I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari


I bob. Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 101,23 Kb.
səhifə3/20
tarix30.12.2023
ölçüsü101,23 Kb.
#166533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasinin-www.hozir.org

I bob. Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari
1. Antennalarning yaratilishi va ularning ahamiyati
Antenna texnikasining rivojlanishi radioning butun taraqqiyoti mobaynida antenna qurilmalari nazariyasi rivojlanishi bilan bog’liq bo'lgan. Genrih Gersning elektromagnit to'lqinlarning mavjudligini amaliy isboti bo'yicha dastlaki ishi uning o'zi tomonidan dipolni nurlatishi bo'yicha nazariy izlanishlar bilan to'ldirildi. A.S.Popovning (1859-1906 y.) radioni kashf etishdagi asosiy elementlaridan biri bu qabul qilish antennasidir. Aynan, Gersning tebratgichli antennasini va qabul qilish konturini o'zaro bog’lash A.S.Popovga radioaloqa liniyasining uzunligini oshirishga, laboratoriyadan tashqariga chiqishiga va bu bilan radiotexnika va radiotelegrafiyaga texnikaning yangi sohasi sifatida asos solinishiga turtki bo'ldi.
Antenna qurilmalari texnikasi radio kashf etilishidan boshlab ulkan va murakkab yo'lni bosib o'tdi. Yangi to'lqin dipazonlarining o'zlashtirilishi, radiotexnika yangi turlarining qo'llanilishi eskilarining zamonaviylashishiga va tarkiban yangi antenna qurilmalari kelib chiqishiga olib keldi.
Antenna qurilmalarining rivojlanish tarixini ko'rib chiqishda, uni har biri radiotexnika, shu bilan birga antenna texnikasi rivojlanishining biror asosiy yo'nalishi bilan tavsiflanuvchi alohida davrlarga bo'lish mumkin bo'ladi. Bunday davrlarga bo'lish, ayniqsa har bir bosqichning xronologik chegarasi faqat tahminiy harakterga egadir. [15]
Birinchi davr - tayyorgarlik davri (XIX yuz yillik). Radio ixtiro etilishiga sabab bo'lgan elektr magnetizm sohasidagi tadqiqot ishlari Maykl Faradey (1791-1867 yillar), Jems Klark Maksvell (1851-1879 yillar) va Genrih Gers(1857-1894 yillar) genial ishlari tufayli mumkin bo'ldi. Ularni, hozirgi kunda bir qismi antenna nazariyasi va tehnikasi hisoblanadigan elektrodinamikaning asoschilari deyishga haqlimiz.
M. Faradeyning fizika va kimyoning turli sohalarini qamrab oladigan ishlaridan elektr magnit induksiyasi qonuni (1851 yil) ochilishini, «dielektrik o'tkazuvchanlik» joriy etilishi, paramagnetizm va diamagnetizm ochilishi, elektr va magnit kuch liniyalari to'g’risidagi tasavvur joriy etilishini ta'kidlab o'tamiz.
D. Maksvellning (1875 yil) mashhur «Elektr va magnetizm to'g’risidagi traktat»i uning ancha oldingi ishlari bilan birga Faradeyning kuch liniyalarining ko'rinishini matematik shaklda aks ettirdi hamda optika va elektrodinamika o'rtasidagi bog’lanishni o'rnatdi. Maksvell tenglamasi, bir muncha o'zgargan shaklda, hozirgacha elektrodinamikaning nazariy asosi bo'lib hisoblanadi.
G.Gers ilmiy faoliyatining asosiy yo'nalishi - Maksvell nazariyasini tekshirish hisoblanadi. «Maksvell nazariyasiga asosan ko'rib chiqiladigan elektr tebranishlar kuchlari» ishida (1888 yil) hozirgi kunda Gers vektori metodi deb nomlanadigan harakterli echim metodi qo'llaniladi, va Gers dipolining kuchli liniyalari ko'rinishi keltiriladi. Uning elektromagnit to'lqinlarni o'rganish bo'yicha eksperimental ishlari radio ihtiro qilinishining boshlanishi bo'lib hisoblanadi.

Yüklə 101,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə