I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 101,23 Kb.
səhifə13/20
tarix30.12.2023
ölçüsü101,23 Kb.
#166533
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasinin-www.hozir.org

Havo muhiti. Havo kompyuter qurilmalari va simsiz infrastrukturaga orasida axborot oqimini uzatish kanali hisoblanadi. Simsiz tarmoqlar orqali aloqani nutq orqali muloqotga o'hshatish mumkin. Agar suhbatdoshlar orasidagi masofa oshaversa, ular bir-birlarini yomon eshita boshlaydilar.
Simsiz tarmoqlarning axborot signallari ham havo orqali tarqaladi, ammo o'zining hususiyati evaziga nutq signalariga qaraganda anchagina katta masofaga tarqalishi mumkin. Bu signallar odamga eshitilmaydi, shu sababli ularni, so'zlashga halaqit berishidan qo'rqmay, yanada yuqori sathlargacha kuchaytirish mumkin. Ammo aloqa sifati to'siqlarning mavjudligiga bog’liq. To'siqlar signallar tarqalishiga halaqit qiladi yoki ularni susaytiradi, natijada signallar sathi pasayadi, ularning tarqalish uzoqligi kamayadi.
Yomg’ir, qor, tuman, tutun (smog) simsiz tarmoqlarda axborot signallarini
tarqalishiga ta'sir etuvchi obi-havo sharoitlari hisoblanadi. Masalan, kuchli jala aloqa uzunligini ikki martaga kamaytirishi mumkin. Binolar va darahtlar kabi boshqa to'siqlar tarqalish sharoitlariga va simsiz tarmoq harakteristikalariga ta'sir etishi mumkin. Simsiz regional va global tarmoqlarni joylashtirishni rejalashtirishda bu muammolarning muhimligi ortadi.
Simsiz tarmoq infrastrukturasi foydalanuvchilar va ohirgi tizimlarning o'zaro simsiz aloqalarini ta'minlaydi. Uni bazaviy stansiyalar, foydalanish kontrollerlari, ulanish o'rnatilishini ta'minlovchi ilovalarning dasturiy ta'minoti va taqsimlovchi tizim tashkil etishi mumkin.[10]
Bazaviy stansiya infrastrukturaning tarqalgan komponenti hisoblanadi. U havo muhiti orqali tarqaluvchi simsiz tarmoq axborot signallarining simli tarmoqqa uzatilishini ta'minlaydi. Bazaviy stansiyani ba'zida taqsimlovchi tizim deb ham yuritishadi. Demak, bazaviy stansiya Web-sahifalarni ko'zdan kechirish servislari, elektron pochta va ma'lumotlar bazasi kabi tarmoq hizmati yo'nalishidan foydalanishni ta'minlaydi. Bazaviy stansiyada ko'pincha simsiz tarmoq interfeysi platasi bo'lib, bu plata foydalanuvchi kompyuteridagi simsiz tarmoq interfeysi platasining ishlash prinsipidan foydalanadi. Bazaviy stansiya "nuqta-nuqta" yoki "nuqta-bir necha nuqta" kabi ulanishlarni madadlashi mumkin (2.3-rasm).
“Nuqta-nuqta" tizimi signallar oqimini bir bazaviy stansiyadan ikkinchisiga yoki bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatish imkoniyatiga ega. "Nuqta-bir necha nuqta" konfigurasiyasi holida bazaviy stansiya bittadan ortiq kompyuter qurilmasi yoki bir necha bazaviy stansiyalar bilan bog’lanishi mumkin. Bunday hil bog’lanishni, masalan, simsiz lokal tarmoq tarkibidagi foydalanish nuqtasi ta'minlaydi. Foydalanish nuqtasi bitta qurilma bo'lib, ko'pgina kompyuter qurilmalari bir-birlari bilan hamda simsiz tarmoq infrastrukturasidagi tizimlar bilan bog’lanish maqsadida u bilan ulanishni o'rnatadi.

Yüklə 101,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə