I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81

qayta  botqoqlanish  jarayoni  markaziy  Farg'ona,  Mirzacho'lda,  Qarshi  va 
Sherobod  cho'llarida,  Amudaryo,  Sirdaryo  va  Zarafshon  daryolarining  quyi 
qismlarida,  Tajan  va  Murg'ob  deltalarida,  Vaxsh  botqog‘ida  barpo  etilgan 
agrolandshaftlarda  intensiv  ravishda  namoyon  bo'Imoqda.  Binobarin,  agro- 
landshaftlarniug 
hozirgi 
ekologik 
holatini 
optimallashtirish 
va 
sog‘lomlashtirish  uchun  ularda  insonning  xo'jalik  faoliyati  tufayli  faollashgan 
geokimyoviy jarayonlami,  modda  va  energiya  almashinuvini,  tuz-suv  balansi 
qonuniyati  buzilishini  mahalliy  va  mintaqaviy  masshtablarda  boshqarishni 
o'rganmoq va tashkil etmoq  zarurdir.
Markaziy  Osiyo  antropogen  landshaftlarining  eng  muhim  komponent- 
laridan  biri  bo'lgan  ichki  suvlari  ham  yildan-yilga  kuchli  ifloslanib  bormoqda. 
Bu  hoi  ayniqsa,  agrolandshaftlaming tarkibiy qismi bo'lgan  paxta va sholi ekin 
maydonlarida  va  hokazo  geotizimlaming  tevarak  atroflarida  yaqqol  ko'zga 
tashlanmoqda.  Yerlaming  sho'rini  yuvishda  foydalaniladigan  suvlar  zovur  va 
kollektorlarda  to'plangan  30  km
3
  miqdordagi  kuchli  minerallashgan  qaytar 
suvlar  har  yili  daryolarga,  kanallarga,  vohalaming  tevarak  atrofidagi  pastqam 
joylarga  va  cho'kmalarga  tashlanmoqda.  Natijada,  vohalar  va  agrolandshaftlar 
atrofida  sho'r  ko'llar  va  botqoqliklar  intensiv  ravishda  rivojlanmoqda.  Eko- 
logikning  bunday  holatdagi  buzilishi,  ayniqsa,  Xorazm  vohasi  uchun  xosdir. 
Shu  sababli obikor dehqonchilik  rivojlangan  hududlarda kuchli  minerallashgan 
kollektor  -   zovur  suvlarini  chuchuklashtirish  muammosi  gidromelioratorlar 
oldida turgan ulkan vazifalardan biridir.
O'zbekistonda  ekologik vaziyatni yaxshilash yo'llari
. O'zbekiston  respublikasida  tabiatni  muhofaza  qilish  va  undan  oqilona 
foydalanish  borasida  quyidagi  strategik  ishlar  olib  borilmoqda.  Aholining 
salomatligini  ta ’minlash  uchun  qulay  sharoit  yaratish  biosferaning  muvo- 
zanatni  saqlash;  O'zbekistonning  ijtimoiy  iqtisodiy  rivojlanish  samarador- 
ligi  va  barqarorligini  ko'zlagan  holda  tabiiy  resurslardan  foydalanish,  qayta 
tiklanadigan  tabiiy  resurslar  ishlab  chiqarish  va  iste’mol  jarayonlarining 
muvozanatini  saqlash,  tiklanmaydigan  resurslardan,  ishlab  chiqarish 
chiqindilaridan  oqilona  foydalanish;  tirik  tabiatning  dastlabki  turlari  va 
ulaming genofondini,  landshaftlaming xilma-xilligini saqlash.
Ekologik  muammolami  hal  etish  maqsadida  davlat  tomonidan  atrof- 
muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanishning 
O'zbekiston  Respublikasida 2005-yilgacha mo'ljallangan dasturi ishlab chiqildi. 
Bu  dasturga  muvofiq aholi  salomatligi  uchun  xavfli bo'lgan  moddalami  shahar 
atmosfera  havosiga  va  suv  havzalarida  ruxsat  etilgan  o'rtacha  darajagacha  yet- 
kazish  va  2005-yilga  borib  respublikada  ekologik  ahvolni  tubdan  yaxshilash, 
ishlab  chiqarishda  kam  chiqindili  yoki  chiqindisiz  texnologiyaga  o'tish,  tabiiy 
resurslami  tejamkorlik  bilan  ishlatish  chora  tadbirlarini  ishlab  chiqish  kabilar 
o'z  aksini  topgan.  Bundan  tashqari,  ekologik  nuqtayi  nazardan  xa'fli 
korxonalar  va  ishlab  cliiqarishni  qayta  qurish  va  zamonaviy  uskunalar  bilan 
almaslitirish  ishlarini  amalga  oshirish,  tabiatni  muliofaza  qilishda  yagona  av-


tomatlashtirilgan  ekologik  nazorat  tizimini  yaratish,  aholining  ekologik  ta’lim 
va  tarbiya  darajasini  ko'tarish.  Mo‘ljallangan  davr  orasida  tuproqni  muhofaza 
qilish  va  uning  unumdorligini  amalga  oshirish  borasida  yerlardan  oqilona  foy­
dalanishni  ta’minlash,  ilmiy  texnik  taraqqiyot  yutuqlarini  qo‘llash  hisobiga 
tog‘-kon sanoati  mahsulotining  yillik ishlab  chiqarish  hajmini  oshirish,  shu  bi­
lan birga tog*  massalari  qazib olish hajmini kamaytirish yo‘li bilan  ulami tashqi 
muliitga zararii ta’sirini  kamaytirish.
Suvni  muhofaza  qilish,  uni  ifloslanishini  oldini  olish,  sug'orishning 
ilg'or  texnologiyasini  yaratish,  sug‘orish  sistemalari  va  suvdan  qayta  foy­
dalanish  yo‘llari  hisobiga  qishloq  xo‘jaligi  va  sanoatni  suvga  bo'lgan  tala- 
bini  kamaytirish.
Orol  dengizini  saqlab  qolish  maqsadida  aholini  sifatli ichimlik suvi bilan 
ta ’minlash,  Oral  bo‘yi  aholisini  normal  sanitar  sharoitlar  va  ozuqa  bilan 
ta’minlash  uchun  Markaziy  Osiyo  davlatlari  bilan  birgalikda  qisqa  vaqt 
ichida  yagona  suv  xo'jaligi  siyosatini  ishlab  chiqish  hamda  har  bir  respub­
likaning  Orol dengiziga qo‘ya oladigan suvi,  ya’ni  (yiliga 20  — 21  km3),  Orol 
bo'yidagi barcha tabiiy ko'llami  saqlab  qolish  kabi  ishlar rejalashtirilgan.
Shahar  va  aholi  yashaydigan  punktlarda  atmosfera  havosining  sifatini 
yaxshilash,  keyinchalik  sanitar  gigiyena  normativlarga  erishish,  o'rm on 
ekotizmlar  ahvolini  yaxshilash,  ulam i  asrash  uchun  birinchi  navbatda 
o'rm on  resurslarini  tiklash,  ularni  muhofaza  qilishda  biologik  uslublarni 
qo'llash,  dorivor  o'simliklami  sanoat  ko'lamida  ishlab  chiqarish,  noyob 
o'sim lik  turlarini  saqlash.  Hayvonot  olamini  saqlash  va  ko'paytirish  uchun 
kamida  uchta  qo'riqxona  tashkil  etish.  Baliqlar  zaxiralarini  ishlab  chiqa- 
rishni  oshirish.  Yowoyi  ovchilik  hayvonlarni  sun'iy  ko'paytirish  uslublarini 
ishlab  chiqish  va  qo'llash.  Foydalanayotgan  populatsiyalardan  mxsat  etil- 
gan  ilmiy  asoslangan  me’yorda  yowoyi  hayvonlarni  ovlash,  noyob  hayvon 
turlari  populatsiyalari  holati  ustidan  monitoring  tizimini  yaratish  va  hay­
vonot  dunyosining  kadastrini  ishlab  chiqish.
Tabiiy  davolash  resurslari,  landshaftlar,  suv  obyektlari,  atmosfera 
havosi,  o'simliklar holati  ustidan  monitoring tizimini tashkil etish.
Nurlanish  xavfsizligini  ta ’minlash  uchun:  nurlanish  zonasi  radionuk- 
lidlar  ustidan  kompleks  monitoring  tizimini  yaratish.  Obyektlar  (AZO,  ra- 
dioaktiv  modda)  faoliyati  kuchli  nazorat  ostida  bo'lishini  ta ’minlash.  N ur­
lanish xavfsizlik  xizmati  ruxsatisiz  obyektlarni  ishga  tushirmashk.  Nurlanish 
xavfi to'g'risida tezkor xabar beruvchi tizimni  ishlab  chiqish.
NAZORAT  SAVOLLARI
1.  Ekologiya  fani  nimani  o'rgatadi  va u  qachon  paydo  bo'lgan?
2.  Ekologiyaning  rivojlanishida  qanday  bosqichlar mavjud  bo'lgan?
3.  Ekologiyaning qanday bo'limlarini bilasiz va ularning vazifalarini ayting.
4.  Ekologik obyektni  o'rganishning  qanday  usullari  mavjud?
5.  Ekologiyaning  qishloq  xo'jahgida  va  inson  hayotidagi  ahamiyatini 
yoritib  bering.


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə