I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 101,23 Kb.
səhifə14/20
tarix30.12.2023
ölçüsü101,23 Kb.
#166533
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasinin-www.hozir.org

Foydalanish kontrolleri. Foydalanish kontrollerlari, odatda, tarmoqning o'tkazuvchi qismida, foydalanish nuqtasi va tarmoqning himoyalanish qismi orasida joylashgan apparat uzeli hisoblanadi. Foydalanish kontrollerlari ochiq
simsiz tarmoq va muhim resurslar orasida trafikni tartibga solish maqsadida foydalanish nuqtalarini markazlashtirilgan nazoratini ta'minlaydi. Ba'zi hollarda foydalanishni boshqarish vazifasini foydalanish nuqtasi bajaradi.
Foydalanish kontrollerlari keng qo'llaniladi. Umumfoydalanuvchi simsiz lokal tarmoqda, foydalanish kontrolleri foydalanuvchilarni autentifikasiyalash va avtorizasiyalash bilan Internetdan foydalanishni tartibga soladi.
Ulanish o'rnatilishini ta'minlovchi ilovalarning dasturiy ta'minoti. Internet dan va elektron pochtadan simsiz tarmoq orqali, odatda, oson foydalaniladi. Buning uchun mijoz qurilmasida brauzer va elektron pochta dasturi o'rnatilishi lozim. Foydalanuvchilar vaqti-vaqti bilan simsiz ulanishdan mahrum bo'lishlari mumkin, ammo nisbatan murakkab bo'lmagan ilovalarni bajarishda ishlatiluvchi protokollar etarlicha barqaror hisoblanadi.
Ammo, bunday oddiy ilovalar bilan bir qatorda mahsus, yanada murakkab ilovalar ishlashini ta'minlovchi dasturiy ta'minot zarur. Quyida ulanishni ta'minlovchi ilovalarning asosiylari keltirilgan.
Terminal emulyatori (therminal emulation). Terminal emulyatorining dasturiy ta'minoti kompyuter qurilmasida bajarilib, uni foydalanuvchini nisbatan sodda interfeys bilan ta'minlashga imkon beruvchi terminal kabi ishlashga majbur etadi. Bu sodda interfeys foydalanuvchiga boshqa kompyuterda bajariluvchi ilovalar bilan o'zaro aloqa qilishga imkon beradi.
Ma'lumotlar bazasi bilan to'g’ridan-to'g’ri ulanish (direct database connectivity). Ma'lumotlar bazasi bilan to'g’ridan-to'g’ri ulanishda (ba'zida mijoz-server tehnologiyasi deb ataladi) ilova foydalanuvchi kompyuterida bajariladi. Bunday konfigurasiyada ohirgi foydalanuvchi qurilmasidagi dasturiy ta'minot ilovaga yuklangan barcha vazifalarni bajaradi va, odatda, markaziy serverda joylashgan ma'lumotlar bazasi bilan o'zaro aloqada bo'ladi.

Yüklə 101,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə