I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari


Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . …………



Yüklə 101,23 Kb.
səhifə2/20
tarix30.12.2023
ölçüsü101,23 Kb.
#166533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasinin-www.hozir.org

Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . ………… . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 60
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati . . . . . . . . . . . ………... . . . . . . . . . . . . . . . . . 62
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni
2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida aytib o’tganidek, o'tgan yili 500 dan ortiq yangi bazaviy mobil aloqa stansiyalari o'rnatilishi hisobidan aloqaning ushbu zamonaviy, yuqori texnologiyalarga asoslangan tizimi abonentlari soni qariyb 20 million kishini tashkil etdi, ularga ko'rsatilayotgan xizmatlar hajmi qariyb 26 foizga ko'paydi.
Ayni paytda qishloq joylarda xizmatlar sohasi hali-beri etarlicha rivojlanmaganini ham aytish joiz. qishloqda aholi jon boshiga to'g’ri keladigan xizmatlar ko'rsatish hajmi shaxardagidan hali-xamon sezilarli darajada ortda qolmoqda. Ayni paytda qishloq joylarda aloqa xizmati, bank-moliya va kommunal xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun katta saloxiyat mavjudligini ham unutmaslik darkor.[1]
O'zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovni yaqinda «Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asari chiqdi. Ushbu asar bugungi kunning eng dolzarb muammosi - ya'ni 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlari, O'zbekiston respublikasi sharoitida yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo'llariga bag’ishlangan. Ushbu asardagi ko'rilgan masalalardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, telekommunikasiya tarmoqlarda ma’lumot uzatish tezligi muammosi dolzarb ekan va buning uchun axboroni ximoya qilish usullarini o'rganishga ehtiyoj sezilar ekan, demak buning uchun alohida qurilmalar, jihozlar sotib olmasdan, balkim axborot tehnologiyalaridan va zamonaviy ma’lumot uzatish vositalaridan foydalanilgan holda telekommunikasiya tarmoqlariga yangi texnologiyalarni jalb qilish kerakdir.
Hozirgi kunda uylarda, ishhonalarda yoki jamoat joylarida joylashgan simsiz tarmoqlar kishilar hayotida muhim rol o'ynaydi. Bu tarmoq foydalanuvchilarga simsiz holatda (simli aloqa liniyalaridan foydalanmay) bir joyda turib va harakat vaqtida o'zaro aloqa qilish, ma'lumot almashish, masofadan turib tarmoq axborot manbalariga murojat qilish imkonini beradi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, simsiz tarmoqlarning hayotimizga kirib kelishi bilan jamiyat hayotining jadal sur'atlarda o'sishi kuzatildi. Shu bilan bir qatorda ushbu tarmoqlarga, hususan hizmatlarga, ularning sifatiga ham talab oshib bordi. Hozirgi axborotlashgan davrda simsiz ma'lumot uzatish tarmoqlarining o'rni beqiyos bo'lib, turli kategoriyadagi abonentlarga sifatli va ishonchli hizmatlar taklif eta oladigan bunday tarmoqlarni qurish bugunning muhim vazifalaridan biriga aylandi.
Shuni hisobga olgan holda, aholiga telekommunikasiya hizmatlarini ko'rsatuvchi etakchi operatorlar o'zlarini tarmoqlarini modernizasiya qilishda yuqori tezlik va ishonchlilikni ta'minlovchi zamonaviy tehnikalarga ko'proq e'tibor qaratmoqdalar. Bu esa simsiz ma'lumot uzatishning kelajakda yanada o'sishiga va telekommukikasiya sohasining bundanda rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun men ham bitiruv malakaviy ishimni “MIMO texnologiyasini tahlil va tadqiq qilish” mavzusida yoza boshladim.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimning dolzarbligi shundaki, MIMO texnologiyasi eng zamonaviy texnologiyalardan biridir va bu texnologiya yordamida simsiz aloqa tizimi yanada rivojlanadi.
Bitiruv malakaviy ishimning asosiy maqsadi, MIMO texnologiyasini o’rganish va o’rgangan bilimlarimga tayangan holda tahlil va tadqiq qilishdan iborat.
Ushbu bitiruv malakaviy ishim to’rtta bobdan tashkil topgan.
Birinchi bobda, antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining
rivojlanish bosqichlariga oid tushunchalar ko’riladi.
Ikkinchi bobda, Simsiz tarmoqlar konsepsiyasi va infrastrukturasi batafsil yoritiladi.
Uchinchi bob, MIMO texnologiyasini tahlil va tadqiq qilishdan tashkil
topgan.
To’rtinchi bobda esa, xayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi to’g’risida to’xtalib ketilgan



Yüklə 101,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə