Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari. Reja: Autentifikatsiya va shifrlash jarayonlari. Simsiz tarmoqlarni himoya qilish usullari



Yüklə 444,2 Kb.
səhifə1/6
tarix26.01.2023
ölçüsü444,2 Kb.
#99373
  1   2   3   4   5   6
Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari. Reja Autentifikatsiy


SIMSIZ TARMOQLAR XAVFSIZLIGI PROTOKOLLARI.
REJA:
1. Autentifikatsiya va shifrlash jarayonlari.
2. Simsiz tarmoqlarni himoya qilish usullari.
3. Simsiz tarmoq xavfsizligi protokollari va ularning qulayliklari.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Simsiz aloqa tarmoqlari bundan mustasno emas, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘pgina muzokarali qarashlar gobal tarmoq orqali keng tarqalmoqda. Qanday qilib, tarmog‘ingiz xavfsizligini yuqori darajaga ko‘tarish mumkin?


Har qanday tarmoq kirish nuqtasi va simsiz mijoz aloqasi quyidagicha qurilgan:
Autentifikatsiya — mijoz va kirish nuqtasi bir — birlariga qanday tanishtirilishi va o‘zaro aloqa qilishga huquqini tasdiqlaydi;
Shifrlash — uzatiluvchi ma’lumotlarda qanday shifrlash algoritmlari qo‘llanilishi, qanday qilib shifrlash kaliti shakllantirilishi va u qachon o‘zgartirilishi.
Simsiz aloqa tarmog‘i ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda uning nomi, tarmoq paketlari yordamida bog‘lanish nuqtasi bilan doim aloqada bo‘ladi. Kutilgan xavfsizlik sozlamalaridan tashqari, xohishga ko‘ra bir necha ko‘rsatkichlar uzatilishi mumkin: QoS (xizmat ko‘rsatish sifati) va 802.11n (simsiz aloqa standarti) ma’lumot almashish tezligi hamda boshqa qo‘shnilar haqida axborot beradi. Autentifikatsiya mijozni kirish nuqtasiga o‘zini tanishtirishni aniqlab beradi.
Yuz berishi mumkin bo‘lgan variantlar:
Openochiq tarmoq, barcha ulanuvchi qurilmalar oldindan avtorizatsiya qilingan;
Shared — ulanuvchi qurilma haqiqiyligi kalit yoki parol bilan tekshirilishi lozim;
EAP — ulanuvchi qurilma haqiqiyligi tashqi server EAP protokoli bilan tekshirilishi lozim.
Tarmoqning ochiqligi istalgan kishi unda xohlagan ishini qilishi mumkin degani emas. Bunday tarmoqda ma’lumot uzatish uchun qo‘llanilayotgan shifrlash algoritmining mos kelishi va unga mos ravishda to‘g‘ri shifrlangan ulanish o‘rnatilishi zarur.



Yüklə 444,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə