Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

 2.Xususiy fonetika. Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik tizimi haqida 
ma`lumot beradi: O‘zbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi. 
Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini o‘rganishda umumiy fonetika 
xulosalariga, shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida to‘plangan tajribalarga tayanadi.
Uning  quyidagi ikki turi bor: 
a) tavsifiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar 
va faktlar statik holatda(shu tilning oldingi tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘lanmay) o‘rganiladi. 
Xususan, «Hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasi» ham aslida tavsifiy fonetikadir, chunki unda 
o‘zbek tilining fonetik tizimi, bu tizimda mavjud bo‘lgan fonetik faktlar (unli va undosh 
tovushlarning miqdor va sifat belgilari, tasnifi, urg‘u, bo‘g‘in va hokazolar) hozirgi o‘zbek tilida 
qanday bo‘lsa, shundayligicha (tarixiy jarayon va faktlarga bog‘lanmay) o‘rganiladi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tavsifiy fonetikasi «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursi 
bo‘yicha nashr etilgan ko‘pchilik darsliklarda, shuningdek, «Uzbekskiy yazik» (Reshetov 
V.V., 1959y.), «Osnovi fonetiki i grammatiki uzbekskogo yazika» (Reshetov V.V, 1965-y.), 
«Obshaya xarakteristika osobennostey uzbekskogo vokalizma» (Reshetov V.V., 1949-y.), 
«Foneticheskaya sistema uzbekskogo literaturnogo yazika.» ADD(A. Mahmudov, 1980-y.), 
«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» dan metodik ko‘rsatmalar va konspektiv kurs: fonetika, orfoepiya


grafika va orfografiya (Tursunova T., Jamolxonov H., 1981-y.), «O‘zbek tili fonetikasi» 
(Mirtojiev M.M., 1991-y., 1-nashri; 1998-y., 2-nashri), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili». M
а
`ruzalar 
matni (Jamolxonov H., 2000-y.) kabi ishlarda hamda «Sochetanie glasnix i soglasnix v
sovremennom uzbekskom literaturnom yazike» (A.Ishaev., 1985-y), “Reduktsiya glasnix v 
uzbekskom yazike: tipi, funktsiya, programmirovanie» (S.Atamirzaeva, X. Yuldasheva, D. 
Mamatov,1985-y) kabi maqolalarda bayon etilgan; 
b) tarixiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar 
va faktlar shu tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘lab o‘rganiladi, shu asosda muayyan 
tilning fonetik-fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar ( divergentsiya, konvergentsiya 
faktlari, fonologik tizimdagi eskirish va yangilanish jarayonlari) aniqlanadi. Shunga ko‘ra u 
diaxron fonetika deb ham yuritiladi. 
O‘zbek tilshunosligida o‘zbek tilining tarixiy fonetikasiga oid ma`lumotlar V.V. Reshetov, 
F.Abdullaev, G‘.Abdurahmonov, A. Rustamov, E.Fozilov, Sh.Shukurov, A.Mahmudov, 
S.Ashirboev, H.Ne`matov, B.To‘ychiboyev kabi tadqiqotchilarning ishlarida berilgan: «Qadimgi 
turkiy til» (Abdurahmonov.G., Rustamov.A.,1982-y.), “Fonetiko-morfologicheskie osobennosti 
yazika Alishera Navai», ADD (Rustamov A., 1966-y.), «Nekotorie voprosi istoricheskoy 
fonetiki uzbekskogo yazika» (A.Rustamov, 1985), «K istorii utrato‘ singarmonizma v 
uzbekskom yazike» (F.Abdullayev, 1985), «Foneticheskie i morfologicheskie osobennosti 
yazika «Xibatul haqayiq», AKD (Mahmudov A. 1964-y.), «Ahmad Yugnakiyning «Hibatul 
haqoyiq» asari haqida» (Mahmudov A. 1972-y.), «Qadimgi obidalar va Alisher Navoiy tili» 
(Fozilov.E., 1969y.), «XIV asr Xorazm yodnomalari»(Fozilov E, 197qy.), «

utbning «Xusrav 
va Shirin» dostoni va o‘zbek adabiy tili» (Ashirboev S., 1997y.), «O‘zbek tili tarixiy fonetikasi» 
(Ne`matov H., 1992y.), «O‘zbek tili tarixiy fonetikasi»( To‘ychiboev B., 1990y.), «O‘zbek 
tilining taraqqiyot bosqichlari» (To‘ychiboev.B., 1996y.), «O‘zbek adabiy tili tarixi»(Muxtorov. 
A., Sanaqulov U., 199O‘y), «Alisher Navoi kak osnovopolojnik uzbekskogo literaturnogo 
yazika» (A.K. Borovkov, 1946.), «A tovushining XV asrdagi sifat xususiyatlari haqida» (E. 
Umarov., 19h2),»XV asr O‘zbek tili unlilari haqida»(E. Umarov, 19h2),»Grammatika 
sarouzbekskogo yazika»(A.M. Sherbak, 1962) kabi ishlar shular jumlasidandir. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə