshkent, Farg‘ona, Xeva-Urganch 
shevalarida -ota’, qarshi shevasida 4tadir. qipchoq lahjasining j-lovchi shevalarida, qarluq-
chigil-uyg‘ur lahjasining Iqon-qorabuloq dialektida esa ularning soni 6 taga etadi. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tilining 6 kelishikli tizimga asoslanishida ana shu lahjalarning morfologik 
xususiyati hisobga olingan. 
 «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursi tilshunoslikning quyidagi bo‘limlarini O‘z ichiga oladi: 
1.Fonetika va fologiya. Bu bo‘limlarda Hozirgi o‘zbek adabiy tilining fonetik-fonologik 
sathiga oid tizimlar (vokalizm, konsonantizm), segment va supersegment birliklar ( fonema, 
bo‘g‘in, urg‘u, intonatsiya, fraza, takt), prosodik elementlar
(temp, tembr, ritm, melodika, pauza va b.lar), ularning til va nutqdagi roli haqida fikr 
yuritiladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə