I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

siz  va  samarador  usullarini  yaratish,  sanoat  korxonalarida  chiqindisiz  tex- 
nologiyani  ishlab chiqish va joriy etishdir.
Ekologiya  umumiy  yoki 
xususiy  hamda  tarmoqli  bo'ladi-.  Umumiy 
ekologiya  yoki  sinekologiya  har  xil  sistemalar  (populatsiyalar,  jam oalar  va 
ekosistemalar)ning  tuzilishini,  xossalarini  hamda  ularning  funksional 
qonun-qoidalami,  xususiy ekologiya  yoki  autekologiya  esa  ayrim  turlarning 
ular  yashab  turgan  muhit  bilan  o'zaro  munosabatini,  turlarning  muhitga 
ko'proq  va  uzviy  moslashganligini  o'rganadi.  Xususiy  ekologiya  —  o'simlik 
va  hayvonlar ekologiyasidan  iborat.
Bugungi  kunda  ekologiya  sof  biologik  fanlar  tizimidan  chiqib,  maz- 
muni  kengayib  bormoqda.  Atrof-muhitga  zamonaviy  fan  va  texnika  ta- 
raqqiyotining  ta’siri  natijasida  ekologiya  tushunchasi  o'ta  kengayib  ketdi. 
Inson  ekologiyasi degan tushuncha  paydo  bo'ldi.
Inson  ekologiyasi yangi  fan sifatida  1921-yil Amerikalik olimlar Boijes 
va  Park  tomonidan  kiritildi.  Insoii  ekologiyasi  insonning  atrof-muhitga  va 
aksincha,  atrof-muhitning  insonga  ko'rsatayotgan  ta ’sirini  o'rgatadi.  In­
sonning  tabiatga  ko'rsatayotgan  ta’sir  doirasi  beqiyosdir,  chunki  hozirgi 
kunda  insonning  tabiatga  nisbatan  o'tkazayotgan  salbiy  ta’sirlari  natijasida 
unum dor  yerlar  eroziyaga  uchrab  unumsiz  yerlarga  aylanmoqda,  dasht 
ekosistemasi  degan  tabiiy  ekosistemalar  deyarh  yo'qolib  bormoqda,  inson 
qo'li  tegmagan  o'rm onlar  ham  juda  kam  qolgan.  Yer  yuzi  quruqligidagi 
o'rm onlar maydoni  75  %dan  25  %gacha  kamaygan.
Agar  yashil  o'simliklar  maydoni  kengaytirilmasa,  gidroenergiya  va 
atom   energiyasidan  keng  foydalanishga  o'tilmasa,  yana 
1 0 0
  yildan  so'ng 
atmosferada  kislorod  kamayib,  karbonat  angidrit  miqdori  ko'payib  kishi 
organizmning  yashashi uchun xavf tug'diradi.
Qurg'oqcliil  mintaqalarda  kishilarning  xo'jalikdan  noto'g'ri  foydala- 
nishi  natijasida  qayta  cho'llanish  hodisasi  yil  sayin  kuchayib  bormoqda. 
Hozirda  yer  qurrasi  bo'yicha  cho'llashgan  maydonlar  30  mln.  km
2
  ga  yet- 
gan bo'lib,  bu  sayyoramiz quruqlik  maydonining 
2 0
  %ni  egallaydi.
Fan  va  texnika  taraqqiy  etgan  sari  insonning  tabiatga  ta ’sir  etish 
yo'llari  va  shakllari  ko'payib,  ular  tabiatda  bo'ladigan  miqdor  o'zgarish- 
gagina  emas,  balki sifat  o'zgarishlarga  ham  ohb  keladi.
Ekologiya tabiat  bilan tirik  organizmlarning  uzviy bog'lanishini  ifoda  etar 
ekan,  u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
2.  Ekologiyaning  tarixi
Ekologiya  atamasini  birinchi  bo'lib  nemis  zoologi  E.Gekkel  1866-yilda 
fanga  kiritishni  taklif qilgan  bo'lsada,  ekologik  bilimlar  qadimgi  Yunoniston, 
Rim,  Sharq hamda  Markaziy Osiyo  mamlakatlarida o 'z rivojini topgan.
Jumladan,  Gippokrat,  Aristotel  va  shu  kabi  yunon  faylasuflari  asar- 
larida  ekologiya  haqida  ma’lumotlar keltirilgan.
Miloddan  keyin  Yevropada  Xristian  dinining  vujudga  kelishi  rnu- 
nosabati  bilan  tabiiy  fanlar  inqirozga  uchragan  bir  paytda  Markaziy  Osi-


yoda  u  anchagina  rivojlandi.  Jumladan,  o'zbek  ensiklopedist  olimi  Abu 
Rayhon  Beruniy  (973—1051)  yozib  qoldirgan  asarlarida  (uning  152  ta  asari 
bo'lib,  shundan  bizgacha  27  tasi  yetib  kelgan)  yil  va  fasllarning  o'zgarishi 
bilan  hayvonlar  va  o'simliklaming  o'zgarishi  to'g'risida  fikr  yuritilgan. 
Uning  aytishicha  birorta  hayvon  yoki  o'simlik  turi  yer  yuzini  butunlay 
qoplab  olsa,  boshqalarning  ko'payishiga  o'rin  qolmaydi.  Shuning  uchun 
dehqonlar  ekinlarni  o'toq  qiladilar,  asalarilar  asalni  bekorga  yeydigan  o'z 
jinslarini  o'ldiradilar.  Faylasuflardan  biri  Beruniy  —  yer  yuzining  o'zgarishi 
o'simlik va  hayvonlarning  o'zgarishiga  olib  keladi,  deb  ta’kidlaydi.
Beruniy  «Saydana»  degan  asarida  1116  tur  dori-darmonlarni  tavsif- 
lagan.  Bemniyning  «Qadimgi  avlodlardan  qolgan  yodgorliklari»  va  «Hindis- 
ton»  degan  asarlarida  o'simlik  va  hayvonlaming  tuzilishi  hamda  ularning 
tashqi  muhit  bilan  aloqasi  haqida  ham  qiziqarli  ma’Iumotlar keltiriladi.
Abu  Nasr  Forobiy  (873—950)  botanika,  zoologiya,  odam  anatomiyasi 
va  tabiatshunoslikning  boshqa  sohalarida  fikr  yuritib,  tabiatda  bo'lib  tu- 
radigan  tabiiy  tanlanishni  va  insonlar  tomonidan  olib  boriladigan  sun’iy 
tanlanishni  tan  oladi.
Ekologiyaga  doir  fikrlami  buyuk  davlat  arbobi,  shoir  va  tabiatshunos 
olim  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  (1482-1530)  ham  bayon  qilgan.  U 
o'zining  «Boburnoma»  degan  buyuk  asarida  o'simliklar  va  hayvonlarning 
o'xshash  tomonlari  va  farqlari  haqida  aniq  dalillar  keltiradi.  Samarqand, 
Buxoro 
hududlarida 
o'sadigan  o'simliklar  (archalar, 
butalar, 
sarv 
daraxtlari,  zaytunlar,  chinorlar)  va  hayvonlarning  ko'pchiligi  Hindistonda 
o'sadigan  o'simliklar  va  yashaydigan  hayvonlarga  o'xshash  ekanligini  ay- 
tadi.  Shu  bilan  birga  Hindistondagi  ko'pgina  hayvonlar  va  o'simliklar  en- 
demik ekanligini  qayd  qiladi.  U  bir mamlakat  o'simliklarini  ikkinchi  mam- 
lakat  yerlariga  o'tqazib  bog'lar  barpo  qilgan.  Jumladan,  Qobulga  shi- 
moldan  olcha,  Hindistondan banan,  shakarqamish  keltirib  ektirgan.  Keyin­
chalik bu  o'sim liklami  Buxoro  va  Badaxshonga  ham  yuborgan.
Ekologiyaning  keyingi  taraqqiyoti  Yevropada  XVIII  asrda  o 'z  aksini 
topadi.  Shu  zamonda  K.Linney  va  J.Byuffonlar  qimmatli  ekologik  kuza- 
tishlar  olib  borishgan.  XIX  asr  boshlarida  nemis  tabiatshunosi  A.Gumbold 
o'simlik  hayotiy  shakliarining  dastlabki  klassifikatsiyasini  tuzdi.  Shvetsariya 
botanigi  O.F.Dekaldol  o'simliklarga  tashqi  muhit  ta’sirini  o'rganadigan  eir- 
riologiya  faniga  asos  soladi  (1832-y.).  Biroq  ekologiya  hamma  olimlar  to­
monidan  tan  olingan  fan  sifatida  faqatgina  1900-yillari  shakllandi.  Dastav- 
val  o'simliklar  va  hayvonlar  ekologiyasi  sohasida  kuzatishlar  olib  borgan 
F.Klements  va  V.Shelfordlar,  moddalar  almashinuvi  va  ozuqa  zanjiri  kon- 
sepsiyalariga  asos.  solgan  T.Linderhan  va  J.Xatchinsonlar  va  k o i  siste- 
malarini  kuzatgan  E.Birdje  va  Chana  Judee  hamda  shularga  o'xshash 
boshqa  olimlarning  kuzatishlari  umumiy  ekologiya  fanining  nazariy 
asoslarini  tashkil  etdi.  XX  asr  boshlarida  o'simlik  va  hayvonlarning  tashqi 
muhit  bilan  o'zaro  ta ’sirini  o'rganish  bosh  masala  qilib  qo'yildi.  Shu  bilan 
birgalikda  organizmlaming  ichki  suv  havzalarida  yashash  sharoitini 
o'rganish  ham   boshlab  yuborildi.  Suvda  yashovchi  organizmlami  o'rga-


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə