Hozirgi o‘zbek adabiy tili


Fonetik birliklar til tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

 Fonetik birliklar til tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1) shakllantiruvchi vazifa (ruscha: obrazuyuhaya funktsiya). Bunda fonetik birliklarning 
so‘z yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish materiali sifatida ishtirok 
etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta so‘zining tarkib topishida 5ta tovush (p, a, x,t,a), ikkita 
bo‘g‘in ( pax-ta) va bitta so‘z urg‘usi (paxta) «qurilish materiali» vazifasida qatnashgan, bu 
birliklarning shu tartibda joylashtirilishidan paxta so‘zining tovush qiyofasi - fonetik so‘z 
shakllangan. Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud 
nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak, so‘roq va buyruq gaplarning 
o‘ziga xos intonatsiyalari, she`riy misralardagi ohang tovlanishlari bunga misol bo‘ladi;
2) tanituvchi vazifa (ruscha: opoznavatel`naya funktsiya). Bunda fonetik so‘z tarkibidagi 
fonetik birliklarning shu so‘zni va uning ma`nosini «tanib olish» va «eslab qolish» uchun xizmat 
qilishi nazarda tutiladi: so‘z va uning ma`nosi (yoxud morfema va uning ma`nosi) shu so‘zning 
(yoki morfemaning) fonetik qobig‘i tufayligina inson xotirasida doimiy yashaydi. Masalan, inson 
paxta so‘zini (fonetik so‘zni) eshitganda yoki o‘qiganda, uning xotirasida «g‘o‘za o‘simligining 
oq tolali yumshoq mahsuli», taxta so‘zini eshitganda yoki o‘qiganda esa «g‘o‘ladan uzunasiga 
tilib olingan yassi yog‘och bo‘lagi» esga keladi, bu hol har bir so‘zning fonetik qobig‘i bilan shu 
so‘zning mazmun planidagi ma`nolar o‘rtasida doimiy aloqa borligidan (shakl va mazmun 
birligidan) dalolat beradi. Ko‘pchilik so‘zlarning fonetik tarkibi o‘zaro farqli bo‘lishini hisobga 
olsak, bunday farqlar so‘z ma`nolarini tafovutlash uchun xizmat qilishi ham ma`lum bo‘ladi: 
«qishloq» ni «pishloq»dan, «g‘o‘za»ni «ko‘za»dan, «uy»ni»kuy»dan farqlash imkoni yaratiladi.
Demak, so‘z va grammatik formalar o‘zining tovush materiyasi tufayligina nutqda ma`lum 
ahamiyat kasb etadi. Tovushgina so‘z yoki so‘z shaklini eshituvchi uchun borliq tusiga kiritadi. 
(Bu haqda darslikning «Fonologiya» bo‘limida to‘laroq ma`lumot beriladi). 
Fonetika fani tilning tovush tomonini turli usulda va turli maqsadlarda o‘rganadi, shunga 
ko‘ra uning quyidagi turlari o‘zaro farqlanadi: 
1.Umumiy fonetika. Fonetikaning bu turi barcha tillarning tovush tomoni uchun umumiy 
bo‘lgan qonuniyatlar va hodisalar bilan tanishtiradi. Masalan, barcha tillarda fonetik birliklarning 
fizik-akustik tabiati, anatomik-fiziologik (biologik) asosi va lingvistik-funktsional jihatlari bor; 
barcha tillarda nutq tovushlari fonema tiplariga birlashadi, barcha tillarda fonemalar fonologik 
oppozitsiyalar (ziddiyatlar) va korrelyatsiyalarni yuzaga keltiradi, shular orqali fonologik 
sistemalar shakllanadi. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatiga xos bo‘lgan bunday 
nazariy masalalarni ko‘rish umumiy fonetika predmeti sanaladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə