I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari


Bolalarni boshlang‘ich ta’limga to‘lovsiz majburiy bir yillik



Yüklə 201,35 Kb.
səhifə19/21
tarix16.05.2023
ölçüsü201,35 Kb.
#110630
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
ILM YO\'LI

9.2. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga to‘lovsiz majburiy bir yillik
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlar ishiga oilalarni jalb qilishning foydaliligi Ota-onalarning MTM faoliyatiga jalb etilishi bolalarga ham, ota-onalarga ham, MTT ham foyda keltiradi. Muloqot, o’zaro hurmat, turfaxillikni, bola manfaatlarining muhimligini e‘tirof etish samarali hamkorlikka asos bo’lib xizmat qiladi. Samarali hamkorlik shakllantirilishi uchun pedagoglar va ota-onalar o’zlarida yangi ko’nikma va bilimlarni rivojlantirishlari kerak.
Pedagog uchun oila shunchaki ta‘sir ob‘yekti sifatida xizmat qilmasligi kerak, bolalarni boshlang’ich ta‘limga majburiy bir yillik tayyorlash guruh pedagoglari bola uchun oila uning shaxs sifatida shakllanishini belgilab beradigan zarur muhit ekanini o’zlari ham tushunishlari, ota-onalarga ham tushuntirib berishlari zarur. Shuning uchun ota-onalarning pedagogik jarayon doirasiga jalb etilishi, ularning faol ishtiroki pedagog shunday bo’lishini xohlashi uchun emas, bu o’z bolasining rivojlanishi uchun muhim bo’lgani uchun kerakdir.
9.3. Hamkorlik imkoniyatlari
Oila a‘zolarinig bolalarni boshlang’ich ta‘limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlar faoliyatida ishtirok etishi uchun turlicha imkoniyatlar yaratiladi:
 Ota-onalar uchun qulay vaqtda oilalarga tashrifini rejalashtirish pedagogga
bolalar va ota-onalar bilan ular uchun odatiy vaziyatda tanishish imkonini beradi;
 Ota-onalarga bolalarining qanday ishlayotgani va o’ynayotganini ko’rish uchun istagan paytda guruhga tashrif buyurishiga imkon berish;
 Ota-onalarni guruhda bolalar bilan birgalikda shug’ullanish uchun taklif etish, ma‘lumot almashish tarzida pedagog tomonidan taqdim etiladigan bolalar portfeolari haqida o’z fikr-mulohazalarni bildirish;
 Ota-onalar pedagoglarga qandaydir oilaviy voqealar – tug’ilgan kunlar, yangi ish, qarindosh yoki qo’shni shaharga tashrib buyurish haqida xabar bergan hollarda ushbu voqealarni guruhdagi bolalar bilan muhokama qilish;
 Bolalar bilan to’laqonli muloqot tajribasi bilan o’rtoqlashish imkoniyatini yaratadigan mavzular bo’yicha ko’rgazmalar;
 Bolaning milliy va mintaqaviy madaniyatni o’rganishga mo’ljallangan muzeylarga birgalikda tashrif buyurish;
 Ota-onalar bilan birgalikda bayram tadbirlari, bolalar ishlariko’rgazmalarini tashkil etish.
Pedagoglar va ota-onalarning birgalikdagi faoliyati va o’zaro muloqoti uchun ko’plab rangbarang imkoniyatlarning mavjudligi har bir oilaning xususiy manfaatlari va xohish-istaklariga mos keladigan hamkorlik shakllarni ishlab chiqishga imkon beradi

Yüklə 201,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə