I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasining rivojlanish bosqichlari


III. MIMO texnologiyasini tahlil va tadqiq qilish



Yüklə 101,23 Kb.
səhifə16/20
tarix30.12.2023
ölçüsü101,23 Kb.
#166533
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
I bob Antenna qurilmalari texnikasi yaratilishi va nazariyasinin-www.hozir.org

III. MIMO texnologiyasini tahlil va tadqiq qilish
1. MIMO texnologiyasi haqida umumiy ma’lumot.
MIMO (inglizchada Multiple Input Multiple Output) – bu ko’p kirish va ko’p chiqishga ega bo’lgan texnologiyadir. Bu texnologiya signalni fazoviy kodlashtirish prinsipiga asoslangan. Signalni uzatish va qabul qilish N uzatuvchi va M qabul qiluvchi antennalar hisobiga amalga oshiriladi. Shuning hisobiga kanal o’tkazish qobiliyati kengayadi. MIMO tenologiyasining umumiy strukturasi 3.1-rasmda ko’rsatilgan.
Endi esa MIMO tenologiyasining tarixiga to’xtalib o’tsak. MIMO tenologiyasini ishlatish bo’yicha birinchi patentni, Bell Laboratories kompaniyasining xodimi Djek Vinter (Jack Winters) 1984 yil olgan. Djek Vinterning tadqiqotlarini davom etkazgan holda Bell Laboratories kompaniyasining yana bir xodimi Jek Salz (Jack Salz) 1985 yili MIMO tenologiyasi haqida birinchi maqolani yozdi va chop ettirdi. MIMO tenologiyasining ishlashi va rivoji uchun Bell Laboratories va boshqa kompaniyalarning xodimlari 1995 yilgacha ish olib borishdi. 1996 yil Greg Raley (Greg Raleigh) va Djeral Dj. Foshinilar MIMO tenologiyasining mukammallashgan variantini ishlab chiqishdi. Ya’ni Greg Raley MIMO tenologiyasiga OFDM (Orthogonal Frequency Division Multiplexing – ortogonal tashuvchilar yordamida multipleksorlash) multipleksorlashni tadbiq qilgan birinch inson hisoblanadi va Airgo Networks kompaniyasi homiyligida MIMO-chiptarmoq yaratdi. [6]
MIMO tenologiyasi ustida tinimsiz olib borilgan ishlar natijasida, signallarni kodlashtirishning bir necha usullari paydo bo’ldi. Ular qo’yidagilar: fazo-vaqt, fazo-chastota va fazo-polyarizatsiya kodlash usullari. Oddiy MIMO antennalari ikkita nesimmetrik antenna (vibrator)dan iboratdir. Bu ikki antenna bir-biridan ±45° burchak ostida joylashtirilgan.

Bunday burchak polyrizatsiyada ikki kanal ham bir xildir. Bu esa har xil polyarizasiyada ma’lumot uzatilishini ta’minlaydi va kanallar o’tkazish qobiliyati oshiradi. Umuman olganda 2 xil polyarizatsiyada nurlatadigan barcha nurlatgichlarni MIMO texnologiyasi desak adashmaymiz.


MIMO texnologiyasi simsiz tarmoqlardan IEEE 802.11n (Elektronika va
Elektrotehnika Injenerlari Instituti (Institute of Electrical and Electronic Engineers)) standartida, ya’ni WI-FI tarmoqlarida, mobil aloqada esa WiMAX , va LTE tarmoqlarida ko’proq ishlatilmoqda. [20]

Yüklə 101,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə