I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

orqali  bir  o'ljadan  ikkinchisiga  o'tib- ketish  holatlarini  e’tiborga  olishmagan 
boisalar ajab  emas.
Shu  sababli  hayotni,  shu  jumladan,  inson  hayotini  saqlab  qolish 
uchun  muhim  bo‘lgan  ekologiyaning  asosiy  prinsiplarini  aniqlash  va  ularni 
joriy qilish  bizning vazifamizdir.
5.  Ekologik  muammolar
Aholi  sonining  yildan  yilga  oshib  borishi  sanoat  va  transportning  rivojla­
nishi,  fan texnikaning taraqqiy etishi,  insonning biosferaga  ko'rsatayotgan ta ’sir 
doirasini  kengaytirib  bormoqda.  Bu  esa  o'z  navbatida  u  yoki  bu  ekologik 
muammolaming  kelib chiqishiga  sabab bo'lmoqda.
Ekologik  muammo  deganda  insonning  tabiatga  ko'rsatayotgan  ta ’siri 
bilan  bog'liq  holda  tabiatning  insonga  aks  ta ’siri,  ya’ni  uning  iqtisodi- 
yotiga,  hayotida  xo'jalik  ahamiyatiga  molik  bo'lgan  jarayonlar,  tabiiy 
hodisalar  bilan  bog'liq  (stixiyali  talafotlar,  iqlimning  o'zgarishi,  hay­
vonlaming  yalpi  ko'chib  ketishi  va  boshq.)  har  qanday  hodisalar  tu- 
shuniladi.  Ekologik  muammolar  3  guruhga  bo'linadi.
1.  Umumbashariy  (global).
2.  Mintaqaviy  (regional).
3.  Mahalliy  (lokal).
Dunyo  bo'yicha  kuzatiladigan  tabiiy,  tabiiy  antropogen  yoki  sof  an ­
tropogen  hodisalar  umumbashariy  muammolar  deb  qaraladi.  Ana  shunday 
umumbashariy  muammolarga ba’zi bir misollar keltirish  mumkin: ■
Issiqxona samarasi.  Ya’ni atmosfera tarkibida  issiqxona  gazlarining  (kar­
bonat  angidridi,  metan,  azot  chala  oksidi  va  shu  kabilaming)  ko'payishi 
natijasida  yer  yuzi  isib,  iqlim  o'zgarib  bormoqda.  Bu  to'g'rida  iqlim  va  uni 
o'zgarishi  bo'limida batafsil ma’lumotlar keltiriladi.
Ozon  qatlainining siyraklanishi.  Ozon  qatlami  atmosferaning  muhim  tar- 
kibiy qismi  hisoblanadi,  u  iqlimga  va  yer yuzasidagi  barcha  tirik organismlarni 
nurlanishdan  saqlab turadi.  Ozon  quyosh  nurlari  ta’sirida kislorod,  azod  oksidi 
va  boshqa  gazlar  ishtirokida  hosil  bo'ladi.  Ozon  kuchli  ultrabinafsha  nurlami 
yutib  qolib,  yer  yuzidagi  tirik  organizmlarni  himoya  qiladi.  Ultrabinafsha  nur- 
laming  ortishi  tirik  organizmlarga  salbiy  ta’sir  etadi.  Ultrabinafsha  nurlar  ta’­
sirida  nurlanish  odamlarda  terining  kuyishiga  olib  keladi.  Bugungi  kunda  teri 
raki  bilan  kasallanish ushbu  nurlar ta’sirida  kelib chiqayotganligi aniqlangan.
Hozirgi  davrda  xlorftormetanlar  (freonlar)dan  keng  foydalanish  tufayli 
hamda  azotli  o'g'itlar,  aviatsiya  gazlari,  atom  bombalarini  portlatishlar  at- 
mosferada  yetarli  miqdorda  ozon  to'planishiga  imkon  bermayapti.  Shuning 
uchun  maishiy  turmushda  sovitkichlarda  ishlatiladigan  freondan  foydala- 
nishni  qisqartirish  va  yaqin  yillarda  uni  ishlab  chiqarishni  butunlay 
to'xtatish  ko'zda  tutilgan.
Chuchuk suv  muammosi.  Chuchuk suvning  biosferadagi  roli juda  katta. 
Gidrosferada  chuchuk  suv  miqdori juda  oz  bo'lib,  u  2,8  %ni  tashkil  etadi. 
Chuchuk  suv  zaxirasi  asosan  qutblardagi  muzliklardir.


Jamiyatning  rivojlanishi  bilan  aholining  chuchuk  suvga  bo‘lgan  talabi 
ortib  bormoqda.  Bizning  asrimizda  chuchuk  suvdan  foydalanish  7  marta 
ortgan.  Yiliga  3 -3 ,5   km
3
  suv  sarflanmoqda.  XXI  asrga  borib  ushbu 
ko'rsatkich  1,5—2  marta  ortish  imkoniga  ega.  Daryolarning  umumiy  yillik 
oqimi  yer  yuzi  bo'yicha  50  ming  km3.  Ammo  bunday  foydalanishda  chu­
chuk  suv  yetishmasligi  aniq.
Qurg'oqchil  mintaqalarda  daryolardan  to ‘liq  foydalanilganda  ularning 
suvi  yetmay  qolmoqda.  1980-yilIarda  bunday  holat  Afrika,  Avstrahya, 
Italiya,  Ispaniya,  Meksika  davlatlari,  Nil,  Sirdaryo,  Amudaryo  va  ba’zi  bir 
boshqa  daryolarda  kuzatila  boshlandi.  Daryolarning  sanoat  va  maishiy  za- 
harli  moddalar  bilan  ifloslanishi  o‘sib  bormoqda.  Sanoat  yiliga  160  km

sanoat  oqova  suvlarini  daryolarga  tashlaydi.  Bu  ko'rsatkich  daryolarning 
umumiy  suv  miqdorining 
1 0
  %ni,  ba’zi  rivojlangan  mamlakatlarda  30  %ni 
tashkil  etadi.  Daryo  toza  suvlarida  yildan  yilga  har  xil  erigan  moddalar, 
zaharli  kimyoviy moddalar va bakteriyalarning  miqdori  ortib  bormoqda.
Pestitsidlardan  foydalanish  muammosi.  Ushbu  zaharli  moddalar  guruhi 
begona  o'tlar,  zararkunanda  hasharotlar  va  boshqa  hayvonlar,  o'simliklarda 
kasalliklarni  keltirib  chiqaruvchi  mikroorganizmlarga  qarshi  kurashda  foy- 
dalaniladi.  Pestitsidlardan  qishloq  xo'jaligida,  o'rmonchilikda,  aviatsiya  yor­
damida  sepish  keng  ko'lamda  atrof-muliitni  ifloslanishiga  ohb  keladi.  Har 
yili  dunyo  bo'yicha  hosildorlikni  oshirish  maqsadida  131  mln  tonna  mineral 
o'g'it  va  qishloq  xo'jaligi  ekinlari  zararkunandalariga  qarshi  kurashish  uchun
1  mln  tonna  pestitsidlar  ishlatiladi.  Yaqin  yillargacha  O'zbekiston  hududida 
agrolandshaftlaming  har  bir  gektariga  ishlatiladigan  pestitsidlaming  o'rtacha 
miqdori  54  kg  atroflda  bo'lgan.  Bu  ko'rsatkich  Rossiyada  1 -2   kg  ni,  AQSH 
da  2—3  kg  ni  tashkil  etgan.  Pestitsidlar atmosferada  uzoq  masofalarga  tarqa­
lishi,  shuningdek  suv  orqali  dala,  daryo,  ko'llardan  o'tib  dunyo  okeanlarida 
to'planadi.  Eng  xafvli  joyi  shundaki  ular  ekologik  oziq  zanjiriga  qo'shilib, 
tuproqdan  va  suvdan  o'simliklarga,  undan  hayvonlarga  va  qushlarga  nihoyat 
oziq  va  suv  bilan  odam  organizmiga  o'tadi.  Pestitsidlaming  tirik  tabiatda  va 
odamga  ko'rsatayotgan  zarari jiddiy,  shu  bilan  birga  ular  tashqi  muhit  omil- 
lariga  nisbatan  barqaror moddalar hisoblanadi.
Tirik  tabiatdagi  o'simlik  va  hayvon  turlari sonining  qisqarishi  muammosi. 
Yer  yuzidagi  hayotni  ta’minlashda  o'simlikiar  dunyosi,  ayniqsa,  o'rmonlar- 
ning  ahamiyati  beqiyosdir.  Hozirgi  vaqtda  yer  yuzi  quruqligining  25  %ni 
o'rm onlar  tashkil  etadi.  Ular  shimoliy  yarim  sharda  va  tropik  mintaqalarda 
tarqalgan.  Biroq  hozirgi  kunda  o'rmonlaming  holatini  yaxshi  deb  bo'lmaydi. 
Chunki,  har  yili  3  mlrd  m
3
  hajmda  o'rmonlar qirqilmoqda.  FAO  ma’lumot- 
lariga  ko'ra  bu  ko'rsatkich  yaqin  yillar orasida  1,5  martaga oitislii  mumkin.
Insoniyatni,  ayniqsa,  tropik  va  subtropik  o'rm onlar  muammosi  tash- 
vishga  solmoqda.  U  yerlarda  yiliga  dunyo  miqyosidagi  qirqilishi  kerak 
bo'lgan  o'rm onlam ing  yarmidan  ko'pi  kesib  tashlanmoqda.  160  mln  gektar 
tropik  o'rm onlar  vayron  bo'lgan,  atigi  yiliga 
1 1
  mln  gektar  maydon  tik- 
lanmoqda.  Floraning  kamayib  ketishi  «Qizil  kitob»  yaratilishiga  sabab 
bo'ldi  (
1
-jadval).


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə