I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81

shash  muhitining  eng  asosiy  ko'rsatkichlaridan  biridir.  Suv  hujayra  orga- 
noidlarining  koiloid  holatini  ta ’minlaydi,  suvdagi  va  metabalizm jarayonida 
qatnashadigan  ko‘p  organik  hamda  mineral  moddalarni  eritadi,  hujayrani 
saqlaydi,  fermentlar  ishini  kuchaytiradi.  Suv  va  unda  erigan  mineral  tuzlar 
ildiz  orqali  o'simlik  organizmiga  shimiladi.  O'simlik  va  hayvonlar  uchun 
suvning  asosiy  manbayi  yomg‘ir  va  qor  suvlaridir,  bundan  tashqari, 
o'simliklar  yana  yer  osti  suvlari,  shudring  va  tumanlardan  ham  foydalana- 
dilar.  Ana  shu  suvlaming  umumiy  miqdori  va  ulaming  yil  fasllari  bo'ylab 
taqsimlanishi  o'simliklar  hayoti  uchun  juda  muhimdir.  Masalan,  ba’zi  bir 
tropik  iqlim  sharoitidagi  mamlakatlarda  ya’ni  Janubiy-Sharqiy  Osiyo  yoki 
Braziliyada  bir  yilda  10000  mm  gacha  yog'in  yog'adi,  buning  ustiga  iqlimi 
issiq  va  qish  ham bo'lmaydi,  natijada,  o'simliklaming  o'sishi va  rivojlanishi 
uchun  o ‘ta  qulay  sharoit  mavjud.  Masalan,  Braziliya  hududida  40  ming  va 
Indoneziya  hududida  42  minga  yaqin  o'simlik  turi  o'sadi.  Markaziy  Osiyo 
cho'l  zonasida  yog*inning  o'rtacha  yillik  miqdori  80-150  mm  ni  tashkil 
etsa,  Janubiy-G'arbiy  Afrikada joylashgan  Namibiya  sahrosida  (Valfishbay 
tumani)  bir  yilda  taxminan  8  mm  yog'in  yog'adi.  Lekin  shunga  qaramas- 
dan  bu  yerlarda  ham  o'simliklar o'sadi.
Markaziy  Osiyoning  tog'li  tum anlarida  yog'in  ko'p  yog'ib,  1200  mm 
gacha  yetadi,  uning  yil  fasllari  bo'ylab  taqsimlanishi  ham  mavjud.  Shu 
sababli  bu  hududlarda  7  mingga  yaqin  o'sim lik  turlari  o'sgan  bir  paytda 
quruq  va  yozi  issiq  bo'lgan  ch o 'l  zonalarida  esa  atigi  800  ga  yaqin 
o'sim lik  turi  o'sadi.  O'simliklaming  tuproq  va  havo  namligiga  bo'lgan 
talabiga  ko'ra  ular  kserofitlar,  mezofitlar,  gigrofitlar  va  gidrofitlarga 
bo'linadi.
Kserofitlar.
  Dasht  va  cho'llarda  o'sadigan,  qurg'oqcliilikka  chidamli 
o'simliklarga  kserofitlar  deyiladi.  Kserofitlarda  hujayralar  kichik  bo'ladi, 
hujayra  po'sti  qalinlashgan,  barg  mezofilida  palisad  parenxima  yaxshi  rivoj­
langan,  barg  tomirlari  zich joylashgan,  baigdagi  og'izchalar  soni  ham  ko'p 
bo'ladi.  Ildizning  osmotik  bosimi  yuqori  bo'lib,  ba’zida  100  atmosfera- 
gacha  yetadi.  Ildizlari  yerga  chuqur  ketadi.  Chunonchi,  ildiz  yantoqda 
18  m,  beda va qora  saksovulda  16—18  m  gacha  boradi.
Kserofitlarga  shuvoq,  erman-shuvoq,  izen,  oq saksovul,  qora  saksovul, 
juzg'un,  pista,  teresken,  kamforosma va shu  kabilar kiradi.
Kserofitlarga  oid  maxsus  bir  guruh  o'simliklar  sukkulentlar  deyiladi. 
Bu  o'simlik  organlarida  maxsus  suv  g'amlovchi  to'qimalari  yaxshi  ri­
vojlangan  bo'lib,  ularda  suv  zaxirasi  saqlanadi.  Bunday  o'simliklarga  kak- 
tuslar,  agavalar  kiradi.
Kserofitlar  jumlasiga  Markaziy  Osiyo  cho‘1  zonasidagi  slio'rhok  yer­
larda  o'sadigan  sho'raklar  ham  misol  bo'Ia  oladi.  Bunday  o'simliklarga 
danasho'r,  seta,  xaridondon,  sarsazan  va  qizil  sho'rani  misol  qilish  m um­
kin.  Ular galofitlar deb  ataladi.
Mezofitlar.
  Nami  yetarli  bo'lgan  tuproq  va  iqlim  sharoitida  o'sadigan 
o'simliklar  mezofitlar  deyiladi.  Bu  xil  o'simliklar  hujayralaridagi  osmotik 
bosim  kserofitlarga  qaraganda  pastroq,  ya’ni  11-15  atmosfera  orasida


bo'ladi.  Mezofitlarga  ko'pchilik  daraxt  va  aksari  ekiladigan  o't-o'simliklar: 
g'o'za,  beda,  makkajo'xori,  qovun,  tarvuz,  pomidor,  boyimjon  hamda 
deyarli  hamma  mevali  o'simlildar  kiradi.  Bu  xil  o'simliklaming  ildizi  un- 
cha  chuqur  ketmaydi,  lekin  u  kuchli  tarmoqlanib,  tuproq  orasida  katta 
hajmni egallab  oladi.
Gigrofitlar.
  Namlik  ko'p  bo'lgan  sharoitda,  ya’ni  daryo  bo'ylari,  o 't- 
loqlar  hamda  o'rm onlar  orasida  o'sadigan  o'simliklar  bo'lib,  ularning  barg- 
lari  odatda,  yirik,  kutikulasiz  va  tuksiz  bo'ladi.  Barg  yuzasidagi  og'izchalar 
doimo  ochiq  bo'lib,  ular baigning  ham  ostki,  ham  ustki  qismida joylashadi. 
Ildizlari  yerga  chuqur  kirmaydi,  chunki  ildizlar  yoyilgan  joy  doimo  nam 
bo'ladi.  Ulardagi  osmotik  bosim  8—12  atmosferani  tashkil  etadi.  Daryo  va 
ko'l  bo'ylarida  o'sadigan  savagich,  qamish,  qiyoq,  ba’zi  bir  begona  o'simlik 
turlari va madaniy ekinlardan,  sholi gigrofitlarga  misol bo'ladi.
Gidrofitlar.
  Suvga  botib  o'sadigan  o'simliklar  bo'lib,  ularning  or- 
ganlarida  mexanik  to'qim a  deyarli  rivojlanmaydi,  aerenximasi  esa  kuchli 
rivojlanib  ularda  kislorod  to'planadi.  Bu  o'simliklaming  suv yuzasida  qolgan 
baiglaming  faqatgina  ustki  epedermisida  og'izchalar joylashadi.  Ostki  suvga 
tegib  turgan  tom onida  og'izchalar  bo'lmaydi.  Bapglarda  kutikula  qavati 
deyarli rivojlanmaydi.  O'simlik butun organlari  yuzasi  bilan suvni shimib  oli- 
shi  mumkin.  Shu  sababli  bu  xil  o'simliklarda  o'tkazuvclii  to'qimalar  ildiz 
tuklari  ham  yaxshi  o'smagan,  ildizning  suv  va  mineral  tuzlami  shimish  qo- 
biliyati  ham  past.  Barg  mezofili  bulutsimon  va  palisad  parenximalarga  ajml- 
magan  bo'lib,  faqatgina  bir  xil  bulutsimon  to'qimadan  tashkil  topgan.  Bu 
to'qimaning  hujayralararo  bo'shhqiari  katta  bo'lib,  ularda  havo  to'planadi. 
Gidrofitlarga  barcha  suv  o'tlari,  gulli  o'simliklardan  chilim  yoki  suv  yonog'i 
(Trapa  natans),  suv  grechixasi  (Polygonum  amphilium),  vallesneriya 
(Vallesneria),  elodea (Elodeae) va shu kabilar misol bo'la oladi.
C ho'l  va  dashtda  yashovchi  hayvonlarda  ham  suvsizlikka  moslanish 
mavjud.
Ular tez uzoq chopa olishi  natijasida uzoqlarga suv ichish joylariga mig- 
ratsiya  qilishadi.  Kemimvchilar,  sudralib  yumvchilar,  hasharotlar  va  boshqa 
mayda  cho'l  hayvonlari  oksidlanish  reaksiyalari  natijasida  hosil  bo'ladigan 
suvlami  g'amlash  hisobiga  tanadagi  suv  muvozanatini  saqlaydi,  ayniqsa, 
yog'ning  oksidlanishi  natijasida  ko'p  miqdorda  suv  hosil  bo'ladi.  Shu  tufayli 
cho'lda  yashovchi  hayvonlarda  qahn  yog'  qatlamlari  bo'ladi  (tuyaning 
o'rkachi).  Ko'pgina  cho'l  hayvonlarining  qoplovchi  qalin  to'qimasi  mavjud- 
ligi tufayli,  ular te n  orqali suvni bugiantirmaydi,  ularning ko'pchiligi kechasi 
hayot kechiradi,  kunduz kunlari esa  uyalariga yashirinib oladi.
Hayvonlar  hayotida  ham  namlik  yoki  suv  muhim  ahamiyatga  ega. 
Hayvonlarning  suvga  bo'lgan  talabi  uch  xil  yo'l  bilan  qondiriladi:  1)  be- 
vosita  suv  ichish  orqali;  2)  o'simliklar  bilan  oziqlanish  orqali;  3)  metoba- 
lizm,  ya’ni  tanadagi  moyiar,  oqsillar  va  karbon  suvlarning  parchalanishi 
orqali.
Antilopalar,  yo'lbarslar,  jayronlar,  fillar,  sherlar,  giyenalar  har  kuni 
suv  izlab  uzoq masofalarga yo'l bosadilar.  Ular uchun ovqat tarkibidagi suv


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə