I. Asosiy qism. I kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi


KIMYO VA NEFT-KIMYO SANOATI



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə5/7
tarix01.02.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#99935
1   2   3   4   5   6   7
MAVZU

KIMYO VA NEFT-KIMYO SANOATI
Kimyo sanoati FTI davrida sanoatning rivojlangan tarmoqlaridan biridir. U XX asr davomida alohida tarmoq sifatida shakllandi va eng yuqori sur`atlarda rivojlanishga erishdi. Ko`p sifatlariga ko`ra mazkur tarmoq mashinasozlik sanoatiga o`xshab ketadi. U ham to`rt mintaqada har taraflama rivojlanishga erishgan. Bular Yevropa, Shimoliy Amerika, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyohamda MDH davlatlaridir. 
Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotlarining 23-24% I Yevropada ishlab chiqarilmoqda. Ushbu ko`rsatkich AQSHda 20% ga, Yaponiyada 15% ga< Fors ko`rfazi mintaqasida 7%ga teng. Unda va ikkinchi mintaqa hisoblanadigan Shimoliy Amerika (ayniqsa, AQSH)da kimyo sanoatining deyarli barcha tarmoqlari, birinchi navbatda, neftni qayta ishlash va neft-kimyo har taraflama rivojlangan. Uchinchi mintaqaning o`zagi Yaponiya va Xitoy hisoblanadi. Ularda hamm organic sintez kimyosining sintetik tola, sintetik kauchuk, polimerlar kimyosi tarmoqlari yuqori mavqega ega. Sobiq Ittifoq davlatlaridan iborat to`rtinchi mintaqada, ayniqsa, tog` kimyosi va asosiy kimyo tarmoqlarining ahamiyati katta.
YENGIL SANOAT
Yengil sanoat aholining kundalik iste`mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan eng yirik tarmog`idir. Shu sababli u barcha, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarmog`i sanaladi. Yengil sanoatda eng yetakchi tarmoqlar bo`lib to`qimachilik, tikuvchilik va charm-poyabzal tarmoqlari hisoblanadi. 
To`qimachilik sanoati, bir tomondan, sanoatning eng "eski”, ikkinchi tomondan esa doimo yangilanayotgan va o`sayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda jahon to`qimachilik sanoatining beshta yirik mintaqasi mavjud. Bular Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, MDH mamlakatlari, Yevropa va AQShdir. Ularda to`qimachilik mahsulotlarining asosiy qismini ip-gazlama va kimyoviy tolalardan to`qilayotgan gazlamalar tashkil qiladi. Muhimi shundaki, bunday gazlamalarning umumiy hajmi doimo ortiqb bormoqda. Shoyi, jun va zig`ir gazlamalar hissasi esa, aksincha, sekin-asta kamayib bormoqda. 
Umuman, hozirgi vaqtda jahon yengil sanoatining ko`pchilik tarmoqlari rivojlanayotgan mamlakatlarda jadal sur`atlarda o`smoqda. Buning natijasida Xitoy, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan gazlamalar, kiyim-kechak, trikotaj mahsullotlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning ichki bozorida o`z o`rnini topmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday natijalarni ularda: 1) ishchi kuchining ancha arzonligi; 2) to`qimachilik sanoati xomashyolari (tola) ning nisbatan serobligi bilan tushuntirish mumkin. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilgan ip-gazlamaning 30%i Xitoyga, 8-9%i Hindiston, AQSH, Yaponiya, Tayvan, Indoneziya, Pokiston, Italiya, Misrga, jun gazlamaning 15%i Xitoyga, 14%i Italiyaga, katta qismi Yaponiya, AQSH, Hindiston va boshqa mamlakatlarga to`g`ri keladi.
Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchikorxonalar (zavodfabrikakonshaxtaelektr stansiyaferma va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir.
SANOAT, industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; S.ning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar i.ch., shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya i.ch., yogʻoch tayyorlash, S.da yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fkalar, z-dlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. S. kengaytirilgan takror ishlab chiqarishnmtt asosini tashkil etadi va industrial oʻsiipsh taʼminlaydi. 20-a.ning 80y.larida qabul qilingan tasniflashga koʻra, S. yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi S.i; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi S.i; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz S.i; qurilish materiallari S.i; qurilishkonstruksiyalari va detallari S.i; oyna va chinnifayans S.i; yengil S; oziq-ovqat S.i; mikrobiologiya S.i; unyorma va aralash yem S.i; tibbiyot S.i; poligrafiya Sanoat Boʻ sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.
S.ning ijtimoiy i.ch.ning mustaqil tarmogʻi sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqishi — ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bogʻliq. Kapitalistik S. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 14—15a.larda paydo boʻddi va oddiy kapitalistik kooperatsiya, manufaktura va yirik mashina industriyasi — fabrika bosqichlarini bosib oʻtdi, 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida manufakturadan mashina industriyasiga oʻtish dastlab Angliyada, keyinroq boshqa Yevropa mamlakatlarida sanoat toʻntarishi tusini oldi. Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlarda S. 18-a. boshidan manufaktura koʻrinishida rivojlandi, 19-a.ning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi.
Oʻzbekiston xududida S. taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi S.ning paydo boʻlishi 19-a.ning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan S. tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi z-dlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda S. Rossiya sanoati va iktisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi.
1913 yilda Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot i.ch.da ogʻir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat S.i 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiya-qurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqdari shakllandi.
20-a.ning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda S. jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash z-dlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal f-kalari qurila boshladi (q. Yengil sanoat), 1937 yilda Toshkent toʻqimachilik k-ti ishga tushirildi, 20-a.ning 40—50y.laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi.
1941—45 yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor z-dlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (q. Kimyo sanoati). Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (q. Rangli metallurgiya).
Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi.
Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin S.da tub islohotlar amalga oshiriddi, koʻpgina tarmoqdardagi S. korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlataksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va boshqa tashkiliyhuquqiy mulk shakllariga aylantirildi. Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrinda turadigan S. tarmoklarida tuzilmaviy qayta tarkiblash amalga oshirildi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar tashkil topdi (2000 yilda 6,4 ming oʻrta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali bilan hamkorlikda koʻpgina S. tarmoklarida qoʻshma korxonalar tashkil etildi (q. Asaka avtomobil zavodi"British Amerikentobakko","ZarafshonNyumont""Kabultekstaylz""Kokakola""Samkochavto" koʻshma korxonasi va b.). S. tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoklarga chet el investitsiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respublika sanoatida tarmoklarning tutgan oʻrni har xil. S. tarmoklari orasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi toʻqish, konserva, yogʻmoy va boshqa sanoat tarmoklaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. S. taraqqiyotida yoqilgʻienergetika kompleksining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, kumir, neft va neftni qayta ishlash sanoati, energetika kiradi. Oʻzbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi.
Oʻzbekistonda S. tarmoklarida mulk shakllarini oʻzgartirish va tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, Oʻzbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qoʻshilishini taʼminlaydi.
2002 yilda Oʻzbekiston S.da 1467 ta oʻrta va yirik i.ch. birlashmalari va korxonalar ishladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmogʻi umumiy i.ch. hajmining 88,5%ni tashkil etdi. 396 dan ortiq nomdagi yangi mahsulotlarni i.ch. oʻzlashtirildi. Davlat korxonalari soni salmogi 4,6%, nodavlat sanoat korxonalari soni 95,4% ni tashkil etdi. Sanoati.ch. xodimlarining 20,5% davlat korxonalarida, 79,5% nodavlat korxonalarida band boʻldi. S. mahsulotlarini i.ch.ning umumiy hajmida davlat korxonalari hissasi 28,6%ni, nodavlat sektor korxonalari hissasi 71,4% dan iborat boʻldi (yana Avtomobil sanoatiYengil sanoat, Yogʻmoy sanoati, Mashinasozlik sanoati kabi sanoat tarmoklari toʻgʻrisidagi alohida maqolalarga q.).
Chet ellarda S.ning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamgʻarilgan texnika jihatidan ilgʻor kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi bilan taʼminlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, koʻpgina Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari kiradi.

Sanoat


2014 yil yanvar-martda sanoat mahsuloti hajmi 305,5 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,4 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida 114,4 mlrd. so’mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2013 yil yanvar-martga nisbatan 109,0 foizni tashkil etdi. Jumladan, 60,5 mlrd. so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 31,0 mlrd. so’mlik nooziq-ovqat mollari va 22,9 mlrd. so’mlik vino-aroq mahsulotlari (2013 yil yanvar-martga nisbatan mos ravishda 110,0 foiz, 105,7 foiz va 111,0 foiz) ishlab chiqarildi.
2014 yil yanvar-martda sanoat tarmoqlari bo’yicha mahsulot hamda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi quyidagicha ifodalanadi:


Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə