I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Radioaktiv zararlanishda o‘z va o‘zaro yordam



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Radioaktiv zararlanishda o‘z va o‘zaro yordam.
Kechiktirib bo‘lmaydigan yordamda quyidagi asosiy umumiy tadbirlarni amalga 
oshiriladi:
-
zararlanuvchini nurlanish ta’siri hududidan chiqarish;
-
kiyimdagi nafas olishga xalaqit beruvchilarni bartaraf qilish; 
-
teriga va shilliq qobiqlarga sanitar ishlov berish. 
Tibbiy yordam organizmning nurlanishga ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf 
qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak:
-
yurak-qon tomir etishmovchiligi holatlarida organizmga kordiamin, kofein va 
boshqa preparatlar yuborish bilan yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilash; 
-
kuchli bosh og‘rig‘ida noalkagol preparatlar berish bilan yaxshilash, masalan 
analgin; 
-
teridagi reaksiyalar (terini qizarishi, shish) holatida zararlangan joyga oksikort, 
livian, lioksanol kabi maz va aerozollar bilan ishlov beriladi (suriladi, sepiladi); 
-
yaralarni radioaktiv moddalar bilan zararlanishida ularni tamponlash yoki 
steriallash eritmalari bilan yuvish amali bajariladi. Ular yig‘uvchi va kompleks hosil 
qiluvchi xususiyatlarga ega (plutoniy bilan zararlanishda pentatsion dorisi ishlatiladi); 
-
qo‘rquv va ruhiy bezovtalik holatlarida fenozepam kabi preparatlardan 
foydalaniladi.


158 
Odam α-nurlantiruvchilar bilan nafas olgan holatda birinchi tez yordamning 
vazifasi ifloslangan elementlarni nafas yo‘llaridan chiqarib tashlashga qaratilgan 
bo‘lishi kerak: 
-
og‘iz bo‘shlig‘i va burun qismlarni yuvish bilan; 
-
otxarkivli moddalarni qo‘llash; 
-
suyuqlik (issiq ishqorli eritma, issiq sut); 
-
5-10 % li pentatsin eritmasi aerozolidan ko‘p marta nafas oldirish.
Yuqoridagilar bilan birga buyrakni oshqozon ichak tizimidan radioaktiv 
moddalarni qabul qilishini kamaytirish choralari ko‘riladi:
-4 soat davomida bo‘shashtiruvchi vositali suv bilan ko‘p mata yuvish, qayd 
qildiradigan vositalar kiritish; 
-
yuqoridagi bilan birga ko‘p suyuqlik ichirish; 
-
12 soat davomida 2-3 marta tozalov klizmasi qilish. 
Nurdan zararlanganlarni gospitallashtiriladi. Bunda umumiy talab etiladigan 
ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha huddatlashtiriladi, bunda quyidagilar 
ko‘rsatiladi: 
-
taxmin qilinayotgan radiatsion ifloslanishning sanasi va vaqti; 
-
birinchi tibbiy yordam samarasi va hajmi; 
-
taxmin qilinayotgan nurlanish darajasi; 
-
o‘tkazilgan sanitar ishlovning xarakteri.
Radiatsion muhofaza tartibi (rejimi) deb belgilangan tartibda aholini harakati, 
radioaktiv zararlangan zonada uning ta’sirini belgilangan miqdordan (normadan) 
oshirmaslik uchun muhofaza vositalari va usullarining qo‘llanishi qo‘llanishi 
tushuniladi.
Radiatsion rejim radiatsion zararlangan zonaga ishlab chiqarish faoliyatini 
davom ettirish uchun odamlarning doimiy kelishi, aholini hayot faoliyati tarzini 
ta’minlash, odamlarning ish qobiliyatini saqlash maqsadida tashkil etiladi. Bunga 
muhofaza 
inshootlari, 
binolarni 
ximoyalash 
xususiyatlarini 
hisobga 
olib 
reglamentlanadi, ya’ni radiatsion zonada bo‘lish vaqtini belgilash bilan erishiladi.
Muhofaza rejimi joyning barcha xususiyatlarini hisobga olib belgilanadi: 
kutilayotgan radiatsiya darajasi, ish smenalarining davomiyligi, nurlanish darajasi va 
boshqalarni.
Tegishli tashkilotlar va xizmatlar tomonidan namunaviy radiatsion rejimlar ham 
ishlab chiqilgan. Bino va inshootlarning ximoya xususiyatini hisobga olib 7 ta 


159 
namunaviy rejim ishlab chiqilgan. Namunaviy rejimlar ( № 1-3) ishlamaydigan aholi 
uchun mo‘ljallangan: 
1-rejim – muhofaza vositasi sifatida foydalanuvchi yog‘och uylarda 
yashovchilar uchun;
2-rejim – zarba to‘lqinidan muhofaza vositasi sifatida foydalanuvchi tosh (beton 
va temirbeton) uylarda yashovchilar uchun;
3-rejim – zarba to‘lqinidan muhofaza vositasi sifatida foydalanuvchi ko‘p 
qavatli tosh (beton va temirbeton) uylarda yashovchilar uchun.
Radiatsion muhofaza rejimining har birivaqtni belgilaydi. Bunda muhofaza 
inshotlarida bo‘lish vaqti belgilanadi. Bu vaqt 3 bosqichga bo‘linadi. 3-bosqichda 
qoldirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish uchun ko‘chaga qisqa vaqtga chiqish ko‘zda 
tutiladi.
Himoya rejimining davomiyligi va bosqichlari radiatsiya darajasiga bog‘liq.
4-7 namunaviy himoya rejimi xalq xo‘jaligida ishlovchi ishchi-xizmatchilar 
uchun mo‘rjallangan. Bu 1-2 smena yoki 10-12 soatga mo‘rjallangan bo‘ladi: 
4-rejim – radiatsion zarbaga qarshi yog‘och uylarda;
5-rejim – tosh uylarda va radiatsiya zarbaga qarshi;
6-rejim – radiatsiyani 100-200 marta kamaytiruvchi ko‘p qavatli tosh uylarda va 
radiatsiya zarbasiga (PRU);
7-rejim tosh uylar va saqlanish inshootlari.
Mazkur namunaviy rejimlar ketma-ket bosqichni o‘z ichiga oladi; panagoh yoki 
saqlash inshootlarida ishni to‘xtatgan holda yashirinish; ishlab chiqarish binolarida 
ishlovchilar obyektdagi muhofaza inshootlarida ishdan bo‘sh vaqtlarida smena bilan 
dam olishni; smenali ishlarda ishlovchilar yashash uylada dam olishi va qisqa (1-2 
soat/sutka) muddatda ochiq joyda bo‘lishi.
Namunaviy rejimlar favqulodda vaziyat bo‘yicha komissiya rayisining
farmoyishiga asosan amalga kiritiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə