I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

3.  Tashqi  muhit  omillarining  tirik  organizmlar  faoliyatiga  ta ’sirini 
o'rganish.  Bu  usul  turli  xillarda  amalga  oshiriladi.  Chunonchi,  u  yoki  bu 
obyekt  yuzasidan  uzoq  vaqt  va  murakkab  kuzatishlar  olib  boriladi.  Bunda 
ko'pincha  tajriba  kuzatishlar  o'tkaziladi.  Bu  usullar  bilan  ekosistemani  do- 
imiyligini va  uning tarkibidagi  o'simliklar  hayvonlar va  odamlarning  har xil 
sharoitga  moslashish belgilarini  aniqlash  mumkin.
4.  K o ‘p   turli  jamoalardagi  organizmlarning  o'zaro  munosabatlarini 
o'rganish  usuUari.  Bu  usullar  ekosistemaning  muhim  qismi  hisoblanadi. 
Ular  yordamida  tabiatda  yoki  laboratoriyada  organizmlarning  trofik  m u- 
nosabatlarini  aniqlash  mumkin.  Masalan,  radioaktiv  izotoplar  yordamida 
bir  organizmdan  ikkinchi  organizmga  qancha  miqdorda  organik  moddalar 
va  energiya  (ya’ni  o'simliklardan  o‘txo‘r  hayvonlarga,  o ‘txo‘r  hayvonlardan 
yirtqichlarga)  o'tganligini  aniqlash  mumkin.
5.  Matematik  modellashtirish  usullari.  Bu  usul  bilan  atmosferaning 
ifloslanishi,  daryolarning  o ‘z-o ‘zini  tozalash  holatlarini  aniqlash  oson,  bi­
roq ekologik  sistemalarni  modellashtirish  biroz  qiyinroqdir.
4.  Ekologiyaning  qishloq xo‘jaligida  va  inson  hayotidagi  ahamiyati
Ekologiyani  o'rganishning  ikki  aspekti  (tomoni)  bor.  Birinchisi  —  ta ­
biiy  muhitni  faqat  bilish  uchun  (undan  foydalanish  bilan  emas)  o'rganish. 
Ikkinchisi  — tashqi  muhit  to ‘g‘risidagi to‘plangan ekologik bilimlarni tashqi 
muhit  bilan  bog‘langan  u  yoki  bu  muammolami  yechishga  qaratish  va 
ularni  yechish.  Ekologiyaning  bu  ikki  aspekti  bir  vaqtning  o'zida  taraqqiy 
etib  borgan.  Tabiat  hodisalarini  tushuntirishda  fizika  va  kimyo  fanlarining 
qonuniyatlaridan  foydalanib  kelinmoqda.  Masalan,  cho‘l  zonasidagi 
ekinlami  sug‘orish jarayonini  kuzatsak,  bunda  tuproqdagi tuzlar tuproqning 
yuqorigi  qatlamlaridan  yuvilib  ketmaydi,  aksincha,  kuchli  bug‘lanish  nati­
jasida  suv  yuqoriga  ko'tarilib,  tuzlar  tuproqning  yuza  qatlamida  to'planib 
qoladi,  demak,  kimyo  va  fizikaning  umumiy  qonunlariga  asoslanib  aytish 
mumkinki,  irrigatsiya  noto‘g‘ri  tashkil  qilingan  ko'pchilik  vaqtlarda  cho'l 
zonasi tuproqlarni  so'zsiz sho'rlantirishga  olib  kelishi  mumkin.
Populatsiyalar  ekologiyasini  matematik  usullar  bilan  o'rganish  shuni 
ko'rsatadiki,  yirtqichlar  individlari ko'payib  ketganda  populatsiyadagi  individlar 
soni  qisqarib  ketadi.  Shuning  uchun  u  yoki  bu  yowoyi  hayvonlar  ustidan  ov 
qilinganda  eng  intensiv  ov  qilish  u  yoki  bu  yowoyi  hayvon  populatsiyasi  in- 
dividlar soni eng  past  darajada  qoldirish va bu  qoldirilgan individlarning  inten­
siv ko'payishi  uchun  ozuqa yetarli darajada saqlanib qolishi lozim.
Intensiv  ov  qilishni  tartibga  solib  turish  lozim.  Ov  qilinadigan 
xo'jaliklarda,  ularning  samaradorligini  oshirib  turish  uchun  ov  qilish  mud- 
datlari,  ov  qilishning  kunlik  me’yorini,  qurol  ishlatish  va  hattoki,  litsenziya 
qiymatlarini  ham  tartibga  solib  turish  lozim.
Ko'pincha  ekologiyaga  maslahat  tariqasida  kamdan-kam  murojaat  qi- 
lishadilar.  Vaholanki,  ko'pchilik  xo’jalik  va. boshqa  ishlar  ekologiyasiz  hal 
bo'lishi  qiyin.  Masalan,  seleksioneriar  bir  necha  yillar  seleksion  ishlar  ohb


borishlari  natijasida  har  xil  kasalliklarga  va  zararkunandalarga  chidamli 
liavlarni  yetishtirishga  harakat  qiladilar.  Biroq  ular seleksion  ishlar bilan  bir 
qatorda  hayoliga  keltirmasdan  shu  yangi  yaratilayotgan  navlarga  moslash­
gan  hasharotlar,  viruslar  va  zamburug
1
 laming  yangi  liniyalarini  ham  tanlab 
boradilar.  Natijada,  yaratilgan  «ideal»  nav  kasallanadigan  bo'lib  qoladi.
Sug'orish  va  gerbitsidlarni  ishlatish  o ‘simlikning  hosildorligini, 
zararkunandalarga  chidamlilik  xususiyatlarini  oshirishi  mumkin,  xuddi 
shunday  bo'ladi  ham.  Biroq  shu  tadbirlarga  ajratilgan  kimyoviy  moddalar 
va  irrigatsiya  ishlari  uchun  ketgan  xarajatlar o'zini  qoplamasligi  ham  m um ­
kin.  Masalan,  qachonlardir  Kosta-Rikada g'o'zani  introduksiya  qilib  o'stira 
boshladilar.  Birinchi  vaqtlarda  bu  davlatda  paxtachilik  gullab  yashnadi.  Le­
kin  bu  yerda  ham  boshqa  davlatlardagidek  paxtaga  hasharotlar  bora-bora 
ko'proq  zarar  keltira  boshladi.  Awal  kamroq  miqdorda  ishlatilgan  kimy­
oviy  moddalar  hasharotlarni  zararsizlantirgan  bo'lsada,  keyinchalik  hasha­
rotlar  bu  xil  kimyoviy  moddalarga  moslasha  boshladilar  va  ularga  qarshi 
kuchli  va  ko‘p  miqdorda  ishlatilgan  kimyoviy  moddalar  ishlatila  boshlandi. 
Shundan  keyin  pestitsidlarga  ketgan  xarajat  paxtadan  keladigan  da- 
romaddan  oshib  ketdi  va  bu  Kosta-Rikada  paxta  yetishtirishga chek qo'ydi. 
Tabiiy  jamoalarning  yemirilishiga  sababchi  bo'lgan  insonning  salbiy 
ta ’sirini  quyidagi  misolda  ham  ko'rish  mumkin.  Kalifomiyaning  chiroyii 
oromgoh  manzaralarida  Klir-Leyk  ko'li  bo'lib  uzunligi  30  km  ga  teng. 
Qachonlardir,  bu  ko'l  baliq  ovlaydigan,  suv  chanasi  suzadigan  va  odam- 
larning  dam  oladigan  oromgohi  bo'lgan.  Bu  davrda  odamlar  uchun  tash- 
vish  soluvchi  kichik  ikki  qanotli  pashshalar  paydo  bo'lgan.  Ular  odamlarni 
chaqmagan,  faqat  sham,  chiroq  yoqqanlarida,  yomg'lik  atrofida  to'planib 
yurgan.  Ikkinchi  jahon  urushi  tugagunga  qadar  ham  bu  pashshaga  qarshi 
kurashishning  samarador  usuli  yo‘q  edi.  Faqat  D D D   va  DD T  olingandan 
so'ng  1949-yilda  ko'l  shu  pestitsidlar  bilan  qayta  ishlandi  (0,02  %).  N a­
tijada,  keyingi  2—3  yil  mobaynida  pashshalar deyarli  yo'qoldi.  K o'l  atrofida 
turning  juda  kamdan-kam  individlari  qolgan  edi.  Biroq  1951-yildan  so'ng 
pashshalar  soni  yana  ko'paya  boshladi  va  1954-yilda  ko'l  D D D   bilan  qay- 
tadan  ishlandi  va  natijada,  pashshalar  yana  kamaydi.  Biroz  vaqt  o'tgandan 
keyin,  suvda  suzib  yuruvchi  qushlar  pestitsidlardan  zararlanib  o'la  boshladi. 
Bunga  ko'pchilik  e’tibor  ham  berishmadi.  DDD  bilan  qayta  ishlangandan 
so'ng,  pashshalar  populatsiyasi  birinchi  ishlovdan  ham  ko'proq  tiklana 
boshlandi  va  1957-yilda  qilingan  uchinchi  qayta  ishlash  samarasi juda  kam 
bo'ldi.  Shundan  keyin  pashshalar  DDDga  nisbatan  moslashib,  chidamli 
bo'lib  qolganliklari  to'g'risida  olimlarda  tushuncha  paydo  bo'la  boshladi. 
Suvda  suzib  yuruvchi  qushlar  o'limi  ko'payib  ketdi  va  o'lgan  qushlarni 
ekspertiza  qilganda  bu  pestitsidlarning  ta ’siri  ekanligi  m a’lum  bo'ldi.  Bu 
tadbir  DDDga  chidamli  pashshalar  liniyalarini  hosil  qilishga,  suvda  suzib 
yuruvchi  qushlar  populatsiyasining  qisqarishiga  va  suvdagi  baliqlar  hayotiga 
xavf  tug'dirishiga  olib  keldi.  Bu  tadbir  tarafdorlari  pashshalar  populatsi­
yasining  zaharli  pestitsidlarga  nisbatan  chidamli  bo'lib  qolishlik  xususi- 
yatini,  D D D   qoldiqlarining  hayvon  organizimida  to'planib,  ozuqa  zanjiri


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə