Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

9.Sintaksis. Bu bo‘lim grammatikaning ikkinchi qismi bo‘lib, unda so‘z birikmalari va gap 
turlari, so‘zlarning grammatik munosabatga kirishish yo‘llari O‘rganiladi. 
10.Punktuatsiya. Bu bo‘limda yozuv sistemasining uchinchi komponenti(birinchi 
komponenti-grafika, ikkinchi komponenti-orfografiya) xususida ma`lumot beriladi. U sintaksis 
bilan parallel` ravishda O‘rganiladi, chunki tinish belgilarining qo‘llanishi, asosan, gap ichida va 
nutqda namoyon bo‘ladi. 
Tekshirish savollari 
1.«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursi nimani o‘rganadi? 
2.Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo‘yilgan? 
3.Nima uchun adabiy til milliy tilning oliy formasi sanaladi? Belgilari? 
4.Adabiy til bilan dialekt, sheva va funktsional stillar o‘rtasidagi
munosabatlar va tafovutlar nimadan iborat? 
5.Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari qanday farqlanadi? 
6.Til taraqqiyotini belgilovchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni qanday
tushunasiz? 
7.Adabiy tilning vazifa doirasi? 
8.Hozirgi o‘zbek adabiy tilining qanday tarixiy ildizlari bo‘lgan? 
9.Bunday tarixiy ildizlar va jarayonlardan xabardor bo‘lishning amaliy ahamiyati nimada? 
10.Qadimgi turkiy til vokalizmi qanday unlilardan tarkib topgan? 
11.Eski turkiy va eski o‘zbek adabiy tillari vokalizmi haqida nimalarni bilasiz? 
12.Vokalizm tizimidagi kontrast juftliklarni qanday tushunasiz? 
13.Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida nechta unli bor? Ular yo‘g‘onlik-ingichkalik 
belgisiga ko‘ra kontrast juftliklarni hosil qiladimi? 
14.Qadimgi turkiy til konsonantizmi qanday undoshlardan tarkib topgan? Eski O‘zbek 
adabiy tili konsonantizmi-chi? 
15.Hozirgi o‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til undoshlari tizimining asosiy farqlari 
nimada? 
16.Qadimgi turkiy tildan Hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot 
jarayonida fonemalarning paradigmatik va sintagmatik xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar yuz 
bergan? 
17.Singarmonizm nima? Hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm bormi? Shevalarda-
chi? 
18.qadimgi turkiy tildan Hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda tilning leksik 
sathida (lug‘at boyligida) qanday o‘zgarishlar bo‘lgan? 
19.Tilning grammatik qurilishida bo‘lgan o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz? 
20.Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari haqida qanday fikrlar bor? 
21.O‘zbek tili shevalari qanday lahjalarga birlashadi? 
22.Hozirgi o‘zbek adabiy tili kursining qanday bo‘limlari bor? 
Adabiyotlar 
1.
H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005. 
2.
U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 1992.
3.
G‘.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995. 
4.
S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. Toshkent, 2004. 
5. Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent, 2007.
6. R.Sayfullaeva va b.Hozirgi o‘zbek titi. Toshkent, 2009. 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə