I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 101,23 Kb.
səhifə4/20
tarix30.12.2023
ölçüsü101,23 Kb.
#166533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasinin-www.hozir.org

Ikkinchi davr - radiotehnika rivojlanishining boshlanishi, uzun va o'rta to'lqinlar uchun antennaning rivojlanishi (1895-1924 yillar). Yuqorida keltirilganidek, ochiq Еrga ulangan antenna uning ihtirosi elementlaridan biri bo'lib A.S. Popov birinchi qabul qilish va uzatish qurilmalari sxemasiga kirgan hisoblangan.
Gers tajribalarida tebranish konturi bir vaqtning o'zida elektromagnit to'lqin nurlatgichlari hisoblansa, Popovning sxemalarida antenna radioqurilmalarning alohida elementi bo'ladi. Uchqun razryadlagichlar bilan generasiyalanadigan ultra qisqa to'lqinli (UQT) tebranishlardan mashina generatorlari hosil bo'ladigan uzun to'lqinlarga o'tish antenna tehnikasini noqulay holatga qo'ydi, chunki bu to'lqinlarda nurlanish samaradorligi juda past edi. Radiotelegraf qo'llanishining dastlabki yillarida antenna samaradorligini oshirish uchun uning balandligini oshirish kerakligi aniqlandi. U vaqtlarda antennani machta balandligigacha ko'tarishgan, ba'zida varrak yoki havo shariga osib qo'yishgan. O'zatkich quvvatini oshirish, bu bilan bog’liq holda antennada toj hosil qilishga olib keladigan tok va kuchlanishni oshirish bittalik simni parallel yoki tarqoqlanadigan simlar tizimiga almashtirishga olib keldi. Masalan, 1901 yili Atlantika okeani orqali aloqanio'rnatgan, Markoni quvvatli radiostansiya antennasi, to'rtta machta bilan ushlab turiladigan elpig’ichsimon tarqoqlangan simlardan iborat, ag’darib qo'yilgan to'rt qirrali piramida ko'rinishini oldi. Antenna samaradorligini oshirish va vertikal simlarning miqdorini kamaytirish uchun, ularga o'zi nurlatmasdan antennaning vertikal qismi bo'ylab tok taqsimlanishini yahshilaydigan gorizontal simlar qo'shila boshlandi. Bu uzatuvchi qurilmalar quvvatini oshirish imkonini berdi. Gorizontal qismli antennalarga T- va G-simon, shuningdek, hozirgi vaqtgacha saqlanib qolingan zontli antennalar kiradi. Shu davrda ko'pgina o'ramlardan tarkib topgan ramkasimon antennalar keng qo'llanila boshlandi, bu antennalar yo'naltirilgan qabulni amalga oshirish imkonini berdi.
Uzun to'lqinli antennalar nurlanishining samaradorligi (nurlanishning kichik qarshiligi) kamligi sababli, Еrga ulashdagi yo'qotishlar quvvati nurlanish quvvatini ko'p marta oshirdi, bu antenna inshootining foydali ishlash koeffisienti qiymati (FIK) juda past bo'lishiga olib keldi. Shuning uchun, o'tgan asrning 20-yillaridan boshlab, Еrga ulashda yo'qotishlarni kamaytirish bo'yicha jadal ishlar olib borildi. Katta maydon yoki keng rivojlangan posangi bo'ylab taqsimlangan, Еr ustida joylashgan Еrga ulanishni qo'llash yo'qotish qarshiligini birgacha yoki Ω ulushigacha kamaytirish va antennaning FIK 10 …30% gacha oshirish imkonini berdi. Amerikalik muxandis Aleksandersen tomonidan taklif qilingan va 1920 yilda qurilgan antenna FIK anchagina oshishiga olib keldi. U uzun gorizontal qismdan va har biri o'zining Еrga ulanishiga ega bo'lgan bir nechta vertikal pasayishlardan iborat. Antennaning vertikal qismlarining o'zaro ta'sir etishi N pasayishlarda nurlanishning umumiy qarshiligi N2 martagacha oshishiga olib
keladi.
Mamlakatimizda A.S. Popovdan keyin antenna nazariyasi va uni qurish bilan L.I. Mandelshtam va N.D. Papaleksi shug’ulanishdi. Abragam yahshi qaytaradigan Еrning vibratorning ikkinchi yarmiga ta'sirini almashtirib, nurlanuvchi dipol nazariyasini nosimmetrik antennaga qo'lladi. Ryudenberg tomonidan to'lqin uzunligiga nisbatan qisqa bo'lgan antenna nurlanishining qarshiligini aniqlash formulasi olindi. Vander-Pol ohirida ihtiyoriy yuklamaliantenna uchun, undagi tokni sinusoidal taqsimlangan, nurlanish qarshiligi kattaligini topdi.
MDH mamlakatlarida antenna tehnikasi umuman, radiotexnika 1917 yildan keyin jadal rivojlana boshlandi. 1918 yilning sentyabr oyida «Simsiz telegrafiya va telefoniya» ilmiy-texnika jurnalining birinchi soni chiqdi, unda antenna nazariyasi va hisoblash bo'yicha original maqolalar bosildi.
Antennalar rivojlanishi ushbu bosqichining ajoyib yakuni sifatida 1922 -1924 yillarda M.V.Shuleykin (1884 - 1939) tomonidan antenna inshootlarining o'sha vaqtlardagi nomlanishi bo'lgan radiotarmoqlar bo'yicha oliy ta'lim kurslarining tuzilishi hisoblanadi. Bu kursda xorijiy olimlardan ancha oldin antenna va yerga ulanishlarning asosiy formulalari va muxandislik hisoblash metodikasi berilgan.

Yüklə 101,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə