Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab 
O‘rganadigan fonetika. 
Eksperimental (instrumental) fonetika - nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizik-
akustik va artikulyatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o‘rganadigan fonetika. 

Fonetikaning predmeti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni 
nutq tovushlari bo‘g‘in, urg‘u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi birliklarni O‘z ichiga oladi. 
Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va 
lingvistik- funktsional asoslarini o‘rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. 
Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg‘u, melodika kabi 
birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o‘rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va
shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik 
tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik 
tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida 
qisqacha ma`lumot berish. 
Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga–segment va supersegment 
birliklarga bo‘linadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va bo‘g‘in kiradi. Bunday birliklar 
so‘z yoki morfemalar tarkibida birin-ketin keladi, yotiq (gorizontal) yo‘nalishda bir-biriga 
ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi. Masalan, kitob so‘zidagi ota’ tovush (k,i,t,o,b) va ikkita 
bo‘g‘in(ki-tob) segment birliklar, demak, shu so‘z tarkibidagi qismlar sanaladi. b) supersegment 
birliklarga urg‘u, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar so‘zga, frazaga, gapga yoki 


nutqqa yaxlit aloqador bo‘lib, ularni so‘z, gap yoki nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M.Mirtojiev) deb nomlash hollari ham 
uchraydi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə