I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari


II bob. Simsiz tarmoqlar konsepsiyasi va infrastrukturasi



Yüklə 101,23 Kb.
səhifə11/20
tarix30.12.2023
ölçüsü101,23 Kb.
#166533
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasinin-www.hozir.org

II bob. Simsiz tarmoqlar konsepsiyasi va infrastrukturasi
1. Simsiz tarmoq konsepsiyasi
Simsiz lokal tarmoqlarni LAN (WLAN) rivojlantirishga oid qaror qabul qilishda quyidagilarni inobatga olish darkor:
· 802.11g protokolining ishlash hususiyatlari,
· Mobil bog’lamalarni tashkil qilish masalalari,
· Tarmoq himoyasi masalalari,
· Hizmat sifati (QOS)
· Simsiz tarmoq mijozlari foydalanadigan ilovalar.
Ish joyini kartirovka qilish fizik jihatdan har bir ulanish nuqtasi qanday yuzadagi zonani qoplashini, berilgan soha yuzasini qoplash uchun qancha ulanish nuqtalari kerakligini va har bir kanal va nurlatish quvvati uchun parametrlarini o'rnatish kerakligini tushunish imkonini beradi.
Tarmoq auditi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
· Bino chizmalarini va simlarning o'tish chizmalari, elektrik tizimlar
joylashuvi, struktura elementlari (metall to'siqlar, devorlar, eshik oraliqlari)ning chizmalarini yig’ish.
· Radiosignal tarqalish zonasini baholash. Signalning yo'qolishini minimal holatga keltirishni inobatga olgan holda komponentlarni o'rnatish joyini tanlash.
· Ulanish nuqtalari va antennalarning optimal joylashuv sxemasini aniqlash.
· Kanallar interferensiyasini baholash. Shu bilan birga zonalarda radioto'lqin bilan qoplanmagan sohalar qolib ketishini oldini olish uchun sinov jarayonini o'tkazish.
· Elektr tizimlarini baholash, shu qatorda tasodifiy yoki muqarrar elektr muammolari sababli aloqa unumdorligining degradasiyasini oldini olish maqsadida elektr tarmoqqa ulanishning alternativ yo'llarini ham baholash.
Binonini o'rganish jarayonida quyidagilar inobatga olinadi:
· Agar binoda yog’och pollar ishlatilsa, ulanish nuqtalarining ishlash zonalari vertikal bo'yicha to'silishi mumkin. Qo'shni ulanish nuqtalari uchun kanallarning tanlovi vertikal bo'yicha o'tishiga ishonch hosil qiling.
· Barcha ofislar va honalarning eshiklarini yopib qo'ygan holda izlanishlarni boshlang. Shunda eng past darajada signal qabul qilinishini baholash mumkin.
Bog’lanish ta'minlanadigan fizik hudud o'lchamlariga bog’liq holda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
2.1-jadvalda ushbu tarmoqlarning qisqacha tavsifi keltirilgan. Simsiz shahsiy tarmoqlari uzatishning katta bo'lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo'lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmo?larning harakteristikalari o'rtacha bo'lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shahsiy kompyuterida yoki noutbukida ma'lumotlarni simsiz sinhronlashni ta'minlashi mumkin. Huddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta'minlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo'qolishi etarlicha jiddiy afzallik bo'lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o'rnatilishi va keyingi, zaruriyat tug’ilganda, joyining o'zgartirilishi anchagina osonlashadi.

Simsiz shahsiy tarmoqlarning aksariyat uzatuvchi-qabul qiluvchilarning (transceiver) kam quvvat is'temol qilishi va ihchamligi mikroprosessorlar bilan ta'minlangan, katta bo'lmagan foydalanuvchi qurilmalarini samarali madadlashga, hamda kompyuter qurilmasini uzoq vaqt mobaynida bitta batareyada (yoki akkumulyatorda) ishlashiga imkon beradi. Undan tashqari, kam quvvat iste'mol qilinishi simsiz shaxsiy tarmoqlarni uyali telefonlarga, PDA larga va naushniklarga


tatbiq etishga sabab bo'ldi.[5]
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo'yicha shaharga teng bo'lgan hududga
hizmat qiladi. Aksariyat hollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, ba'zida esa mobillik zarur bo'ladi. Masalan, kasalhonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida ma'lumotlarni uzatishni ta'minlaydi. Yoki energetik kompaniya bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini ta'minlaydi. Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infrastrukturalarini bir erga to'playdi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infrastrukturalari bilan ulanishni o'rnatishga imkon beradi.
Simsiz Internet hizmatlari bilan ta'minlovchilar (Wireless Internet Service Provider, WISP) uyda foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun doimiy simsiz ulanishlarni ta'minlash maqsadida shaharlarda va qishloq joylarda simsiz regional tarmoqlarni mijozlar ihtiyoriga taqdim etadi. Bunday tarmoqlar, ko'pincha simli ulanishlarni yotqizish bilan bog’liq chegaralanishlarga ega bo'lgan oddiy simli ulanishlarga nisbatan samarali hisoblanadi.
Simsiz regional tarmoqlarning harakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil tehnologiyaning ishlatilishi ma'lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo'lishini ta'minlaydi.
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki hatto kontinent masshtabida foydalanishni ta'minlash bilan ishlanishini ta'minlaydi. Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikasiya kompaniyalari ko'pgina foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta'minlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat infrastrukturasini yaratadilar. Bunday echimning harajati barcha foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlanadi, natijada abonent to'lovi unchalik yuqori bo'lmaydi.
Ko'pgina telekommunikasiya kompaniyalarining kooperasiyasi tufayli simsiz global tarmoqlarining ta'sir doirasi chegaralanmagan. Telekommunikasiya hizmatini ta'minlovchilarning biriga to'lab, simsiz global tarmoq orqali dunyoning har qanday nuqtasidan qator Internet hizmatidan foydalanish mumkin.
Simsiz global tarmoq harakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma'lumotlarni uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, ba'zida 170 Kbit/s ni tashkil etadi.
Simsiz global tarmoqlarga hos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta habarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida bo'lganida korporativ ilovalardan foydalanishni ta'minlovchi ilovalardir. Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo'yicha sayr qilinayotganlarida ulanishni o'rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan foydalanuvchilar hududiy chegaralanmaganlar.
Simsiz global tarmoqlar tehnologiyasini tatbiq etishdagi muammolardan biri uning bino ichidagi foydalanuvchilar uchun bog’lanishni ta'minlay olmasligi. Chunki bunday tarmoq infrastrukturalari bino tashqarisida joylashgan va radiosignallar binoda aytarlicha susayadi. Simsiz global tarmoqlarni bino ichiga o'rnatilishi esa qimmatga tushadi va tehnik nuqtai nazaridan asoslanmagan.
Simsiz shahsiy, lokal, regional va global tarmoqlar bir-birini to'ldiruvchi bo'lib, turli talablarni qondiradi. Ammo, ba'zida bir tarmoqni ikkinchisidan farqlab bo'lmaydi. Masalan, bino ichidagi simsiz lokal tarmoq foydalanuvchi PDAsi bilan shahsiy kompyuterini simsiz shahsiy tarmoq kabi ulashni ta'minlashi mumkin. Turli simsiz tarmoqlar orasidagi farqni aniqlashda ularda ishlatiladigan tehnologiyalar va standartlardan foydalanishadi.
Agar foydalanuvchi nuqtai nazaridan istiqbol hususida so'z yuritilsa, simsiz tarmoqlar orasida chegaraning yo'qolishi shart. Turli hil simsiz tarmoq ishini madadlovchi kompyuter qurilmalari tarmog’i interfeysining platalari paydo bo'lmoqda. Masalan, sayyohda yoki tijoratchida ham simsiz lokal ham simsiz global tarmoq bilan o'zaro aloqa qiluvchi zamonaviy uyali telefon bo'lishi mumkin.[7]



Yüklə 101,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə