Hozirgi o‘zbek adabiy tili


Tilning grammatik qurilishida



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

5.Tilning grammatik qurilishida: 1) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida ot
sifat, son, olmosh, fe`l va ravish kabi mustaqil so‘z turkumlari bo‘lgan. Bunday mustaqil so‘zlar 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida 
yordamchi so‘zlar – ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar bo‘lgan. Bunday turkumlarga 
xos so‘zlar Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham mavjud; q) qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida 
undovlar va modal so‘zlar bo‘lgan. Ular Hozirgi o‘zbek adabiy tilda ham bor; 4) qadimgi turkiy 
tilda ham, eski O‘zbek tilida ham har bir so‘z turkumining o‘ziga xos grammatik kategoriyalari 
(otlarda-egalik, kelishik, son; sifatlarda- daraja; fe`llarda - shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va 
b.lar) bo‘lgan. Bu xususiyatlar Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, Hozirgi o‘zbek 
adabiy tilida qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi: 
1) Hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridagiga 
nisbatan miqdoran ko‘p va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda o‘zakdan oldin 
qo‘shiluvchi affiks morfemalar (prefikslar) bo‘lmagan. Bu tipdagi morfemalar eski O‘zbek tilida 
va Hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noo‘rin, sersuv, 
sergap kabi; b) eski O‘zbek adabiy tilida «-ov»,»-ev», «-ova», «-eva», «-ovna», «-evna», «-
ovich», «-evich» kabi familiya va otchestvo yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tilida bunday qo‘shimchalar bor; v) eski o‘zbek adabiy tilida «-lar» affiksi ko‘plikni
(odamlar, qishloqlar kabi), birgalikni (Karimlar kelishdi), ma`no kuchaytirilishini (suvlar oqib 
yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar bo‘ldi kabi) ifodalagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 
esa 
«-lar» 
affiksining 
so‘zlarni 
terminlashtirish 
funktsiyasi 
ham 
paydo 
bo‘lgan: 
qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar... kabi; 2) qadimgi turkiy va eski O‘zbek adabiy tillarida 
singarmonizm mavjud bo‘lganligidan ko‘pchilik morfemalarning yo‘g‘on va ingichka turlari 
saqlangan: «-mi’z» va «-miz» ( barami‘z va kelamiz kabi), «-gan» va «-g‘on» ( kelgan va 
borg‘on), «-cho‘» va «-chi» (yog‘cho‘ «azani boshqaruvchi « va bedizchi- « naqqosh» kabi). 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ulardan faqat bittasi standart forma sifatida saqlangan ( 
boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qo‘riqchi va ishchi kabi), «-lO‘q» va «-lik» haqida ham shu 
fikrni aytish mumkin; q) eski O‘zbek adabiy tilidagi ba`zi affikslar Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 
qo‘llanmaydi. Masalan, «-vul» affiksi eski O‘zbek adabiy tilida qorovul, yasovul, kabi so‘zlarni 
yasagan, hozir esa bu affiks so‘z yasash xususiyatini yo‘qotgan; 4) qadimgi turkiy tilda bosh 
kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, vosita kelishigi («-n», «-i‘», «-in», «-un», «-
un», «-on», «-en»), jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi bo‘lgan. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tilida shulardan bittasi - vosita kelishigi yo‘q. U qadimgi turkiy tilda «bilan» 
ko‘makchisi funktsiyasiga teng bo‘lgan: masalan, tilin sozlep, qolaq‘n eshidip («tili bilan 
so‘zlab, qulog‘i bilan eshitib...») kabi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari. O‘zbek tili bir qator shevalarni O‘z 
ichiga oladi, bunday shevalar etnolingvistik nuqtai nazardan uchta katta lahjaga -qarluq, qipchoq 
va O‘g‘uz lahjalariga birlashtiriladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarkib topishida ana shu 
uchta lahja shevalarining ishtirok etganligi tabiiy bir holdir, ammo ulardan qaysi biri adabiy tilga 
ko‘proq darajada asos bo‘lganligi masalasida tilshunoslar orasida yakdillik yo‘q. KO‘pchilik 
manbalarda Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tayanch dialekti sifatida qarluq lahjasi, xususan, uning 
Toshkent-Farg‘ona tipidagi shahar shevalari ishtirok etganligi ko‘rsatiladi
1
. Ammo ayrim 
1
Bu haqda qarang: Reshetov V.V., Shoabduraµ monov Sh.Sh O’ zbek tili dialektologiyasi –Toshkent:
Ukituvchi", 1978, 43- bet. Abduraµ monov G., Mamajonov S. O’ zbek tili va adabiyoti.- Toshkent: "O’ zbekiston", 
1995, 38- bet. 


tilshunoslar (masalan, prof. X. Doniyorov, dotsent B. To‘ychiboyev) adabiy tilning tayanch 
dialekti masalasiga boshqacharoq yondashadilar: ularning fikricha, Hozirgi o‘zbek adabiy 
tilining tarkib topishida qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham faol qatnashgan, shunga ko‘ra 
adabiy til me`yorlariga oid ayrim masalalar (xususan, vokalizm tizimi, alifbo tuzilishi) qayta 
ko‘rilishi kerak. Bu mualliflarning ta`kidlashicha, Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida 6 ta 
emas, 8-9 ta unli fonema bor, ular i/O‘, a/a, u/u,O‘(o) /O‘(o) kabi kontrast juftliklarni hosil 
qiladi
2
.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə