Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

Ma’ruza 

 2. Fonetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari 
Reja: 
1. Fonetikaning predmeti, maqsad va vazifalari. 
2. Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari. 
3. Bu sohada qilingan tadqiqotlar 
 
Tayanch tushunchalar: 
Fonetika - tilshunoslikning fonetik birliklar, ular-ning fizik-akustik va h.k. xususiyatlari 
haqida ma`lumot beruvchi bo‘limi.
Segment birliklar - so‘z yoki morfema tarkibida (yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq 
bo‘ylab birin-ketin keladigan birliklar: nutq tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza. 
Supersegment birliklar - urg‘u, ohang, melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular 
so‘zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo‘lishi bilan segment birliklardan 
farq qiladi. 
Shakllantiruvchi vazifa – fonetik birliklarning «qurilish materiali», leksema yoki 
morfemalarning ifoda planidagi moddiy asos sifatidagi vazifalari. 
Tanituvchi vazifa - fonetik birliklarning so‘z qiyofasini «tanib olish» va shu orqali 
so‘zning ma`nosini «eslab qolish» uchun xizmat qilishi. 
Fonetik so‘z - nutq tovushlarining ma`lum tartibda joylashuvidan tarkib topgan so‘zning 
fonetik qiyofasi, leksemaning ifoda plani. 
Umumiy fonetika - fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida 
ma`lumot beruvchi turi. 
Xususiy fonetika - fonetikaning muayyan bir til tovush-lari, ularning turlari, fizik-akustik 
va artikulyatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi. 
Tarixiy fonetika - xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan til tovush tizimini diaxron 
planda va dinamik holatda (tarixiy taraqqiyotda) O‘rganadi. 
Tavsifiy fonetika - xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan tilning fonetik tizimini 
statika holatida (til taraqqiyotining oldingi bosqichlarida yuz bergan hodisalar bilan bog‘lamay) 
O‘rganadi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə