I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 101,23 Kb.
səhifə5/20
tarix30.12.2023
ölçüsü101,23 Kb.
#166533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasinin-www.hozir.org

Uchinchi davr - qisqa to'lqinli antennalarning rivojlanish davri (1925-1935 yillar). 20-yillarning o'rtalarida qisqa to'lqinlar katta masofalarni uzun to'lqinlarga nisbatan yahshi qoplashligi aniqlandi. Yo'naltirilgan antennalari bo'lgan quvvatli qisqa to'lqinli radiostansiyalarni qurish radioaloqada keskin burilish bo'ldi, chunki qisqa to'lqinlarda harakatlanishning amalda cheklanmagan uzoqligidan tashqari, tez harakatlanuvchi telegrafiyaning bir nechta kanallari uzatilishini ta'minlaydigan ahamiyatli chastotalar polosasini olish mumkin. qisqa to'lqinlar (QT) antenna tehnikasi uchun ham katta imkoniyatlarni ochib berdi. Agar uzun to'lqinlarda antenna balandligi to'lqinning uzunlik ulushini tashkil qilgan va antenna bir tipga taaluqli-uchida sig’imli yuklama bo'lgan nosimmetrik tebratgich bo'lgan bo'lsa, qisqa to'lqinlarda bir nechta to'lqin uzunlikdagi o'lchamli murakkab antenna tizimiga erishish mumkin bo'ldi. Qisqa to'lqinli antennaning asosiy elementi yarim to'lqinli tebratgich bo'ldi, bunday tebratgichlardan yuqori yo'nalganlikni ta'minlaydigan katta antenna polotnosi qurilgan.
Tezda Ionosfera holatining o'zgarishidagi davriylik va shu sababli QT magistrallarida to'lqin almashishi zarurligi aniqlandi. Bu bir nechta chastotalarda ishlaydigan yoki muhim diapazonni qamrab oladigan yo'nalgan antennalar qurilishiga turtki berdi, bularning ichida eng ko'p tarqalgani rombik antenna bo'ldi.
Ta'sirlangan (induksiyalangan) EYUK metodi ko'plab tebratgichlardan tarkib topgan murakkab antenna tizimlarni hisoblash uchun nazariy asos bo'lib hisoblangan. Ushbu metod 1922 yili, bir-biriga bog’liq bo'lmagan holda D.A. Rojanskiy va L. Brilluen tomonidan taklif qilingan edi, biroq amaliy qo'llanishi 1928 yildan, I.G. Klyaskin va A.A. Pistolkors ishlaridan keyin amalga oshirildi. Bu metod mohiyatan, yahshi ma'lum bo'lgan bog’langan konturlar va uzun liniyalar nazariyasini ko'p tebratgichli antennalarga tadbiq qilish imkonini berdi.
1955 yilga kelib, qisqa to'lqinli antennalar tehnikasi rivojlanishining birinchi davri yakunlandi. Dunyoning barcha mamlakatlarida foydalaniladigan murakkab qabul qilish-uzatish antennalari chegaraviy yo'l qo'yilganga yaqin yo'nalganlikni beradi. Bu davr o'rta to'lqinlarda radioeshittirishning keng rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Eshittirish antennalarini qurishda asosiy g’oyalar uzun to'lqinli (UT) va o'rta to'lqinli (O'T) diapazonlarining bog’liq antennalari tehnikasidan o'zlashtirilgan, bunda quvvat va chastotalar polosasining oshishi, shuningdek antennaga antifedingli hususiyat berilishi bilan bog’liq bo'lgan bir qator o'ziga hos vazifalarni hal etishga to'g’ri keldi. To'lqin uzunligi yarmidan oshadigan elektr uzunlikdagi yuqori machta va minora ko'rinishidagi antennalar ko'p tarqaldi.

Yüklə 101,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə