I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


 Dezaktivatsiya o‘tkazish qoidalari va tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

 
5.10. Dezaktivatsiya o‘tkazish qoidalari va tartibi 
Joylarni germetiklash 
Radioaktiv changni binolarning xonalari ichiga kirmasligi uchun ularning barcha 
teshikli joylari (eshik, deraza tirqishlari, boshqa havo yo‘llari, erto‘la teshiklari, 
dudburonlar, mo‘rilar va boshqa joylari germetiklanadi (havo o‘tmaydigan qilib 
berkitiladi). Buning uchun rezina materialli zichlagichlar ishlatiladi (5.14-rasm). 


160 
Tosh (beton va temirbeton) materialli uylarda tirqishlar shpaklevka va yoki 
suvoq bilan to‘ldiriladi. Yig‘ma shitli qismlarga kamida 2 qavatli qog‘oz materiallar 
yopishtiriladi. Siniq oynalar almashtiriladi, ular zamaskalanadi.
5.14-rasm. Yashash uyini germetiklash joylari 
Tashqi radiatsiyadan bir qavatli binolarni ximoyalash uchun deraza o‘yiqlari
g‘isht bilan yoki qoplarga tuproq solib uni joylashtirish bilan berkitiladi. Devorlarni 
mustahkam berkitish uchun balandligi 1,8 m gacha to‘siqlardan foydalanib tuproq 
to‘ldiriladi.
Teri qoplamalariga sanitar ishlov berish
Terini nurlanishdan saqlash uchun sanitar ishlov beriladi. Buni qisqa muddatda 
o‘tkazish kerak. Teridagi radioaktiv moddalarni ketkazish zarur. Sanitar ishlov berish 
qisman va to‘liq bo‘lishi mumkin.
Teridagi radioaktiv modda quruq tampon bilan artilganda 70 % gacha, suv yoki 
qor bilan artilganda 90% gacha va suv sovun yoki boshqa yuvish moddalari bilan 
ishlanganda 98% gacha ketadi.
Terining ochiq joylariniga (qo‘l, yuz, bo‘yin va ko‘z) sanitar ishlov berish suv 
bilan yuviladi. Bunda ko‘zga, og‘izga, burunga ifloslangan suvni tushishiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. Terilar yuvilada, artiladi. Og‘iz va burunlar toza suv bilan 
chayiladi.
Sanitar ishlov berishga suv etishmagan taqdirda doka va shunga o‘xshash 
materiallar bilan joyni artiladi. Bunda artish materialini bir tomonlama, asosan 
yuqoridan pastga tomon harakatlantirish kerak.
Qish vaqtlari ishlov berish uchun ifloslanmagan qor ishlatilsa bo‘ladi. Yoz 
vaqtlari oqar suvdan foydalanish mumkin.
To‘liq sanitar ishlov berish maxsus sanitar o‘tkazish punktlarida amalga 
oshiriladi.


161 
Odatda radioaktiv ifloslanishga tananing ochiq joylari yo‘liqadi. Shuning uchun 
sanitar ishlov berish sifatida dush qabul qildirish tavsiya etilmaydi. Bu radiatsion 
moddalarni tananing boshqa joylariga tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu 
sababli ifloslangan joyni yuvish ishlari rakovina ustida o‘tkazish maqsadga muvofiq. 
Bunda bosimli suvni ishlatish ifloslanishni 70-90 % gacha ketkazadi.
Ifloslangan joyni sanitar ishlovidan so‘ng dush qabul qildirish mumkin, tanani 
quritiladi. Shundan so‘ng terining quruq joylarida radiometriya o‘tkaziladi.
Agarda radiometriya natijasi ifloslanganlikni ruxsat etiladigan miqdordan 
yuqoriligini ko‘rsatsa sanitar ishlov berish 3 martagacha takrorlanishi mumkin. 
Undan ko‘p ishlov berish teridagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda 
muolajani boshqa turlari bajariladi. Zararsizlantirishda maxsus vositalardan 
foydalanish tavsiya etiladi, masalan «Zashita» yoki «Radez» preparatlaridan 
foydalanish tavsiya etiladi, yuvish kukun (poroshok)laridan foydalanish mumkin. 
Sanitar ishlov berish uchun organik erituvchilardan (benzin, atseton, etil spirti va b.) 
foydalanish taqiqlanadi. Ular radioaktiv moddalarni teri ichiga kirishiga sababchi 
bo‘ladi. 
Poloniy, simob, vismut, yod bilan zararlanganda 1-3 %li solyan, limon
kislotalari bilan ishlov berilsa bo‘ladi, ular kompleks hosil qiluvchilar hisoblanadi. 
Tananing shilliq qobiqlarini 2% li ovqat sodasi bilan ishlanishi tavsiya etiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə