I bob. Ko’rsatmalarni voqea joyida tekshirish



Yüklə 84,29 Kb.
səhifə2/2
tarix18.04.2023
ölçüsü84,29 Kb.
#106104
1   2
yuridik psixologiya kursovaya

Kurs ishining vazifasi: Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish jarayonida tergovchi shaxsining psixologik xususiyatlarini o'rganish.
Tergovchi shaxsidan ekspert jamoa tuzishda talab etiladigan qobiliyatlarni keng tadqiq etish.Hodisa joyini ko'zdan kechirish jarayonida ekspertlar guruhiga zarur bo'lgan psixologik omillarning qisqacha tavsifi bilan tanishtirish.
Kurs ishning nazariy ahamiyati: Kurs ishini to’ldirish natijasida tergovchi shaxsidan talab etiladigan psixologik xususiyatlarning hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish jarayoniga ta'siri oydinlashadi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: To’plangan xulosalardan va bildirigan tavsiyalardan foydalanib hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish jarayonida ijobiy samaradorlikka erishish.
Kurs ishida qo’llanilgan metodikalar: kuzatish, suhbat, anketa.
Kurs ishining tuzilishi: 2 ta bob, 4 paragraf, xulosa, tavsiyadan iborat.

I.BOB. KO’RSATMALARNI VOQEA JOYIDA TEKSHIRISH.


1.1.Tergov harakatini ishlab chiqishda psixologik omillarni hisobga olish.
Yuridik psixologiyada voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish ma’lumot to‘plash jarayoni bo‘lib, ularni analiz, sintez qilish orqali zarur ma’lumotlarni yig‘ish demakdir. Yurisprudensiyada voqea sodir bo‘lgan joy – jinoyat, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat yoki hodisa jinoyat alomatlari bor deb qaraladigan joy.Ko‘rsatmalarni joyida tekshirish, ba’zi bir o‘xshashliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, so‘roq qilish, voqea sodir bo‘lgan joyni tekshirish, jinoyatchini tanish uchun ko‘rsatish, tergov eksperimenti kabi tergov harakatlaridan mohiyati jihatidan farq qiladi.
Tergov harakatida jinoyat izining qalbaki ekanligini:
– jinoyat izini ochiq-oydin qoldirib ketishi;
– jinoyat sodir bo‘lgan joyda har xil jinoyat izini qoldirish;
– jinoyat sodir etilgan joyda jinoyat izlari bekitilganining aniq ko‘rinib turishi bilan belgilanadi.
Tergov harakatlarini ishlab chiqishda voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish kengroq maqsadlarga xizmat qiladi.
Birinchidan, so‘roq qilinayotgan shaxs voqea joyida bo‘lgan voqeaning mexanizmini namoyish qilish, voqeani xotirada qayta tiklash, u haqida yanada to‘liq, har tomonlama va obyektiv ko‘rsatmalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish jarayonida tergovchi ko‘rsatmalarini faqat eshitibgina qolmay, balki ularni ifodalovchi harakatlarni bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ko‘rsatilgan buyumlar, bino, yer uchastkalarini tekshirilayotgan ko‘rsatmalarga taqqoslash asosida yaxshiroq tushunib oladi.
Uchinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarning qaytarilishidava natijalarini qayd qilishda faqat aniq shaxsning ko‘rsatuvlariifodalanmay, balki boshqa qatnashchilarning harakatlari, xonadagi buyumlar,izlar shuningdek, real sharoit, vaziyat bilan olingan faktik holatlar hamqayd qilinadi. Shu bilan birga, mazkur tergov harakatini o‘tkazishdaalbatta xolis guvohlarning ishtirok etishi talab qilinadi. Voqea bo‘lganjoyda ko‘rsatmalarni tekshirish jarayonida faqat joyning, binoning, shaxsko‘rsatgan yer maydonlarining o‘zigina tekshiriladi va qayd qilinadi. Agarko‘rsatmada qayd etilgan joy ilgari tekshirilgan bo‘lsa, tekshiruv va tintuvvaqtida narsalarning holati o‘zgartirilgan, hatto ular tergov ishiga qo‘shibqo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar psixologik nuqtainazardan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berishga sharoit yaratadi. Masalan,gumondor shaxs qo‘lidagi pistoletni hojatxonaga tashlab yuborganiniaytsa, tergovchi bu pistoletni hojatxonadan topgan va ishga ilova qilibqo‘ygan bo‘lsa, bu ko‘rsatmaning to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi. Shaxsso‘roq qilib bo‘linganidan keyingina uning ko‘rsatmalarini voqea joyidatekshirish mumkin.
Ko’rsatmalarni voqea joyida tekshirish.
Tergov harakatlarini ishlab chiqishda jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘rishning 7 ta holati mavjud:
1) voqea sodir bo‘lgan joyni umumiy holda ko‘rish;
2) yon-atrofdagi joylarni ko‘rish;
3) xonalarni ko‘rish;
4) predmetlarni ko‘rish;
5) xonadagi hujjatlarni ko‘rish;
6) agar shaxs o‘lgan bo‘lsa, jasadni ichini ko‘rish;
7) pochta, telegraf, xatlarni ko‘rish
Dastlabki tergov harakatlarini ishlab chiqishda tergovchi quyidagi
Uchta asosiy vazifani yechishga harakat qiladi:
1) tergov jarayoniga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish;
2) yig‘ilgan hujjatlarni fikra n tahlil qilish va taxminiy xulosalarga kelish;
3) voqea sodir bo‘lgan joydan yig‘ilgan materiallarni analitik nuqtai nazardan tahlil qilish.Ko‘riladigan ishning samaradorligi va sifatini oshirishda, jinoyatning turini aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati o‘ziga xosdir.Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirishning psixologik funksiyasi ikki manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, so‘roq qilinayotgan shaxsning psixologiyasi va ko‘rsatmalari, ikkinchisi, hodisa joyda olingan haqiqiy axborotdan iboratdir.Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish ilgari berilgan ko‘rsatmalarni mazmunini aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq qilinayotganga beradigan savollari uning psixologik holatiga ta’sir qiladi va obyektlarni aniqlashga imkoniyat yaratadi, so‘roqdagi shaxsning yolg‘on gapirishiga yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni oydinlashtiradi.
Ko‘rsatmalarni hodisa joyoda tekshirishdan maqsad
Ko’rsatmalarni hodisa joyida tekshirishdan maqsad.
Oldindan berilgan faktlarni tekshirish va aniqlash.
Ko’rsatmalardagi ziddiyatlarni toppish soxta ko’rsatmalarni fosh etish.
Jinoyatni keltirib chiqaradigan sabablar va sharoitni aniqlash.
Yangi dallilarni topish
Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi. Voqea joyini ko‘zdan kechirish moddiy obyektlar, ularning belgilari hamda hodisani tergov qilish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan, u yuz bergan va izlari topilgan makondagi o‘zaro aloqalarni aniqlash hamda bevosita tadqiq etishdir. Voqea joyini ko‘zdan kechirish yuz bergan jinoiy hodisa haqidagi ma’lumotlarni, jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchunahamiyatga ega masalalarni hal qilishda faol, maqsadli idrok etish, tahlil qilish va olingan axborotni sintezlash sifatida ta’riflanadi. Tergovchining voqea joyini ko‘zdan kechirish chog‘idagi faoliyatini, shuningdek, har xil ma’lumotlarni qidirib topish va ishlatish hamda protsessual jihatdan qayd etish orqali jinoiy voqeaning fikriy modelini tuzish jarayoni sifatida ham ta’riflash mumkin. Har bir jinoyat moddiy vaziyatda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi va odamlarning ongida o‘z aksini topadi. Voqea joyidagi vaziyatning o‘zgarishi aniqlanishi, qayd etilishi, tekshirilishi va dalil sifatida foydalanishi mumkin. Voqea joyini ko‘zdan kechirish odatda birlamchi tergov harakatlariga kiradi, shaxsga qarshi o‘ta xavfli jinoyatlarga doir ishlarning aksariyati esa voqea joyini ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Bunda ishning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ko‘p jihatdan to‘g‘ri tusmolning ilgari surilishiga bog‘liq. Boshqa tomondan, u ko‘p hollarda tergovning borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uni noto‘g‘ri yo‘ldan ketishiga yoki boshi berk ko‘chaga kirishiga olib keladi.
Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekto`zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o`z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o`tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan.Psixikaning asosiy vazifalari – aks ettirish – faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir.
Uning namoyon bo`lish shakllari va ularning o`zaro bog`liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo`nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya–psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko`rinishlarini o`rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha «psixologos» so`zidan olingan bo`lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o`rniga «psixika» atamasini qo`llash qabul qilingan.
Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko`lamga ega bo`lib, inson ruhiyatining ham ko`zga ko`rinuvchi, ham ko`zga ko`rinmas tomonlarini o`zida aks ettiradi. Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi
(Obyekt – kishilarning diqqatini o`ziga tortadigan moddiyva ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o`rganiladigan masalalar). Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik psixologiya, zoopsixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiya, savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo`linadi.
1.2.Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish jinoyat izlarini, boshqa ashyoviy dalillarni topish, voqea holatlarini, shuningdek, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladigan mustaqil tergov harakati hisoblanadi. Shu bilan birga, ko‘zdan kechirish boshqa tergov harakatlari – ushlab turish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish, tergov eksperimenti, ko‘rsatmalarni voqea joyida tekshirish kabilarning tarkibiy qismi bo‘lishi ham mumkin
1. Voqea joyini ko‘zdan kechirish almashtirib bo‘lmas tergov harakati hisoblanadi, chunki ko‘zdan kechirish chog‘ida olinadigan ma’lumotni aksariyat hollarda boshqa joydan topish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish orqali olish mumkin bo‘lmaydi. Masalan, jinoyatchining oyoq va qo‘l izlari, uning buzish qurolini qo‘llash usullari ana shularga misol bo‘la. Tergovchi voqea joyidagi obyektlarni o‘rganish jarayonida bilishning tergov yo‘nalishini belgilash va voqealarning haqiqiy xususiyatini aniqlash imkonini beradigan faktlar va holatlarni topishga qaratilgan turli xil shakl va usullaridan foydalanadi
2. Voqea joyidagi holatni idrok etish tergovchiga hodisaning manzarasini tasavvur qilish imkonini beradi, tusmollarni ilgari surish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish uchun zarur empirik baza yaratadi. Albatta, hech qanday hujjat tahlili, bayonnomalar, chizmalar, fotosuratlar bevosita ko‘rishning o‘rnini bosa olmaydi, ana shuning uchun ham avvalgi yillarda sodir etilgan va ochilmagan jinoyatlar ishlash uchun qabul qilinganida, vaziyat katta o‘zgarishlarga uchragan hollarda ham, har holda voqea joyida bo‘lish va u bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovning boshlang‘ich bosqichiga xos bo‘lgan noaniq tergov vaziyati sharoitida o‘tkaziladi. Bunda nima yuz bergani, ya’ni jinoyat, baxtsiz hodisa, uyushtirilgan voqea, agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, u qanday jinoyat, uni kim va nima uchun sodir etishi mumkinligi aniqlanadi. Ko‘zdan kechirish tergov harakatining o‘ziga xosligini uning kechiktirib bo‘lmas xususiyatga egaligi ham tashkil etadi. Aksariyat boshqa dastlabki tergov harakatlaridan farqli ravishda voqea joyini ko‘zdan kechirish zudlik bilan o‘tkazilishi kerak. Har qanday kechikish vaziyatning o‘zgarishiga, iz va dalillar yo‘qolishiga, voqea shohidlari va guvohlari ish uchun muhim holatlarni unutishiga olib kelishi mumkin.Bunday sharoitda tergovchida ko‘zdan kechirishga, uning taktikasini o‘ylab ko‘rishga, maslahat olishiga yetarli vaqt bo‘lmaydi. U juda tez harakat qilish kerak, aks holda yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatish qiyin kechadi, bu dalillar o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas darajada yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bularning bari tergovchida yuqori darajadagi mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi, yosh, yetarli tajribaga ega bo‘lmagan xodimlarda esa ko‘pincha «xato qilishdan qo‘rqish» deb atash mumkin bo‘lgan o‘ziga xos holat yuzaga keladi. Bu ortiqcha hayajonlanish, o‘zini yo‘qotish, shoshma-shosharlik, oqilona faollikning, maqsadga muvofiqlikning pasayishida namoyon bo‘ladi, aniq fikriy faoliyat yurita olmaslikka,
Ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlarini to‘g‘ri boshqarishda qobiliyatsizlikka olib keladi. Ayni vaqtda shu narsa yaxshi ma’lumki, malakali tergovchilar xuddi shunday murakkab vaziyatda nafaqat tez, balki maqsadga yo‘naltirilgan tarzda, butun diqqat-e’tiborini jamlagan holda harakat qiladilar. Ularning kuzatuvchanligi, fikriy faoliyati kuchayadi, ular ko‘zdan kechirishning borishiga mohirlik bilan rahbarlik qiladilar.Umuman olganda, bunday tergovchilarda barcha ma’naviy va jismoniykuchlar safarbar etiladi.
Voqea joyiga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida tergovchining bo‘lg‘usi faoliyatga ruhiy jihatdan tayyorlanish zarurati yuzaga keladi. U voqeaning xususiyatiga qarab o‘z harakatlarining umumiy tartibini modellashtiradi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘nalishni shakllantiradi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining qarashlari psixologik jihatdan mos kelishi ham alohida ahamiyatga ega. Tergovchi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lsa-da, shaxslararo munosabatlarning psixologik jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Uning ko‘zdan kechirish ishtirokchilari bilan ish yuzasidan xushmuomala munosabatda bo‘lishi bir guruh shaxslar ishtirok etadigan voqea joyini ko‘zdan kechirishni muvaffaqiyatli o‘tkazishning muhim shartidir.
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
E’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g`ayrat sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo`lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek,to`siqlar mavjud bo`lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo`ladi.
Hosil bo`lish xususiyati va amal qilish usullariga ko`ra diqqatning uchta asosiy turi mavjud:
Ixtiyorsiz diqqat;
Ixtiyoriy diqqat;
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat
Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo`ladi va qo`llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo`lishi jismoniy, psixofiziologik va psixikomillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo`lgan qo`zg`atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo`zg`aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqlibo`lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynidato`planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo`nalganligiga ham bog`liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo`ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o`z oldiga ma’lumbirvazifa qo`yganva harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo`lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo`naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to`planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatlibo`lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyonbo`ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o`tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Puxta ishlangan dastlabki ruhiy, tashkiliy va texnikaviy tayyorgarlik voqea joyini ko‘zdan kechirish muvaffaqiyatli o‘tishining garovidir. Voqea joyini ko‘zdan kechirish boshlanishidan avval tergovchi tashkiliy ishlarni (tezkor guruhni tanlab olish, ilmiy-texnikaviy vositalarni tayyorlash va tekshirish, mutaxassislarni taklif etish, voqea joyini qo‘riqlash kabilarni) amalga oshirishi kerak. Tezkor guruh a’zolarining o‘zvazifalarini yaxshi bilishi, bir-birlari bilan aniq hamkorlik qilishi katta ahamiyatga ega. Tezkor guruhni tashkil qilishda ishtirokchilarining kasbiy mahorati va hayotiy tajribasini uyg‘unlashtirishning, o‘zaro psixologik mos kelishining (birga ishlashga, o‘zaro yordam berishga, har qanday vaziyatda og‘ir bo‘lishga, xayrixohlik, o‘zini tutish, o‘zaro hurmatni saqlab qolishga tayyorlik, yuzaga kelgan nizolarni tez bartaraf eta olishning) maqsadga muvofiqligini yodda tutish zarur. Voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovchi oshkora, boshqa odamlar hozirligida harakat qiladigan kam sonli tergov harakatlari qatoriga kiradi.Bu ham muayyan ruhiy tayyorgarlikni, jumladan fikrni jamlay olish,og‘ir-vazmin bo‘lish, diqqatni jamlash va zarur bo‘lganida boshqa narsaga ko‘chira olish, ayni vaqtda voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlariga rahbarlik qilish, zarur intizomni, hamkorlik muhitini saqlash mahoratini talab qiladi. Voqea joyini ko‘zdan kechirish – tergovchi, surishtiruv organining xodimi, mutaxassislar va shohidlardan iborat bo‘lgan hamda tergovchi rahbarlik qiladigan murakkab kompleks faoliyat turidir. Tergovchining faoliyati bir qator operatsiyalardan tashkil topadi hamda bilish, izlash, tashkil qilish va ishonch hosil qilish elementlarida amalga oshadi1. Ularni qisqacha tavsiflab o‘tamiz.
Faoliyatning bilish elementi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– vaziyatni, faktlar va hodisalarni idrok etish;
– ular o‘rtasidagi sababiy aloqani aniqlash;
– taxminlar, tusmollarni ilgari surish.
Faoliyatning izlov elementi – jinoyatchining harakatlari tufayli kelib chiqqan o‘zgarishlarni izlash va topish; izlar, ashyoviy dalillarni olish. Tashkiliy element ko‘zdan kechirish vaqtida tezkor guruhga rahbarlik qilish harakatlarini (voqea joyining qo‘riqlanishini tashkil qilish, jabrlanuvchiga ko‘maklashish, vazifalarni ko‘zdan kechirish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash kabilarni) o‘z ichiga oladi.
I BOB YUZASIDAN XULOSA
Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi. Voqea joyini ko‘zdan kechirish moddiy obyektlar, ularning belgilari hamda hodisani tergov qilish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan, u yuz bergan va izlari topilgan makondagi o‘zaro aloqalarni aniqlash hamda bevosita tadqiq etishdir. Voqea joyini ko‘zdan kechirish yuz bergan jinoiy hodisa haqidagi ma’lumotlarni, jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchunahamiyatga ega masalalarni hal qilishda faol, maqsadli idrok etish, tahlil qilish va olingan axborotni sintezlash sifatida ta’riflanadi. Tergovchining voqea joyini ko‘zdan kechirish chog‘idagi faoliyatini, shuningdek, har xil ma’lumotlarni qidirib topish va ishlatish hamda protsessual jihatdan qayd etish orqali jinoiy voqeaning fikriy modelini tuzish jarayoni sifatida ham ta’riflash mumkin. Har bir jinoyat moddiy vaziyatda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi va odamlarning ongida o‘z aksini topadi. Voqea joyidagi vaziyatning o‘zgarishi aniqlanishi, qayd etilishi, tekshirilishi va dalil sifatida foydalanishi mumkin. Voqea joyini ko‘zdan kechirish odatda birlamchi tergov harakatlariga kiradi, shaxsga qarshi o‘ta xavfli jinoyatlarga doir ishlarning aksariyati esa voqea joyini ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Bunda ishning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ko‘p jihatdan to‘g‘ri tusmolning ilgari surilishiga bog‘liq. Boshqa tomondan, u ko‘p hollarda tergovning borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uni noto‘g‘ri yo‘ldan ketishiga yoki boshi berk ko‘chaga kirishiga olib keladi.

II. BOB. HODISA SODIR BO'LGAN JOYNI KO'ZDAN KECHIRISHNING UMUMIY QOIDALARI


2.1. Hodisa joyini kozdan kechirishga tayyorgarlik korish va otkazish taktikasi
Jinoyatni ochish va jinoyatchilarni fosh etishda otkaziladigan tergov harakatlari ichida hodisa joyini kozdan kechirish alohida orinni egallaydi. Hodisa joyini kozdan kechirishning ahamiyati bu tergov harakatining oziga xos bolgan xususiyatlari bilan bogliq. Tergovchi voqea sodir etilgan joyda haqiqatdan ham jinoyat sodir etilgan yoki etilmaganligi holati va unga sabab bolgan holatlarni aniqlash boyicha tergov harakatlari otkazadi.
Hodisa sodir etilgan joyda kop hollarda moddiy iz va boshqa ashyoviy dalil sifatida jinoyatchining izlari qoladi. Bu izlarni va boshqa ashyoviy dalillarni qidirib topish va ularni protsessual qonun asosida ishga qoshish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu ashyoviy dalillar toplangandan keyin tergovchi sodir etilgan jinoyatni ochish uchun kerakli malumotlarga ega boladi. Hodisa sodir etilgan joyni kozdan kechirishda toplangan ashyoviy dalillar tergovchiga jinoyatni ochish va tergov harakatlarini olib borish imkoniyatini beradi.
Hodisa joyini kozdan kechirishning xususiyatlaridan yana biri, tergov harakatini otkazishda kriminalistik texnika vositalarini keng miqyosda qollashdir. Hodisa joyini kozdan kechirishda kiminalistik texnikaviy vositalardan foydalanish jinoyatni oz vaqtida ochish uchun yordam beradi. Kriminalistik texnika vositalari kozga korinmaydigan izlarni qidirib topishda muhim ahamiyatga egadir.
Hodisa joyini kozdan kechirish, kop jinoyatlarni tergashda dastlabki tergov harakati hisoblanib, tergovni togri tashkil etish, versiyalarni tuzish va ularni tekshirish hamda lozim bolgan holatlarni aniqlashga imkon beradi.
Hodisa joyini kozdan kechirish har bir tergalayotgan jinoyat ishi boyicha oziga xos xususiyatga ega. Tergovchi ushbu xususiyatlarga binoan otkazilayotgan tergov harakatini sodir etilgan muayyan holatga qarab hal etadi.
Voqea joyini kozdan kechirishda tergovchidan bu sohada mahorat bilan oz vaqtida tezkor-qidiruv harakatlarini ozaro hamkorlikda amalga oshirishlikni talab etadi.
Hodisa joyini kozdan kechirishning umumiy taktik qoidalari bor. Ularga kora, kozdan kechirish obyektiv bolishi kerak. Tergovchi jinoyat ishi bilan bogliq bolgan holatlarni har taraflama organib, toplangan materiallarga obyektiv baho berishi lozim. Tergovchi ish bilan bogliq bolgan ayrim faktlarni, ashyoviy dalillarni ikkinchi darajali dalil deb hisoblashi mumkin emas.
Hodisa joyini kozdan kechirishni kechiktirmasdan, oz vaqtida amalga oshirish kerak. Tergovchi jinoiy hodisa sodir etilganligi togrisida xabar olgandan keyin darhol hodisa joyiga yetib borishi lozim. Hodisa joyini kozdan kechirishga chiqishni kechiktirish, jinoiy hodisa sodir etilgan holat va vaziyatning ozgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Bazi jinoyatlar boyicha hodisa joyidagi holat uzoq muddatga saqlanib turmaydi. Avtotransport hodisasi, baxtsiz hodisalar bunga misol bola oladi. Bundan tashqari hodisa joyiga chiqishni kechiktirish jinoiy ishdan manfaatdor bolgan shaxslar tomonidan ashyoviy dalillarning yoqotilishi yoki voqea holatining ozgartirilib yuborilishiga olib kelishi, ob-havo yomgir, qor va boshqalar tasirida bazi izlar yoq bolib ketishi mumkin.
Noaniq, toliq bolmagan faktik malumotlar ish boyicha dalil sifatida foydalanilmaydi. Hodisa joyini kozdan kechirish natijasida topilgan va aniqlangan faktlar ish boyicha dalil bolib hisoblanishi mumkin.
Tergovchining asosiy vazifasi ushbu faktlardan jinoyatni oz vaqtida ochishda foydalanishdan iborat. Kozdan kechirishning oz vaqtida va toliq otkazilishi hodisa joyi holatini toliq tekshirish va birorta ham ashyoviy dalilning nazardan chetda qoldirmaslikni taminlaydi.
Tergovchi hodisa joyiga chiqishdan oldin, sodir etilgan jinoyatning xarakterini hisobga olgan holda ozi va xolislardan tashqari, yana kimlarni kozdan kechirishga jalb etish masalasini hal etadi.. Jinoyat protsessual kodeksi 138-moddasida “Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi korinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida kozdan kechiradi”, deyilgan.
Hodisa joyini kozdan kechirishda mutaxassislarni jalb etish asosiy etiborni oziga jalb etadi. Tergovchi kozdan kechirishni otkazish jarayonida jinoiy hodisa turini hisobga olib (yongin chiqish bilan bogliq bolgan, yol-avtotransport hodisalari va h.k.), tegishli mutaxassislarni kozdan kechirish joyiga taklif etishni tashkil etadi. Qoidaga muvofiq mutaxassis tergovchiga hodisa joyini kozdan kechirishda yordam berish uchun taklif etiladi. U kozdan kechirish ishtirokchisi sifatida tegishli bayonnomani imzolaydi.
Hodisa joyini kozdan kechirishda tergovchi tomonidan taklif etiladigan mutaxassislardan kriminalist-ekspert xodimlarga katta etibor beriladi, chunki bu mutaxassislar jinoyatni ochishda katta yordam beradi.
Ekspert tergovchining topshirigiga muvofiq maxsus uslublarni qollab hodisa joyidagi izlar va boshqa ashyoviy dalillarni qidiradi, aniqlaydi, qayd etadi va kochirib oladi, ashyoviy dalillarni olish va joylash (upakovka qilish)da zarur bolgan masalalarni hal qilishga yordam beradi. Biroq uning roli texnika vositalarini qollash bilan chegaralanib qolmay, hodisa joyini kozdan kechirishda tergovchiga amaliy yordam korsatishi mumkin.

Kriminalistlar hodisa joyini kozdan kechirishdagi harakatlari tergovchi va tezkor-qidiruv xodimlarining harakatlari bilan ozaro muvofiqlashtirilgan holda olib boriladi. Kop hollarda ularning bergan fikrlari jinoyatni ochishda muhim ahamiyatga ega boladi. Masalan, mutaxassis izlar yolakchasining elementlarini tahlil qilib, tergovchiga jinoyatchining harakati, qanday yurganligi, yugurganligi, bir joyda turganligi togrisida muhim malumot berishi mumkin.


Mutaxassis bergan barcha taklif va tavsiyalarni tergovchi maqsadga muvofiq va kerakli deb hisoblab, undan foydalanishi mumkin. JPKning 70-moddasiga muvofiq, mutaxassis ozining qanday maqsadda chaqirilganligini bilishi, ozi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishib chiqishi va ozi ishtirok etayotgan protsessual harakatga oid bolgan arz va mulohazalarni malum qilishi mumkin.
Hodisa joyini kozdan kechirishning boshlanish bosqichidayoq ekspert mutaxassis sifatida ishtirok etgan bolsa, keyinchalik u ushbu jinoyat ishi boyicha ekspert sifatida ishtirok etishi masalasi muhim ahamiyatga ega. JPKning 78-moddasiga muvofiq, ishda mutaxassis sifatida ishtirok etgan shaxs kelgusida ushbu ish boyicha ekspert qilib tayinlanishi mumkin. Tergovchi lozim deb topsa, hodisa joyini kozdan kechirishda ayblanuvchini, gumon qilinuvchini ham taklif etadi.
Hodisa joyini kozdan kechirishda jabrlanuvchi va guvoh ishtirok etishining oziga xos xususiyati bor. Ular hodisa sodir bolgan holatni oz kozlari bilan korib, idrok etib, bolgan hodisani togri bayon qilib berishlari mumkin. Hatto ular hodisa joyini korsatib, barcha sodir etilgan holatlar togrisida aniqroq malumot beradi.
Hodisa joyini kozdan kechirishga tayyorgarlik korish va otkazish taktikasi
Hodisa joyini kozdan kechirish harakatining natijali bolishi uchun tergovchi puxta tayyorgarlik korishi lozim, bunday tayyorgarlik keyinchalik ishni muvofaqqiyatli yakunlash imkoniyatini beradi.
Hodisa joyini kozdan kechirishga tayyorgarlik korish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tergovchining hodisa joyiga chiqishiga qadar otkazadigan tayyorgarlik harakatlari, ikkinchisi, tergovchining hodisa joyiga borgandan keyin otkazadigan tayyorgarlik ishlari.
Birinchi bosqichda tergovchi quyidagilarni amalga oshiradi:

  1. Hodisa joyidagi jabrlanuvchilarga yordam berish chorasini korishi, hodisa joyida tartib ornatish masalalarini hal etishi kerak. Bosqinchilik, talonchilik, ot qoyish va h.k. jinoyatlarning sodir etilishi togrisidagi xabarni olgan tergovchi, darhol hodisa joyini kozdan kechirishga chiqishi va tezkor-qidiruv harakatlarini otkazishning tadbirlarini ko`rishi lozim.

  2. Tergovchining hodisa sodir etilgan joyga yetib borishiga juda qisqa muddat talab etilsa, hodisa joyida ishtirok etish uchun tergovchi ichki ishlar organlariga hodisa joyiga zudlik bilan yetib borish togrisida xabar beradi.

Tergovchining hodisa sodir bolgan joyga oz vaqtida yetib kelishida masofaning uzoqligi, transport vositasi bolmaganligi sababli u militsiya xodimlariga tegishli korsatma berishi mumkin. Tergovchi ularga quyidagi topshiriqlarni beradi:
a) Hodisa joyini qoriqlash, hech kimni hodisa joyiga kiritmaslik;
b) Hodisa joyidagi ashyoviy dalillarni qoriqlash;
v) Hodisa joyidan topilgan izlarni qayd etishda ahamiyatli bolgan holatlarni aniqlash;
g) Hodisa sodir etilgan vaqtda hozir bolgan shaxslarni aniqlash va tergovchi yetib kelgunga qadar bolib otgan holatlarni ular orqali aniqlash;
d) Tergovchi jinoyat sodir etilganligi togrisida xabar olishi bilan jinoyatni sodir etgan shaxs togrisida ham malumot olsa, darhol uni qidirib topish togrisida militsiya xodimlariga topshiriq berishi lozim.
Ye) Tergov chemodanining toliqliligini tekshirish. Tergovchi hodisa joyiga chiqishdan oldin tergov chemodanida barcha asbob-uskunalarning borligini tekshirib koradi. Kop hollarda tergov chemodanida hodisa joyini kozdan kechirish uchun zarur bolgan bazi texnikaviy vositalar (zaryadka qilingan fotokasseta, daktiloplyonka va poroshoklar) bolmasligi mumkin. Shu bois tergov chemodanini yetishmaydigan texnika vositalari bilan toldirish lozim. Zarur hollarda qoshimcha qidiruv texnikaviy vositalarni, masalan, metalldan yasalgan predmetlarni qidirib topish uchun moljallangan texnika vositalarini hozirlashi zarur.
Tergovchilarning ixtiyoridagi tergov chemodani quyidagi bolimlardan iborat:
Birinchi bolim izlar bilan ishlash uchun moljallangan bolib, barmoq izlari, oyoq izlari, transport va buzish qurollaridan qoladigan izlarni qidirib topishda, qayd etish va olishda foydalaniladigan vositalarni oz ichiga oladi. Bu bolimda turli poroshoklar, selikon pastasi, K-18, daktiloplyonkalar, gips, daktiloskopik chyotka kabi texnika vositalari boladi.
Ikkinchi bolimda bayonnoma, turli sxemalar, hodisa joyining rejasini tuzish uchun zarur predmetlar boladi.
Uchinchi bolim, hodisa joyidan topilgan ashyoviy dalillarni suratga olish, olchash uchun moljallangan vositalardan iborat.
Tortinchi bolim, ashyoviy dalillarni qidirib topish uchun foydalanadigan asbob-uskunalar bolimi bolib, unda metall predmetlarni qidirish, komilgan murdalarni topish uchun moljallangan, tokni olchash indikatori va shu kabi vositalar boladi. Tergov chemodanida mavjud bolgan bu texnika vositalari hodisa joyini kozdan kechirishda ashyoviy dalillarni qidirib topish va olishda keng kolamda foydalaniladi.

  1. Hodisa joyiga chiqqunga qadar tergovchi murdani olikxonaga olib borish, shuningdek, turli buyumlar, ashyoviy dalillarni olib ketish uchun zarur bolgan transport vositasini hozirlash chorasini korishi, prokuratura, ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilishi zarur.

Tergovchi hodisa joyiga chiqgunga qadar boshqa tayyorgarlik ishlarini ham amalga oshirishi lozim. Hodisa joyiga borgandan keyin tergovchiga hodisa joyini kozdan kechirishga kirishishdan oldin bazi tayyorgarlik ishlarini otkazishga togri keladi. Jumladan, hodisa joyidagi izlar, predmetlar va boshqa ashyoviy dalillarni qoriqlash togrisida militsiya xodimlariga berilgan tegishli topshiriqlarning bajarilganligini tekshirib korishi, mabodo bu topshiriq bajarilmagan bolsa, tergovchi bu masalani zudlik bilan hal etishi lozim. Bazi vaqtlarda hodisa joyini kozdan kechirishga kirishishdan oldin hodisa joyidan topilgan turli moddiy izlar va boshqa ashyoviy dalillarni qoriqlash, agar yomgir, qor yogayotgan bolsa, ularning ustini yopish choralarini korish, hodisa joyini kozdan kechirish ishtirokchilarini huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish, ular qayerda turishi va qanday harakatlarni bajarishi lozimligi togrisida korsatma beradi. Shu bilan birgalikda tergovchi hodisa joyida tosatdan ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchining paydo bolib qolishi va ularga hujum qilib qolish xavfining ham oldini olish chorasini korib qoyishi lozim boladi.
Hodisa joyini kozdan kechirishdan oldin tergov harakati ishtirokchilariga tergovchining ruxsatisiz bironta ham harakat qilmasliklarini tushuntiradi.
Agar hodisa ochiq joyda yuz bergan bolsa, tergovchi hodisa joyini kozdan kechirishga uning chegarasini belgilab olgandan keyin kirishadi.
Kozdan kechirish statik va dinamik uslublarda amalga oshiriladi. Hodisa joyini statik usulda kozdan kechirish deganda, hodisa joyi toliq va ayrim topilgan ashyoviy dalillar kozdan kechirish vaqtida qanday holat va qanday korinishda bolsa, ularni shu holatda, ozgartirmasdan kozdan kechiriladi. Kozdan kechirish ishtirokchilari ham hodisa holatini yoki ashyoviy dalillarni dastlabki holatini ozgartirishi mumkin emas. Bu uslub hodisa joyidagi ashyoviy dalillar va izlarning orni va joylashishi, turli obyektlar tavsifini (murdaning umumiy holati, qon izlari shakli va h.k.) qayd etish imkoniyatini beradi.
Hodisa joyini dinamik uslub asosida kozdan kechirishda hodisa joyi batafsilroq tekshiriladi. Masalan, kvartirada sodir etilgan qotillik jinoyati boyicha bunday qismlarga bir yoki bir necha xonalarda jinoyatchi buzib kirgan eshik, buzish quroli, murda va qon izlari, qimmatli buyumlar saqlangan mebellarning sindirib ochilgan joyi, sigareta qoldiqlari, pol yoki eshik va romlarda qoldirilgan oyoq va qol izlari hisoblanishi mumkin.
Hodisa joyini kozdan kechirishda har bir predmet-obyekt takroran tekshirilmasligi uchun avval statik, song dinamik usul bilan tekshirilishi va ishga ahamiyatli bolgan boshqa predmetlar esa nazardan chetda qolib ketmasligi lozim. Bunday xatoliklarga yol qoymaslik uchun markazdan chetga yoki chetdan markazga harakat qilib kozdan kechirishni otkazish lozim. Agar hodisa joyida jinoyatchi ochgan seyf va murda mavjud bolsa, kozdan kechirishni markazdan, yani osha obyektlardan boshlab keyin chetga, atrofga qarab harakat qilgan maqul hisoblanadi. Bunday vaqtlarda tergovchi markazdan chekkaga qarab harakat qilganda, qanday izlar ish uchun ahamiyatli, qanday predmetlarni qidirib topish zarurligini biladi.
Agar hodisa joyining markazi, masalan, ogirlik sodir etilgan binolar bolsa, bunday vaqtlarda kozdan kechirishni jinoyatchining kirish-chiqish joyidan, transport vositasining izlari va buzish qurollaridan qolgan izlarni kozdan kechirishdan boshlash maqul. Undan keyin bino eshigini buzishdan qolgan izlarni kozdan kechirish va jinoyatchilar ogirlik sodir etgan joyga otish va uni kozdan kechirish maqsadga muvofiq boladi. Bunday vaqtlarda tergovchi jinoyatchilarning hodisa joyidagi harakat qilish navbatini aniqlab olish imkoniga ega boladi. Tergovchi bir izdan keyingisiga otib, hodisa joyi markaziga yaqinlasha borib, bolgan ashyoviy dalillarni yigib boradi.
Hodisa joyini kozdan kechirishni unga umumiy tafsil berishdan boshlash kerak. Bunda joydagi holat: kirish-chiqish yollari ochiq-yopiqligiga, bino ichidagi jihozlar qanday holatda ekani turganligiga ahamiyat berish lozim va shu asosda jinoiy harakatni sodir etilishi usullari haqida malumot olish mumkin.
Bazi vaqtlarda hodisa joylari ochiq joylar, chol, odam yashamaydigan imorat bolishi ham mumkin. Bunday holatda hodisa joyi birin-ketin kozdan kechiriladi.
Hodisa joyini kozdan kechirish chozilmasligi lozim. Bu harakatlar hodisa joyini batafsil kozdan kechirishda amalga oshiriladi. Hodisa joyini kozdan kechirishda tergovchi voqea joyini kozdan kechirish ishtirokchilari ortasida bajariladigan vazifalarni taqsimlab olishi kerak.
Hodisa joyini kozdan kechirishda unda ishtirok etayotgan tezkor xodimlarga kechiktirib bolmaydigan va zudlik bilan amalga oshirilishi lozim bolgan topshiriqlar ham berishi mumkin. Izquvar itdan foydalanish shular jumlasiga kiradi. Unga hodisa joyidan qochib ketayotgan jinoyatchini tutib keltirish kabi topishiriqlarni berish mumkin. Hodisa joyini chegarasi belgilangandan song tergovchi joyning umumiy holatini fotosuratga tushiradi va undan keyin hodisa joyini bevosita kozdan kechirishga otadi.
Hodisa joyini umumiy kozdan kechirish bilan birga uning ayrim uchastkalarini va har bir obyektni alohida-alohida kozdan kechirish kerak. Har bir ashyoviy dalilning qayerda turganligini, topilgan predmetlarni individual xususiyatlarini, hajmini, uning holatini shunga oxshash bolgan oziga xos belgilarini aniqlash lozim boladi.
Hodisa joyida turli izlar qolgan bolishi mumkin. Kozdan kechirishda topilgan barcha izlar, oyoq izlari, qol izlari, buzish qurollaridan qoladigan izlar va boshqa izlarni bayonnomada qayd etish lozim. Agar hodisa joyida bitta iz qoldiruvchi obyektdan bir-biriga oxshash bolgan bir qancha iz qoldirilgan bolsa (tuflidan, transport gildiraklaridan va h.k.) ozining individual belgilari bilan aniq korinib turgan bitta izdan kochirma nusxa olinsa yetarli.
Jinoyat protsessual qonunida izlar ashyoviy dalil sifatida keng manoda talqin qilinadi, hodisa joyidan topilgan har qanday iz hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy vositalar yordamida qayd etilib, jinoyatni ochishda katta yordam beradi. Ilgaridan amaliyotda malum bolgan ayrim ashyoviy dalillarni tekshirish, jumladan, hujjatlarni kriminalistik texnika asosida kozga korinmaydigan (infraqizil, ultrabinafsha) nurlar yordamida tekshirish katta daliliy ahamiyatga egadir.
Qon izlari, odam organizmidan chiqadigan turli moddalar, murdadagi har xil izlar jinoyat ishi boyicha ashyoviy dalil sifatida foydalaniladi. Hozir bunday izlar fizik, kimyoviy, biologik va texnikaviy vosita va metodlar asosida tekshirilib, qotillik jinoyatini oz vaqtida ochishga, tanadagi jarohatlarning darajasini aniqlashga katta yordam bermoqda.
Masalan, hodisa joyidan topilgan papiros, sigaret qoliqlaridagi solaklarni tekshirish natijasida hodisa joyida jinoyatchilarning qancha vaqt bolganligi va ularning soni togrisida biron bir fikr yuritilgan bolsa, hozir esa ushbu papiros qoldiqlarida mavjud bolgan solaklarni tekshirish orqali qon guruhini va hatto odamning jinsini ham aniqlash mumkin.
Hodisa joyida qoldirilgan barmoq izlarini, ayniqsa kozga korinmaydigan izlarni qidirib topish usullari va texnikaviy vositalar, uzluksiz ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Har qanday noqulay sharoitda ham bunday izlarni qidirib topish uchun zarur vositalar tergov chemodanida mavjuddir.
Shuni nazarda tutish lozimki, kozga korinmaydigan barmoq izlarini malum vaqt otib ketganligi sababli poroshoklar yoki yod bugi yordamida qidirib topish ancha qiyinchilik tugdirishi mumkin. Bunday vaqtlarda barmoq izlarini qidirib topish va qayd etishda auditografik usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu usulning mohiyati shundaki, kozga korinmaydigan barmoq izi bor deb taxmin etilgan predmet radiaktiv suyuqlik yordamida ishlanadi. Bu suyuqlik barmoq izi bor bolgan joyga, iz yoq joyga nisbatan mustahkam yopishadi, undan keyin barmoq izi yoq bolgan joylardagi radioaktiv suyuqliklar olib tashlanadi va topilgan barmoq izi rentgen plyonkasiga kochirib olinadi. Auditografik usuldan foydalanish ayrim materiallarda qoldirilgan kozga korinmaydigan barmoq izlarini qidirib topish va qayd etishda sezilarli natijalarga erishish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda izlarni qidirib topish va qayd etishda har xil poroshoklar, gips, plastilin va boshqa vositalardan keng kolamda foydalanilmoqda. Lekin bu vositalar botiq izlarning mikrorelfini ozida yaxshi aks ettirish hususiyatiga ega emas. Bunday izlarni qayd etishda hozir “K-18” selikon pastasi keng qollanilmoqda. Uning yordamida har qanday noqulay sharoitda ham izdan yaxshi nusxa olsa boladi.
“K-18” pastasi izga quyiladi va qotgandan keyin izdan olinadi. Agar vertikal holatda turgan (eshik, devor va h.k.) obyektlardan nusxa olish lozim bo`lib qolsa, pasta quyuqroq ravishda tayyorlanishi lozim, chunki u tik turgan obyektdagi izga yopishtiriladi. “K” pastasi izlarni qayd etishda qollaniladigan eng qulay vosita hisoblansa-da, bazi kamchiliklardan ham xoli emas. Uning yordamida past haroratli ob-havo sharoitida izlardan nusxa olib bolmaydi, chunki bunday sharoitda u tez qotmaydi. Shu sababli qorda qolgan izlardan uning yordamida nusxa olib bolmaydi. Kriminalistik texnikada past temperatura sharoitida ham nusxa olish uchun moljallangan vosita mavjud. Bu texnikaviy maqsadlarda ishlatiladigan selikon katalizator (SKTN) vositasidir. SKTN ham “K” pastasidek katalizator bilan aralashtirilib zarur qorishma tayyorlanadi. Agar qorda qolgan izdan nusxa olish zarur bolsa, quyuqroq holdagi qorishma tayyorlanadi, agar qumda qolgan izdan nusxa olish zarur bolsa suyuqroq qorishma tayyorlanadi va izga qoyiladi.
Quruq sementda, unda, tuproqda qolgan izlardan nusxalar olishda bir oz qiyinchilik tugiladi. Bunday iz bolgan obyekt bilan birga olish qiyin, undan nusxa ham olib bolmaydi. Bunday sharoitlarda perxlorvinil smolasi (yelimi)dan foydalanish tavsiya etilgan. Perxlorvinil smolasi oq rangli poroshok bolib, u atsetonda suyultirilib pulvirizator yordamida izga sepiladi, u qotgandan keyin kochirilib olinadi.
Hodisa joyini kozdan kechirishda transport vositalaridan qoladigan izlarni diqqat bilan kozdan kechirish lozim. Hatto juda mayda ashyoviy dalillar ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Jumladan, hodisa joyidan topilgan avtomobildan tushib qolgan bir tomchi moy emisson spektral analiz usulida olib borilgan tekshiruv natijasi, ushbu moynnig transport vositasining qaysi qismiga tegishli ekanligini va hatto transport vositasining shu moy bilan taxminan necha kilometr yurganligini ham aniqlashga imkon beradi.
Yuqorida qayd etilgan tavsiyalar shuni korsatadiki, hodisa joyidan izlarni qidirib topish va olish uchun hozirgi vaqtda yetarli darajada ilmiy-texnikaviy vosita va metodlar mavjud bolib, ulardan samarali ravishda foydalanilmoqda. Tabiiyki, kriminalistika texnikasining tez rivojlanib borishi, kelajakda hodisa joyini kozdan kechirishda qollanilayotgan ilmiy-texnikaviy vositalardan faqat ekspertiza tekshiruvini otkazishda foydalaniladi. Bu texnikaviy vositalar bevosita hodisa joyida kozdan kechirishni otkazish jarayonida tezkor maqsadlarda tekshirish otkazish imkoniyatini bermaydi. Shu boisdan ham yangi ilmiy-texnikaviy vositalardan hodisa joyini kozdan kechirishni otkazishda foydalanishni har qanday tergovchilar tomonidan otkaziladigan oddiy tekshirishlar, olchashlar bilan birgalikda amalga oshirilishini inobatga olinishi taqozo etiladi. Izlarni qayd etishda foydalaniladigan yangi texnikaviy vositalar hodisa joyini kozdan kechirishda tergovchi tomonidan bajariladigan vazifalarni amalga oshirishga tosqinlik qilmasligi kerak.
Hodisa joyidan topilgan oyoq izlari muhim holatlarni aniqlashga yordam berishi mumkin. Turar joylarda jinoyatchilarning oyoqlaridan kopincha yuzaki izlar hosil boladi. Bunday izlar jinoyatchilarning ifloslangan poyabzallaridan qoladi. Hodisa joyida jinoyatchilardan kop iz qoldirilgan bolsa, jinoyat ishtirokchilarining soni togrisida fikr yuritish imkoniyatini beradi. Hodisa joyida topilgan bitta oyoq izi ham jinoyatni oz vaqtida ochish uchun foydalaniladi. Tergovchi hodisa joyini kozdan kechirishda hodisa sodir etilgan joyning har bir bolagini kozdan kechirishi lozim. Bazi vaqtlarda jinoyatchilar oyoq izlarini kutilmagan joylarda (peshtoq ortida, un qop ustida va h.k.) qoldirishi mumkin. Shuni etiborga olib, tergovchi jinoyatchining voqea joyidagi harakat yonalishini aniqlab olishga harakat qilib, uning poyabzalidan qolgan izlarni qidirib topishi kerak. Hodisa joyini diqqat va sinchkovlik bilan kozdan kechirgan tergovchi jinoyatchining oyogidan qoldirilgan izlarni albatta topadi.
Hodisa joyida bir xil tagcharmli poyabzaldan bir necha iz qoldirilgan bolsa, ularning yaxshi korinib turganlarining bittasidan gipslik nusxa olinsa yetarli boladi, agar turli tag charmli poyabzallardan kop sonli iz qoldirilgan bo`lsa, ularning har biridan nusxa olinishi lozim. Hodisa joyidan topilgan oyoq izini olchash asosida poyabzalning razmerini, iz qoldirgan shaxsning jinsini, boyini va harakat yonalishini aniqlash mumkin.
Hodisa joyidan topilgan oyoq izlari va izlar yolakchasi suratga olinishi va bayonnomada uning barcha xususiyatlari qayd etilishi lozim. Izlar yolakchasini, ayniqsa qorda qolgan izlarni suratga olish bir muncha qiyinchilik tugdiradi. Shuning uchun izlar yolakchasini toliq qayd etib, ularning millimetrlik qogozda chizmasi ilova etilgani maqul.
Hodisa joyidan topilgan izlarni iloji bolsa iz qabul qilib olgan predmet bilan, qogozda qolgan kozga aniq korinib turgan barmoq izlarini toliq obyekt bilan birga olinib yoki buzish qurolidan iz mavjud bolgan arralab kesib olingan taxta bolakchasi, avtomobil shinasining protektoridan, kiyimda qolgan iz osha kiyim bilan birga olinib ishga tikib qoyiladi.
Biroq hamma vaqt ham iz qabul qilib olgan obyektni iz bilan birga hodisa joyidan olish imkoniyati bolmaydi. Masalan, temir shkafda, qumda, devorlarda qolgan izlarni qabul qilgan obyekt bilan birga olib bolmaydi. Bunday vaqtlarda tergovchi yuqorida aytib otilgan usullarni qollab ulardan nusxalar kochirib oladi.
Hamma vaqt ham iz hosil qilgan obyektning barcha individual belgilarini fotosuratda, nusxada, chizmada aniq ifoda ettirib bolmaydi. Shuning uchun iz qabul qilgan predmetni iz bilan birgalikda olib ishga qoshib qoyish maqul hisoblanadi. Hodisa joyidan topilgan ashyoviy dalillar va izlarning daliliy ahamiyatga ega ekanligi nuqtai nazaridan qaralganda, ularni haqiqatdan ham hodisa joyini kozdan kechirishda topilganligi faktini isbotlovchi hujjat – hodisa joyini kozdan kechirish bayonnomasi hisoblanadi. Izlarning hodisa joyidan olinganlik faktini isbotlovchi boshqa holatlarga izlar va ashyoviy dalillarni hodisa joyidan topilgan kochirma nusxalarga birka qoyilib, uning protsessual jihatdan rasmiylashtirish, yani birkaning tergovchi va xolislar tomonidan imzolanishi va nusxa olingan vaqt korsatilishi kiradi.
Hodisa joyini kozdan kechirishning muhim vazifalaridan biri negativ holatlarni aniqlash va qayd etish hisoblanadi. Hodisa joyidagi negativ holat deganda, ikki turdagi fakt tushuniladi. Birinchidan, hodisa joyida bolishi lozim bolgan, lekin ularning yoqligidan dalolat beruvchi fakt.
Masalan, hodisa joyida osib oldirilganlik belgilari mavjud bolgan murda topildi. Lekin murda yonida ip, arqon yoki osib oldirish uchun xizmat qilishi mumkin bolgan birorta ham predmet yoqligi, ogirlik sodir etilgan dokon eshigi yonida qulf yotibdi, qulfning halqasi arra bilan kesilgan, lekin eshik oldida hech qanday metall qirindisi yoq yoki hodisa joyida kesish qurollaridan hosil bolgan jarohat mavjud, hodisa joyida esa hech qanday qon izlari yoq. Bunday holat kriminalistikada negativ holat deb yuritiladi. Birinchi holatda qotillik jinoyati boshqa joyda sodir etilib, murdani u topilgan joyga olib kelib tashlangan degan versiya yuritilishi mumkin, ikkinchi holatda esa ogirlik jinoyatining sodir etilishi boshqa jinoyat belgilari niqoblangan, degan fikrga kelinishi mumkin.
Negativ holatlarning ikkinchi turiga bir-biri bilan qarama-qarshi bolgan holatlarning mavjudlik fakti kiradi. Hodisa joyini kozdan kechirishda barcha negativ holatlar aniqlanishi va bayonnomada qayd etilishi lozim. Ular keyinchalik jinoyatni ochishda va jinoyatning niqoblanishidan dalolat beruvchi alomatlar aniqlanishida muhim dalil bolib xizmat qilishi mumkin.
Bazi vaqtlarda hodisa joyini kozdan kechirishda qotillik jinoyatining sodir etilganligini korsatuvchi belgilar, turli predmetlar topilishi mumkin (masalan, qonli bolta, qon izi bor kiyim va h.k.). Tergovchining asosiy vazifasi texnikaviy vositalar yordamida murdani qidirib topishdan iborat.
Hodisa joyidan murdaning topilishi ayrim xususiyatlarga ega. Bunday xususiyatlarga kozdan kechirish obyektlarini aniqlash kiradi. Voqea joyidan murdaning topilishida kozdan kechirish obyektlari bolib quyidagilar hisoblanadi:
1) murda, uning holati va kiyimi;
2) murdaning yotgan joyi;
3) murda bilan bogliq bolgan iz va ashyoviy dalillar;
4) jinoyat qurollari.
Murdaning tashqi qiyofasini kozdan kechirish mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi. Murdani kozdan kechirishni kechiktirish mumkin emas, chunki murdaning ozida ham, voqea joyida, izlarda ham ozgarish sodir bolishi mumkin.
Voqea joyini qoriqlash chorasi korilishi lozim, aks holda ishdan manfaatdor bolgan ayrim shaxslar tergovchi voqea joyiga yetib kelgunigacha murdani boshqa joyga kochirishi, kiyimlarini togrilab qoyishi mumkin.
Murdani hodisa joyida kozdan kechirishning toliq va har taraflama bolishini taminlash maqsadida amaliyotda ishlab chiqilgan kozdan kechirish bosqichlarining ketma-ketlik prinsipiga rioya etilishi kerak.
1) Kozdan kechirishni murdani yotgan joyini aniqlashdan boshlash lozim. Murdani yotgan joyi, uning atrofida mavjud bolgan predmetlarga nisbatan qayd etiladi. YAni u xonada yotgan joyini devordan, deraza va eshikdan qancha masofada ekanligini olchash bilan aniqlanadi va qayd etiladi. Agar murda ochiq joyda yotgan bolsa, uning yotgan joyi yaqinroq bolgan obyektlarga (koprik, daraxt, devor va h.k.) nisbatan olchash yoli bilan aniqlanadi.
2) Murdani kozdan kechirishning keyingi bosqichi murdaning holatini organish hisoblanadi. Murdaning yotgan holati jinoyatni tergashda muhim ahamiyatga ega bolishi mumkin. Murdaning holati deganda, uning yotganligi, osigliq turganligi, otirganligi hamda ayrim qismlarining holati, yani oyoq qollari, kallasi va tanasining qanday holatda ekanligi tushuniladi.
3) Murdani kozdan kechirishda muhim bosqichlardan biri uning kiyimini kozdan kechirish va qayd etish hisoblanadi. Murdani kozdan kechirish otkazilgandan keyin u sud-tibbiy ekspertizasini otkazish uchun yuboriladi. Ekspertiza otkazilgandan keyin kiyimlar tergovchiga qaytariladi. Lekin murdaning kiyimlari voqea joyining ozidayoq batafsil kozdan kechiriladi. Kiyimlar kozdan kechirilayotganda kiyimning barcha predmetlari (tugma, chontaklar va hk.) hatto ichki kiyimlari ham diqqat bilan kozdan kechirilishi lozim.
Kiyimlar kozdan kechirilayotganda jinoyatning sodir etilishi bilan bogliq bolgan barcha ozgarishlari (qon, sperma izlari, turli doglar) bayonnomada toliq qayd etilishi shart. Agar murdadagi kiyimning ayrim qismlari yulib olingan bolsa, jumladan, pidjagining bir qoli yoq bolsa, tugmalaridan ayrimlari bolmasa, bu holat bayonnomada qayd etilishi kerak, chunki ular keyinchalik gumon qilinuvchidan topilib qolishi ham mumkin.
4. Murdani tashqi kozdan kechirish, uning umumiy belgilaridan (jinsi, yoshi, boyi, gavda tuzilishi) tashqari jinoiy hodisa bilan bogliq bolgan maxsus belgilarni (badanidagi kokargan, kesilgan, singan jarohat belgilari, buzishdan qolgan jarohatlari va boshqa alomatlarni) ham oz ichiga oladi.
Yuqorida qayd etilganidek, murda uning holati va kiyimini kozdan kechirilgandan keyin murda yotgan joy kozdan kechiriladi. Murda yotgan joyning umumiy holati, voqea joyining toliq xarakteristikasi (aholi punkti, dam olish bogining aniq qismi, kolning aniq qirgogi va h.k.) bilan birga murda yotgan joyning toliq tasviri (yolning ayrim qismi, chuqurlik joy, temir yolning aniq qismi va h.k) ham bayonnomada batafsil yoritilishi lozim. Bu holatlarning aniq ifoda etilishi jinoyatni oz vaqtida ochishga katta yordam beradi.
Bazi vaqtlarda murdaning yotgan joyi ish uchun ahamiyatga ega bolgan holatlarni aniqlashga yordam berishi ham mumkin. Masalan, murdani temir yol relsining yonidan topilishi murda ketayotgan poyezddan tashlab yuborilgan yoki odam vagondan yiqilib tushib olgan yoxud qotillik boshqa yerda sodir etilib, goyo jinoyat yuz berganday korsatish maqsadida temir yol relsiga tashlab ketilgan degan versiyalar yuritishga sabab bolishi mumkin. Shuning uchun ham tergovchi murda topilgan joyni qotillik jinoyatini sodir etganligini korsatuvchi barcha holatlarga va jinoyat murda topilgan joyda emas, boshqa joyda sodir etilib, bu yerga olib kelib tashlanganligini korsatuvchi holatlarga (qonning yoqligi va h.k.) alohida etibor berishi lozim.
Murda bilan bogliq bolgan izlarga qol, oyoq, tish va tirnoq izlari kiradi. Bazi vaqtlarda jabrlanuvchi qarshilik korsatish natijasida ayblanuvchining badanida tish va tirnoq izlarini qoldirishi, aksincha qotil jabrlanuvchining kiyimida, tanasida ayrim izlar (qon, sperma kabi moddalar) qoldirishi mumkin. Amaliyotda murdaning kamar tugmasida qotilning barmoq izi qoldirilganligi, jabrlanuvchining barmoq izi ayblanuvchining kozoynagida qoldirganlik holatlari bolgan.
Hodisa joyini kozdan kechirishning umumiy masalalaridan yana biri, qanday iz va ashyoviy dalillarni jinoyatchi hodisa joyida qoldiradi va qanday iz, predmetlar, mikrozarrachalarni ozi bilan olib ketishi mumkin kabi masalalar jinoyatning sodir etilish xusususiyatlarini hisobga olgan holda murdani kozdan kechirishda hal etilishi mumkin. Agar jabrlanuvchi sovuq qurol bilan yetkazilgan jarohat natijasida olgan bolsa, jinoyatchining kiyimida, poyabzalida qon izlari qolishi mumkin. Agar qotillik jinoyatini sodir etish uchun jinoyatchi devorni yoki eshik va derazani buzib kirgan bolsa, jinoyatchining kiyimida tuproq yoki oyna siniqlari qolishi mumkin.
Hodisa joyida bolishi mumkin bolgan kopchilik izlar va ashyoviy dalillarni jinoyatchining ozida topish, aksincha undan hodisa joyida ham iz va ashyoviy dalillar qolishi mumkin. Masalan, oyoq, qol izlari, jinoyatni sodir etishda foydalanilgan qurollarni, shaxsiy buyumlarni (dastromol, papiros qoldigi, taroq, gugurt siniqlari va h.k) qoldirib ketishi mumkin.
Murdani kozdan kechirishda hodisa joyi holatini diqqat bilan organish lozim boladi. Voqea joyi holati deganda u yerda aniqlangan barcha holatlar yigindisi tushuniladi. Barcha faktlarni umumlashtirgan holda korib chiqish tergovchiga ish boyicha yangi faktlarni aniqlashga yordam beradi. Bu vaziyat va holatlar tergovchining professional mahoratini namoyish etishida malum boladi.
Oqotar qurollarni qollash tufayli qotillik jinoyati sodir etilganlik belgilari aniqlangan hollarda tergovchi hodisa joyidan oq va gilzalarni topish choralarini korishi lozim, zaharlanib olganlik belgilari mavjud bolgan holatlarda esa hodisa joyidan zaharli moddalarning qoldiqlari, zaharli modda olib kelingan idish turli orash vositalari kabilarni topish choralarini korish lozim.
Tergovchinig asosiy vazifalaridan biri hodisa joyini kozdan kechirishni toliq otkazish va uning natijalaridan samarali foydalanish hisoblanadi. Lekin tergov amaliyotlarida bunga bazan erishilmaydi. Buning sababi turlicha: birinchidan, tergovchining yetarli bilimga va tajribaga ega emasligi va kriminalistik texnikaviy vositalari bilan toliq taminlanmaganligi, ikkinchidan, ob-havo sharoitining noqulayligi, uchinchidan, hodisa joyidan topilgan dalillarga ahamiyat bermaslik hisoblanadi.

2.2.Hodisa joyini ko'zdan kechirishga bag'ishlangan A. Norboyevning uslubiy qo'llanmasiga sharh.


Jinoyatni tеz va har tomonlama to'liq ochishda voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish tеrgov harakati juda muhim ahamiyatga ega. Bunda jinoiy ishga aloqador bo'lgan moddiy ob'еktlar (izlar), ularning hususiyatlari va aloqadorliklarini topish va o'rganishdan iborat. Voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish – bu jinoiy ishni ochishda ma'noli ahamiyatga ega bo'lgan moddiy ob'еktlar, ularning bеlgi va bog'liqliklarini topish va o'rganishdir. Voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish – bu jinoiy ish to'g'risida ma'lumot yig'ish jaraѐni hisoblanadi. Bu jaraѐnni ko'zdan kеchirish davomida tеrgovchi turli hil ma'lumotlarni izlab topish va qulay yo'llar ѐrdamida sodir bo'lgan voqеaning haѐlan ko'z oldiga kеltiradi. Ya'ni sodir bo'lgan hodisa borasida vеrsiyalar tuzadi. Jinoyat sodir bo'lgandan so'ng unga tеgishli joyning tashqi ko'rinishi o'zgarib qoladi. Bu o'zgarishlar inobatga olinib dalillar sifatida tеkshiriladi va o'rganiladi. Ko'zdan kеchirishdagi yutuq va kamchiliklar o'zining ahamiyatiga ko'ra jinoyatni ochishga taalluqli vеrsiyalarni yuzaga kеltiradi (vеrsiyalar yuritiladi). Lеkin dastlabki vеrsiyaning namoѐn bo'lishi tеrgov ishini olib borishida salbiy natijalarga olib kеlishi mumkin.Voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish davomida jinoiy ishga taalluqli bo'lgan jinoyatning izlari boshqa buyum dalillarda namoѐn bo'ladi.
Voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish boshqa tеrgov harakatlarining asosiy qismi bo'lib hisoblanadi. (masalan, qo'lga olish, tintuv o'tkazish, tеrgov ekspеrimеnti, ko'rsatmalarni joylarda tеkshirish va h.k). Ushbu jaraѐn jinoyatni ochishda, dalillarni topishda eng asosiy tеrgov harakati hisoblanadi, chunki jinoyatga aloqador bo'lgan ma'lumotlarni faqat o'sha joyda olish mumkin (qo'l-oѐq izlari, buzish qurollari va h.k.) Hodisa joyini ko'zdan kеchirish davomida tеrgovchi voqеaning ko'rinishini ko'z oldiga kеltiradi va vеrsiyalar chiqaradi. Bu vеrsiyalar kеyingi tеrgov harakatlarini bеlgilab bеrishga ѐrdam bеradi. O'z ko'zi bilan ko'rish har qanday baѐnnoma, sxеma, suratlar, hujjatlarning analizidan avzaldir. Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish zudlik bilan amalga oshirilishi lozim, chunki bu ishning kеchiktirilishi izlar va dalillarni yo'qolishiga olib kеladi. Tеrgovchi tеzlik bilan maqsadga intilgan holda diqqatini jamlab harakat qilishi lozim. Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirishdan avval tashkiliy masalalarni hal etish lozim. Yani, tеzkor guruhni yig'ish, ilmiy texnikaviy vositalarni tanlash va tеkshirib ko'rish, mutaxassislarni taklif qilish, joyni muhofaza qilish va h.k. Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirishni tеrgovchi rahbarligida mutaxassis, ekspеrt va boshqa ishtorikchilar bilan birga o'tkaziladi. Bu ish murakkab majmuadagi faoliyat bo'lib uning ishtirokchilari bir-nechta bo'lishlari mumkin (tеrgovchining harakatlari surishtiruvchi organ hodimlari, mutaxassislar va xolislar). Bu xodimlarning ishtirokini tеrgovchi puxta o'ylab chiqishi va tashkillashtirishi kеrak.
Tеrgovchining faoliyati bir-nеchta opеrasiyalardan iborat:

  1. faoliyat mohiyatini bilishi vaziyatni qabul qilish, faktlar,

  1. hodisalarni inobatga olishi va ular o'rtasidagi bog'liqlikni

  2. o'rnatish, taxminlar va vеrsiyalar chiqarishi;

  3. faoliyatning qidiruv elеmеntlari (qidirish o'zgarishlarni ko'ra

  4. olish, izlarni olish, daliliy isbotlar)ni aniqlashi;

  1. faoliyatining tashkiliy elеmеntlari (muhofazani tashkillashtirish,

  1. joyni ko'zdan kеchirish mobaynidagi qatnashchilar orasida

  2. funksiyalarni tahsimlash) ni bеlgilashi;

  1. faoliyatining tasdiqlash elеmеntlari (mustahkamlash, tasdiqlash,

  1. faktlar, daliliy isbotlarni, izlarni bеlgilash) ni inobatga olish

  2. kabilar;

Jinoiy voqеalar tashqi dunѐda o'z izlarining tizimini qoldiradi. Tеrgov ishlarining kamchiliklaridan biri aynan shu izlarning tizimini ko'ra qolmaslikdir. Izlarni paydo bo'lishidagi asosiy qonuniyatlarini ko'ra olgan tеrgovchi haѐlan jinoiy hodisa bo'yicha vеrsiya tuza olishi mumkin. (masa lan, odam o'ldirish, o'g'rilik, tajovus ko'rsatish, bosqinchilik, qilishga oid izlar). Bu izlarni joylarda ko'ra olish uchun tеrgovchidan kasbiy va haѐtiy tajriba talab qilinadi. Tеrgovchining kuzatuvchanligi, hodisa sodir bo'lgan joyni rеjaliy va maqsadiy ko'zdan kеchirish natijasida bu ish muvofaqiyatli amalga oshiriladi. Voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish davomida ko'pchilik tеrgovchilar tеkislikni kuzatish bilan chеgaralanib qoladilar (xonaning poli, yo'lning asfalit bilan qoplanganligi va h.k) va ko'pincha shu tеkislikning ―usti‖ va ―ostida‖ nimalar bo'lishi kеrakligi to'g'risida o'ylab ko'rmaydilar. Tintuv o'tkazish – bu, yashirilgan (ongli ravishda) ob'еktlarni titib ko'rish dеmakdir. Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirishdan farqli o'laroq bu еrda, aniq maqsad borligi yaqol ko'rinadi (nimani qidirish).
Bеrkitilgan narsalarni topish uchun tеrgovchi:

  1. bеrkitilgan narsani qidirib topishga qaratilgan vazifani haѐlan hal qilishi;

  2. qidirib topishga qaratilgan harakatlarni qo'llab olish lozim.

Tintuv o'tkazish – yaqqol ko'zga ko'rinadigan va qidiruv harakatlariga Ega bo'lgan jaraѐndir. Bеrkitilib qo'yilgan ob'еktlarni topa olish judayam Mushkul ish, ayniqsa bu ob'еktlar to'g'risida kam ma'lumotga ega bo'lsang. Buning uchun tеrgovchi o'zining psixologik jihatlari, kasbiy bilim, ko'nikma Va malakalar bilan qurollanishi lozim. Tintuv o'tkazish uchun kеrakli bo'lgan omillarni tеrgovchi mohirona Ishlatishi lozim (tintuvga tayѐrgarlik, maqsadga qaratilgan kuzatuv Sharoitni analiz qilish, tintuv qilinaѐtgan shaxsni kuzatish).Tintuv o'tkazish Uchun qilingan chala tayѐrgarlik muvofaqiyatsizlikka olib kеlishi mumkin. Tintuvning muvofaqiyatli bo'lishi tеrgovchining tashkilotchilik Qobiliyatlari kеrak bo'ladi. U o'zi va o'zgalarning harakatlarini aniq Bеlgilab olishi, samarali qadamlarini ishga solishi judayam muhimdir. Shuning uchun tеrgovchi tintuv vaqtini bеlgilashi, tеrgov harakati o'tkazuvchi Qatnashchilarni tanlashi, tеxnik vositalarni tayѐrlashi, tintuv qilinuvchi Shaxsni dastlab o'rganib chiqishga ma'suldir. Tintuv davomida ma'lumot olish uchun ishlatiladigan asosiy Usullardan biri bu uning natijasini kuzatish va taxlil qilishdir. Tintuv qilinuvchi shaxsning hulqini ku zatish, kеrakli bo'lgan Ma'lumotlarni olish mumkin. Bu еrda eng avvalo tintuv jaraѐnida nizoli Vaziyatning yuzaga kеlishi oqibatida uning hulqidagi psixologik Qonuniyatlariga e'tibor bеrish kеrak bo'ladi. Tеrgovchi va shaxs nizoliy Vaziyatga tushishi mumkin. Tintuv qilinuvchi shaxs:

  1. qattiq xayajonli qo'rquvda bo'ladi va bеrkitilgan narsalarga yaqinlashgan sari u bеzotalanib o'zining xatti-harakatlari bilan ayibini oshkor qilib qo'yadi. (qaltirashi, qizarib, oqarib kеtishi, tеrlashi mumkin).

Tintuvni ikki kishi ishtirokida o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki bir odam ko'rmagan narsalarni ikkinchi odam ko'rishi va kamroq Hatolarga yo'l qo'yishi e'tibordan xoli emas. Tintuvga hozirlangan tеrgovchi jinoyatchining ayѐr, mohirligini Nazarda tutish lozim. U bir qator psixologik haraktеrga ega omillarni Ishlata oladi. Masalan, tuynuklar va saqlash uchun kеrakli bo'lgan sirli Joylarni qidirib topish paytida tеrgovchi jinoyatchining maqsad va Harakatlariga tushunib еtishga intiladi. Shaxsning xonadonini tintuv Qilish davomida nizoliy vaziyat kеlib chiqishi aѐn (baqir-chaqirlar, Haqoratlashlar va h.k). Bu tabiiy hol. Albatta, har qanday odamni shaxsan Tintuv qilish va qo'lga uni olish ayiblanuvchining huquq va burchlarini Poymol qilish, oila a'zolariga shkas еtkazish bilan tеng xatti-harakat dеb Hisoblanadi. Shuning uchun tеrgovchi eng avvalo tintuv paytida o'zini bosib olish, og'ir-vazminlik bilan, o'ylab ish tutishi his-tuyg'ularga bеrilib kеtmasligi kеrakdir. Tеrgovchining nuti – uning ichki holati va qidirilaѐtgan ob'еktlarga Bo'lgan munosabatlarini ko'rsatib bеrishi mumkin. Shuning uchun bеrilaѐtgan Savollar aniq bo'lishi kеrak. Ayblanuvchining ishonchini oqlash uchun Qilmishining noto'g'ri va to'g'riligiga ishontira olish lozim.

II BOB. YUZASIDAN XULOSA


Hodisa joyini kozdan kechirishning umumiy taktik qoidalari bor. Ularga kora, kozdan kechirish obyektiv bolishi kerak. Tergovchi jinoyat ishi bilan bogliq bolgan holatlarni har taraflama organib, toplangan materiallarga obyektiv baho berishi lozim. Tergovchi ish bilan bogliq bolgan ayrim faktlarni, ashyoviy dalillarni ikkinchi darajali dalil deb hisoblashi mumkin emas. Hodisa joyini kozdan kechirishni kechiktirmasdan, oz vaqtida amalga oshirish kerak. Tergovchi jinoiy hodisa sodir etilganligi togrisida xabar olgandan keyin darhol hodisa joyiga yetib borishi lozim. Hodisa joyini kozdan kechirishga chiqishni kechiktirish, jinoiy hodisa sodir etilgan holat va vaziyatning ozgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Bazi jinoyatlar boyicha hodisa joyidagi holat uzoq muddatga saqlanib turmaydi. Avtotransport hodisasi, baxtsiz hodisalar bunga misol bola oladi. Bundan tashqari hodisa joyiga chiqishni kechiktirish jinoiy ishdan manfaatdor bolgan shaxslar tomonidan ashyoviy dalillarning yoqotilishi yoki voqea holatining ozgartirilib yuborilishiga olib kelishi, ob-havo yomgir, qor va boshqalar tasirida bazi izlar yoq bolib ketishi mumkin.
Noaniq, toliq bolmagan faktik malumotlar ish boyicha dalil sifatida foydalanilmaydi. Hodisa joyini kozdan kechirish natijasida topilgan va aniqlangan faktlar ish boyicha dalil bolib hisoblanishi mumkin. Tergovchining asosiy vazifasi ushbu faktlardan jinoyatni oz vaqtida ochishda foydalanishdan iborat. Kozdan kechirishning oz vaqtida va toliq otkazilishi hodisa joyi holatini toliq tekshirish va birorta ham ashyoviy dalilning nazardan chetda qoldirmaslikni taminlaydi. Hodisa joyini kozdan kechirishda mutaxassislarni jalb etish asosiy etiborni oziga jalb etadi. Tergovchi kozdan kechirishni otkazish jarayonida jinoiy hodisa turini hisobga olib (yongin chiqish bilan bogliq bolgan, yol-avtotransport hodisalari va h.k.), tegishli mutaxassislarni kozdan kechirish joyiga taklif etishni tashkil etadi. Qoidaga muvofiq mutaxassis tergovchiga hodisa joyini kozdan kechirishda yordam berish uchun taklif etiladi. U kozdan kechirish ishtirokchisi sifatida tegishli bayonnomani imzolaydi. Hodisa joyini kozdan kechirishda tergovchi tomonidan taklif etiladigan mutaxassislardan kriminalist-ekspert xodimlarga katta etibor beriladi, chunki bu mutaxassislar jinoyatni ochishda katta yordam beradi.

XULOSA VA TAVSIYALAR


Ushbu kurs ishini bajarib, men shunday xulosaga keldimki:
Yuridik psixologiyada voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish ma’lumot to‘plash jarayoni bo‘lib, ularni analiz, sintez qilish orqali zarur ma’lumotlarni yig‘ish demakdir. Yurisprudensiyada voqea sodir bo‘lgan joy – jinoyat, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat yoki hodisa jinoyat alomatlari bor deb qaraladigan joy.Ko‘rsatmalarni joyida tekshirish, ba’zi bir o‘xshashliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, so‘roq qilish, voqea sodir bo‘lgan joyni tekshirish, jinoyatchini tanish uchun ko‘rsatish, tergov eksperimenti kabi tergov harakatlaridan mohiyati jihatidan farq qiladi. Voqea joyini ko‘zdan kechirish jinoyat izlarini, boshqa ashyoviy dalillarni topish, voqea holatlarini, shuningdek, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladigan mustaqil tergov harakati hisoblanadi. Shu bilan birga, ko‘zdan kechirish boshqa tergov harakatlari – ushlab turish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish, tergov eksperimenti, ko‘rsatmalarni voqea joyida tekshirish kabilarning tarkibiy qismi bo‘lishi ham mumkin. Voqea joyini ko‘zdan kechirish almashtirib bo‘lmas tergov harakati hisoblanadi, chunki ko‘zdan kechirish chog‘ida olinadigan ma’lumotni aksariyat hollarda boshqa joydan topish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish orqali olish mumkin bo‘lmaydi. Masalan, jinoyatchining oyoq va qo‘l izlari, uning buzish qurolini qo‘llash usullari ana shularga misol bo‘la. Tergovchi voqea joyidagi obyektlarni o‘rganish jarayonida bilishning tergov yo‘nalishini belgilash va voqealarning haqiqiy xususiyatini aniqlash imkonini beradigan faktlar va holatlarni topishga qaratilgan turli xil shakl va usullaridan foydalanadi. Jinoyatni tеz va har tomonlama to'liq ochishda voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish tеrgov harakati juda muhim ahamiyatga ega. Bunda jinoiy ishga aloqador bo'lgan moddiy ob'еktlar (izlar), ularning hususiyatlari va aloqadorliklarini topish va o'rganishdan iborat. Voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish – bu jinoiy ishni ochishda ma'noli ahamiyatga ega bo'lgan moddiy ob'еktlar, ularning bеlgi va bog'liqliklarini topish va o'rganishdir. Voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish – bu jinoiy ish to'g'risida ma'lumot yig'ish jaraѐni hisoblanadi. Bu jaraѐnni ko'zdan kеchirish davomida tеrgovchi turli hil ma'lumotlarni izlab topish va qulay yo'llar ѐrdamida sodir bo'lgan voqеaning haѐlan ko'z oldiga kеltiradi. Ya'ni sodir bo'lgan hodisa borasida vеrsiyalar tuzadi. Jinoyat sodir bo'lgandan so'ng unga tеgishli joyning tashqi ko'rinishi o'zgarib qoladi. Bu o'zgarishlar inobatga olinib dalillar sifatida tеkshiriladi va o'rganiladi. Ko'zdan kеchirishdagi yutuq va kamchiliklar o'zining ahamiyatiga ko'ra jinoyatni ochishga taalluqli vеrsiyalarni yuzaga kеltiradi (vеrsiyalar yuritiladi). Lеkin dastlabki vеrsiyaning namoѐn bo'lishi tеrgov ishini olib borishida salbiy natijalarga olib kеlishi mumkin.Voqеa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kеchirish davomida jinoiy ishga taalluqli bo'lgan jinoyatning izlari boshqa buyum dalillarda namoѐn bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.SH.M. Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini tahminlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.O'zbekiston .-2017 .
2. SH.M.Mirziyoev Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini barpo etamiz.- T.O'zbekiston.2017
3. A.A.Usmanova, A.N.Norboеv. Yuridichеskaya psixologiya. TGYuI. 2005
4.A.A.UsmanovaS.V. Asyamov, Yu.S.Pulatov Profеssionalino-psixologichеskiy trеning. T.2000
5.Е.Yu. Agzamova Profеssionaliniе lichnostno-psixologichеskiе kachеstva Spеsialista. T. 2001.
6.G'oziev E.Umumiy psixologiya .T.-O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti .2010
7.G'oziev E .Ontonogez psixologiyasi T.Noshir 2010
8.Nishonova Z .Alimova.G. Bolalar psixologiyasi va uni oqitish metodikasi.. O'zbekiston Y/U adabiyot jamg'armasi nashriyoti .-2006 .
9.Nishonova Z .Alimova.G. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi. O'zbekiston Y/U adabiyot jamg`armasi nashriyoti .-2006 .
10.Roziqov O., Mahmudov M., Adizov va tili didaktikasi. T. Yangi asr avlodi 2005 yil
11.Chaldini R. Ta'sir psixologiyasi. - Sankt-Peterburg: YoAJ Peter. 1998 yil
12.R.M.Maxmudov. Paravovaya sosializasiya. Dokt.dis. 2003 g.
13.V.Romanov Yuridik psixologiya. M., 1998 y.
14. Psixodiagnosichеskaya rabota v nachalinoy shkolе.Ch.I. Oprеdеlеniе gotovnosi k obuchеniyu v sh kolе. SPb. 1994.-78
15.Psixodiagnosika: tеoriya i praktika /P er s p е t . – M.: Progress, 1986. – 207 s
16.Psixologichеskaya diagnosika: Problеmi i isslеdovaniya/Pod rеd. K.M .Gurеvicha. – M.: Pеdagogika, 1981. – 232 b
16.Tеpеnitsina T.N. Analiz oshibok pri isslеdovanii Vnimaniya mеtodom korrеkturnoy probi // Vopr. Psixologii.1959,- 145-153 s
17 .Filimonеnko Yu ., Timofееv V. Rukovodsvo k mеtodikе Isslеdovaniya intеllеkta u dеtеy D.Vеkslеra. Adaptirovanniy variant. SPb., 1993.-57 s.
18.Xudik V.A. Psixologichеskaya diagnosika dеtskogo razvitiya: M еtodi isslеdovaniya. – K:Osiva. 1992 -220 s
19.Ssh ivarеv H.A. M еtodika «Doski Sеgеna» // Voprosi Patopsixologii. – M.: NII psixiatrii M 3 RSFSR
Internet saytlari
1. www.hozir.org
2. Wiki.pedia
3. minikar.ru
Yüklə 84,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə