I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

lublari  o 'z  aksini  topgan.  Ekologik  kuzatishlarni  kuchaytirish  maqsadida 
O'zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  qoshidagi  Botanika  institutida  V.A.Burigin 
rahbarligida  o'simliklar  ekologiyasi  laboratoriyasi  tashkil  etildi.  Ushbu  labo- 
ratoriya  xodimlari  cho
‘ 1
  va  chala  cho‘l  sharoitida  o'simliklaming  moslashish 
xususiyatlarini  o'rgandilar.  Natijada,  tog'  oldi  mintaqalarida  fitomeliorativ 
ishlaming  rivojianishiga  asos  solindi.  Keyinchalik  bu  ishlar  O.X.Hasanov, 
R.S.Vernik,  T.Rahimova  va  boshqalar  tomonidan  davom  ettirildi.  Cho'l 
mintaqasi  o'simliklarining  biologik  va  fiziologik  xususiyatlari  Z.Sh.Sham- 
siddinov,  I.Hamdamov,  N.Salmonov,  L.S.Tayevskaya  va  shu  kabi  olimlar 
tomonidan  o'rganilgan  bo'lib,  ulaming  asarlarida shuvoq,  izen,  komforosma, 
saksovul,  tereskin  va  shu  kabi  cho'l  o'simliklarining  xususiyatlari  turli  xil  tu­
proq  sharoiti bilan  chambarchas bog'ligi  ochib berilgan.
O'zbekistonda  hayvonlar  ekologiyasini  rivojlantirishda  hissa  qo'shgan 
olimlarga  T.Z.Zohidov,  AM.Muhammadiyev,  V.V.Yaxontov,  M.ASultonov, 
R.O.Olimjonovlami  kiritish mumkin.  Ular o'zlari va shogirtlari  bilan  birgalikda 
bu  sohaga  bag'ishlangan  yirik  monografiyalar  yaratganlar.  Jumladan,  bu  so- 
hada  ma’lum  bo'lgan  V.V.Yaxontovning  «Hasharotlar  ekologiyasi»  (1963), 
T.Z.Zohidovning  «Qizilqum  cho'lining  biotsenozlari»  (1971)  kabi  asarlarini 
keltirish  mumkin.  D.Kashkarov,  AZokirov,  APetrovlar  Qarshi  cho'lini  chu- 
qur  o'rganish  natijasida  «Qarshi  cho'lining  umurtqali  hayvonlari  ekologiyasi» 
degan  asarni  chop  ettirdilar.  Bu  asarda  sut  emizuvchi  hayvonlarning  tarkibi, 
tarqalishi,  ekologiyasi va ulardan foydalanish yoilari  asoslab berildi.
Bir  guruh  zoolog  olimlar:  X.S.Solixboyev,  O.P.Bogdanov,  T.N.Palen- 
ko,  S.T.Gubaydulina,  G .I.Ishunin,  D.Yu.Kashkarov,  N.Zokirovlarning 
ilmiy  kuzatishlari  asosida  «Nurota  tog'i  umurtqali  hayvonlari  ekologiyai» 
(1970)  nomli  asar yaratildi.
1979-yillarda  extiologiya  va  gidrobiologiya  laboratoriyasi  xodimlari 
AM.Muhammadiyev  rahbarligida  (AOmonov,  F.Zohidova,  S.Hamroyeva, 
D.Mansurova  va  boshq.)  O'zbekiston  suv  omborlari,  ko'llarining  biologik 
rejimi,  ixtiofaunasining  shakllanishi,  suvning  ifloslanishi,  suv  hayvonlari  eko­
logiyasi va suv resurslaridan  foydalanish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bordOar.
Biz  respublikamizdagi  iqtisodiy  ahvolni  yaxshilash,  ekologik  krizis 
(tanqislik)ning  oldini  olish,  xalqimizning  qadimdan  m a’lum  bo'lgan  eko­
logik  madaniyatini tiklashimiz lozim.
3.  Ekologiya  obyektlarini  kuzatish  usullari
Ekologiyada  lining  predmetlarini  obyektini  o'rganishning  quyidagi
5  ta  prinsipi  ishlatiladi:
/.  Ekoslstemani  o'rganish.  Bu  usul  bilan  ekosistemaning  shakllanishini, 
tizimini,  ekosistema  komponentlarining  (abiotik,  biotik)  o'zaro  munosabatlari- 
ni,  ular o'rtasidagi  moddalar va energiya  almashinish jarayonlarini  o'iganiladi.
2. 
Jamoani  o'rganish.  Bu  usul  jamoaning  biologik  komponentlarini 
o'rganishga  katta  e’tibor  beradi.  Jamoa  ekologiyasi  boshqacha  qilib  ayt- 
ganda  sinekologiya  deyiladi.  Jamoani  o'rganishda  awalambor,  har  xil


biologik  birliklar  (o'rm on,  cho'l,  dasht)  tarkibida  uchraydigan  o'simliklar, 
hayvonlar  va  mikroorganizmlami  o'rganiladi.  Ulaming  o'rganishda  chek­
lovchi  omillarga  alohida  e ’tibor qilinadi.
3.  Populatsiyani  o'rganish.  Populatsion  ekologiya  —  autekologiya  mu- 
am m olaiini  o'rganish  bilan  shug'ullanadi.  Hozirgi  zamonda  populatsiyani 
analiz  qilishda  populatsiya  o'sishining  matematik  modulini  tuzish  mumkin. 
Bundan  tashqari,  populatsiyadagi  u  yoki  bu  tur  sonining  saqlanib  qolishi 
yoki  kamayib  ketishi  hodisalari  o'rganiladi.  Tur  va  uning  saqlanib  qolish 
modullarini  tuzishda  uning  tug'ilishi,  hayotchanligi  va  o iim i  katta  ahami­
yatga  ega.  Shu  sababli  populatsion  ekologiya  qishloq  xo'jaligi  va  meditsina 
sohasida  uchraydigan  zararkunandalar  va  parazitlaming  ko'payib  ketish 
holatlarini  tushuntirib  berishda  muhim  nazariy  asos  bo'lib  xizmat  qiladi  va 
bu  sohada  olingan  m a’lumotlarga  asoslanib,  zararkunandalar  va  parazit- 
larga  qarshi  biologik  kurash  choralarini  ishlab  chiqilishi  mumkin.
4.  Yashash  sharoitini  o'rganish.  Yashash  sharoiti  —  bu  muayyan  bir  tur 
individ  yashaydigan  joydir.  Masalan,  chuchuk  suv  ko'Uari,  dub  o'rmonzori 
yoki  cho'l  zonasini  olib  qarasak,  bu  yerlarda  shu  sharoitlarga  moslashgan 
o'simlik  va  hayvon  turlari  yashaydi.  Har  bir  tur  o'zining  yashash  sharoitida 
aniq  bir  ekologik  burchakni  egallaydi.  Bir  xil  joyni  egallagan  ikki  tur 
o'rtasida  yashash  uchun  kurash  davom  etib  biri  ikkinchisini  siqib  chiqarma- 
guncha  bu  kurash davom  etishi  mumkin.
5.  Evolutsion  va  tarixiy  ekologik prinsiplari.  Evolutsion  ekologiya  pla- 
netamizda  hayotning  rivojlanishiga  bog'liq  bo'lgan  o'zgarishlarni  o'rganadi. 
Ya’ni  odamning  paydo  bo'lib,  atmosferaga  ta ’siri  kuchayganga  qadar 
mavjud  bo'lgan ekologik omillarning ta ’siri to'g'risida tushunchalar beradi.

Tarixiy  ekologiya  esa  kishilik  jamiyatining  rivojlanishi  va  texno- 
logiyaning  joriy  qilinishi  natijasida  ulaming  tabiatda  ko'rsatgan  ta’sirini 
ta ’minlovchi  o'zgarishlarni  o'rganadi.
Ekologik obyektlar quyidagi  usullar yordamida  kuzatiladi:
1.  Muhitning  holatini  baholash  va  uni  ro ‘yxatga  olish  usullari.  Bu  usul- 
larga  meteorologik  kuzatishlar,  haroratni  o'lchash,  suvning  tiniqligini, 
sho'rligini  va  kimyoviy  tarkibini  aniqlash;  tuproq  muhitini  aniqlash, 
yorug'lik  tushish,  radiatsion  fonni,  muhitning  kimyoviy  va  bakterologik 
ifloslanishini aniqlash va  shu  kabilar kiradi.
Bundan  tashqari,  ekolog  ekologik obyektlar va  muhitning sifat  holatlarini 
doimo  kuzatib borishi  lozim  yoki  monitoring bo'lishi  kerak.  Suv,  havo, tuproq 
va  o'simliklar  tarkibidagi  zararli  aralashmalaming  tarkibini  doimo  aniqlab  ku­
zatib  borish  hoziigi  zamon  ekologiyasining  muhim vazifalaridan  biridir.
2.  Tabiiy jamoalardagi о 'sitnliklar va  hayvonlar mahsuldorligi  va  biomas- 
sasini  aniqlash  va  uni  baholash  usullari.  Buning  uchun  nazorat  maydon- 
chalarda  individlami  hisoblash,  tuproq  yoki  suv  massasida  (hajmida)  or­
ganizmlarni  aniqlash,  marshmtni  hisoblash,  hayvonlarni  ovlash  va  ulami 
belgilab  keyin  ular  orqali  kuzatishlar  olib  borish,  hattoki  hayvonlar,  baliqlar 
sonini  daraxtlar qalinligini,  ekinlar  holati va  hosildorligini  kosmik  kuzatishlar 
yordamida  aniqlash  kabi usullar qo'llaniladi.


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə