Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

3.Qiyosiy fonetika. Fonetikaning bu turi qardosh tillarning (masalan, O‘zbek, qozoq, 
qirg‘iz, turkman va boshqa turkiy tillarning) fonetik tizimidagi umumiy va xususiy jihatlarni 
aniqlash imkonini beradi: «Sravnitel`naya fonetika tyurskix yazikov» (A.M. herbak, 1970), 
«Sravnitel`no- 
istoricheskaya 
grammatika 
tyurskix 
yazikov»(B.A.Serebrennikov, 
N.Z.Gadjieva,19h6) kabi ishlar shular jumlasidandir. O‘zbek tilshunosligida noqardosh 
tillarning, xususan, O‘zbek va rus tillarining fonetik tizimlarini qiyosiy o‘rganishga ham alohida 
e`tibor berilmoqda: «Russkaya grammatika v sopostavlenii s uzbekskim yazokom» (Polivanov 
e.D., 19qqy.), «Kratkiy ocherk fonetiki russkogo yazika v sopostavlenii s fonetikoy uzbekskogo 
yazika» (Kissen I.A., 1952y.), «Kurs sopostavitel`noy grammatiki russkogo i uzbekskogo 
yazikov» (Kissen I.A., 1966, 1969, 1971, 1979 yillar), «Sopostavlenie foneticheskix yavleniy 
russkogo i uzbekskogo yazikov v rechevom potoke», AKD (Asfandiyarov I.U., 1968y.), 
«O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi» (Azizov O., Safaev A., Jamolxonov H. 1986y.) 
kabi ishlar buning dalili.
O‘zbek va rus tillari fonetikasini qiyosan o‘rganish rus maktablarida o‘zbek tilini, o‘zbek 
maktablarida esa rus tilini o‘qitish uslubiyatini takomillashtirish nuqtai nazaridan, shuningdek, 
O‘zbek-rus bilingvizmi (ikki tilliligi) masalalarini, bunday bilingvizmning har ikkala til 
strukturasi va sistemasiga ta`sirini aniqlash pozitsiyasidan foydalidir. 
2.Eksperimental (instrumental) fonetika. Fonetikaning bu turida nutq tovushlarining 
fizik-akustik va artikulyatsion jihatlari maxsus asboblar (pnevmograf, ostsilograf, fonograf
spektrograf va boshqalar) yordamida tadqiq qilinadi, shu asosda tovushlarning sifat va miqdor 
belgilari (balandligi, kuchi, tembri, spektri, cho‘ziqlik darajasi), ularning artikulyatsiyasi (hosil 
bo‘lish orni, usuli) aniqlanadi. Bunday tadqiqot natijalaridan fonetik birliklarning fonologik 
jihatlarini tavsiflashda foydalaniladi. 


 O‘zbek tilshunosligida eksperimental fonetikaning rivojlantirilishida Mahmudov 
Ahmadjon va Otamirzaeva Sora kabi fonetistlarning xizmati katta. Bu tilshunoslarning qator 
ishlarida O‘zbek tili fonetik tizimining tovushlari, urg‘u, bo‘g‘in kabi birliklari ayni shu usulda 
tadqiq qilingan: «Unlilar» (Mahmudov.A.,1992y). «SoglasnO‘e uzbekskogo literaturnogo 
yazika» (Mahmudov A., 19h6y.), «Sonornie uzbekskogo yazika» (Maxmudov, A., 19h0.), « 
Slovesnoe udarenie v uzbekskom yazike» (Maxmudov.A., 1960.), «Zvukovoy sostav 
namanganskogo govora uzbekskogo yazika». «Eksperimental`noe issledovanie», AKD 
(Atamirzaeva.S.,196q.), «Eksperimental`no - foneticheskoe issledovanie namanganskogo govora 
uzbekskogo yazika» (Atamirzaeva. S., 1974y.), «Akustiko-artikulyatsionniy analiz uzbekskoy 
rechi primenitel`no k audiometrii» (Atamirzaeva. S. v soavtorstve, 1979y.) kabi ishlar 
fikrimizning dalili. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə