I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

nuvchi  gidrobiologlar  biomassa  (nemis  olimi  T.Dem ol),  biotsenoz  mahsu- 
loti  (R.Demol,  A.Tineman)  tushunchalarini  ta ’riflab  berdilar.  Ekologlar 
o ‘z  tajribalarini  dala  sharoitida  olib  boradigan  bo‘ldilar.  Ular  zararkunan- 
dalar,  kemiruvchilar  va  ov  qilinadigan  sut  emizuvchilar  sonining  o‘zgarib 
turishini  analiz  qildilar,  qor  qoplamining  hayvonlarga  ta ’sirini  o'rgandilar, 
tuproqda  yashaydigan  umurtqasizlami  tekshirdilar.
Ekologiya  fanini  rivojlantirishga  ekosistema  va  biogeotsenoz  tu- 
shunchalarining  shakllanisliiga  ham  katta  hissa  qo'shdi.  Ingliz  olimi 
A.Tensli  (1935)  birgalikda  yashaydigan  avtotrof  va  geterotrof  orga- 
nizmlarning  har  qanday  to ‘dasi  va  ular  hayoti  uchun  zarur  bo'lgan  abiotik 
muhitni  ekosistema  deb  atadi.  Akademik  V.N.Sukachev  esa  yer  yuzining 
muayyan  hududida  yashaydigan  o'simliklar,  hayvonlar  va  mikroorganizm- 
larning,  shu  hudud  landshafti,  iqlim,  tuproq  hamda  gidrologik  sharoitlari 
bilan  birligini  biogeotsenoz deb  nomladi.  Bu  tushunchalarning  fanga  kiritil- 
ishi,  ekologiyaning  har  xil  bo'limlarini  bir-biriga  yaqinlashtirish  imkonini 
berdi va  XX  asr boshlarida botanik va  zoolog  olimlar quruqlikdagi ekologik 
kuzatishlarni  alohida-alohida  olib  bordilar  va  natijada,  o'simlik  gu- 
ruhlarining  tuzilish  qonuniyatlarini  o'rganuvchi fitosotsiologiya  (keyinchalik 
fitotsinologiya)  fani  paydo  boidi.  Shu  davrda  guruhlarning  almashinish 
jarayonlari  qonuniyatlarini o'rganish  (suksess:ya)  davom  ettirildi.
O'simliklar 
guruhlarini 
o'rganishda 
T.F.Morozovning 
«O'rmon 
to'g'risidagi  ta’limoti»  (1912-y.)  va  V.N.Sukachevning  «O'simlik  guruhlari 
haqidagi  ta ’limotga  kirish»  (1915-y.)  asarlari  muhim  ahamiyat  kasb  etdi. 
Hozirgi  zamon  nazariy  ekologiyasining  rivojlanishiga  ingliz  olimi  Ch.Elton- 
ning  «Hayvonlar ekologiyasi» kitobi  (1927)  liam katta ta ’sir ko'rsatdi.
XX  asrning  20—30-yillarida  akademik  V.I.Vernadskiy  biosfera 
to'g'risidagi  ta’limotni  yaratib  ekologiyani  rivojlanishiga  katta  hissa 
qo'shdi.  30—50-yillarga  kelib,  ekosistema  doirasida  moddalar  aylanishi  va 
energiya  oqimini o'rganish  singari  umumekologik  muammolar ko'tarildi.
40—50-yillarda  T.A.Rabotnov  va  60-yillarda  A.A.Uranov  o'simlik- 
larning  populatsiyalari  to'g'risidagi  ta’limotga  asos  soladilar.  Keyinchalik 
chet ellarda  ham  (ingliz olimi J.Xarper)  shunga  o'xshash  ilmiy  islilar paydo 
bo'la  boshladi.  50-yillarga  kelib  umumiy  ekologiya  fani  shakllandi.  Uning 
shakllanishi  va  rivojlanishiga  gidrobiologiya  sohasida  erishilgan 
yutuqlar, 
quruqlikda  yashaydigan  hayvonlar  va  o'simliklar  ekologiyasiga  oid 
to'plangan  ma’lumotlar,  ekosistema  yoki  biogenotsenoz  tushunchalarining 
ifodalanishi,  ekologiyani  o'rganishda  matematik  usullarning  keng joriy  etil- 
ishi  va shu  kabilar muhim  ahamiyat  kasb  etdi.
Hozirgi  zamon  ekologiyasining  xarakterli  xususiyati.  butun  biosferani 
qamrab oluvchi jarayonlami tadqiq etishdir.  Olimlar tomonidan  odam va bios­
fera o'rtasidagi o'zaro  munosabatlar (tasirlar)  sinchiklab o'rganilmoqda.
Bu  sohadagi  xalqaro  biologik  dastur  doirasida  olib  boriladigan  ishlar 
1964-yilda  boshlandi.  Uning  asosiy  maqsadi  —  yer  sharining  turli  xil joylar- 
dagi  ekosistemalaming  mahsuldorligini  o'rganish.  Ekologiyaning  asosiy vazi- 
falaridan  biri,  bu  odam  yaratgan  tabiiy  va  sun’iy  sistemalaming  tuzilishini


ham  funksional  asoslarini  miqdoriy  usullar  yordamida  batafsil  o'rganishdan 
iborat.  Individlarning  joylashishini  populatsiyaning  yoslii,  jinsiy  va  ekologik 
tizimini  o‘rganish  ham  ekologiyaning  vazifasidir.  Bunda  qishloq  va  o'rm on 
xo'jaligi  zararkunandalari,  kasallik  qo'zg'atuvchi  va  tarqatuvchilar  populatsi­
yalari sonining  o‘zgarishiga  alohida e’tibor berilishi  lozim.
Markaziy Osiyo va O'zbekiston ekologiya fanini rivojlantirish sohosida bir 
qancha olimlar o 'z hissasini qo'shganlar va o'z maktablarini shakllantirganlar.
1930-yillarda  ekologiya  yo'nahshlariga  asoslangan  Markaziy  Osiyo 
maktabi  hozirgi  M .Ulug'bek  nomidagi  O'zbekiston  Milliy  Davlat  Univer- 
siteti  qoshida  shakllandi.  Maktab  o'lkaning  biologik  jamoalarini,  ularning 
tarkibiy  qismlarini  o'rganish  bilan  birga  ekolog  mutaxassislar  tayyorlashda, 
ekologiyani  rivojlantirishda  ham  ahamiyatga  ega  bo'ldi.
1930-yillarga  kelib  ekologik  ilmiy  izlanishlarning  natijalari  ilmiy  asar- 
larda  o 'z  aksini  topa  boshladi.  Bularda  faqat  ma’lum joyning  ekologik  ho- 
lati  haqida  gap  bormay,  balki  ekologiya  fanining  asoslari  biotsenologiya  va 
fitotsenologiya  kabi sohalari  ham  rivojlantirildi.
Markaziy  Osiyo  ekologlarining,  ayniqsa,  o'lkaning  ayrim  landshaft- 
larining  ekologiyasini  o'rganish,  tizim,  faolligi,  dinamikasi  va  evolutsiyasi, 
shuningdek,  tabiiy  resurslardan.oqilona  foydalanishning  muammolari  ish­
lab  chiqildi.  D.N.Kashkarov  ishlarida  landshaftning  ayrim  elementlari  va 
ularning  o'zaro  bog'liqligi,  birligi  hamda  modda  va  energiya  almashinuvi, 
namlik,  tuproq  va  biotik  omillaming  roli,  antropogen  omilining  landshaft- 
larga ta ’siri va  boshqalarni  ochib  bergan.
P.A.Baranov  va  I.A.Raykovalar  Pomir  tog'larida  cho'l  biotsenozlari- 
ning  kelib  chiqishi,  dinamikasi  va  evolutsiyasida  organizmlarning  hayotida 
noqulay  haroratning  ahamiyati,  madaniy. biotsenozlarni  yuqori  tog'  sharo- 
itida  yaratish  masalalari  ishlab  cliiqildi.  R.I.Abalin,  Ye.P.Korovin, 
M.V.Kultiasov  va  I.I.Granitovlarning  ekolog  —  fitotsenologik  qarashlari 
ularning  chop  etgan  bir  qator  ishlarida  o 'z   aksini  topgan.  Markaziy  Osiyo- 
dagi  hayvonlar  ekologiyasi  yo'nalishlari  bo'yicha  kompleks  ilmiy  ishlar 
T.Z.Zohidov nom i bilan chambarchas  bog'hq.
T.Zohidov  Qizilqum  cho'Llatilling  o'ziga  xos  hayot  makoni  ekanini, 
qumU,  sho'rxok loyli  va toshloq clio'llarmi mustaqil biotoplar sifatida tavsiflab, 
ularni o'z navbatida  mayda  hududiy birliklar,  ya’ni fatsiyalarga ajratib berdi.
D.N.Kashkarov  va  T.Z.Zohidov  va  boshqalaming  asarlarida  har  bir 
tashqi  muhit  omili  (geologik,  tarixiy,  orografik,  iqlim,  substrat,  o'simliklar  va 
hokazolar)  ta’sirida  ma’lum  hududlar  bo'yicha  hayvonlar  guruhi  hamda  biot- 
senozlaming taqsimlanganligi  ochib  berilgan.
O'zbekistonda  o'simliklar  ayrim  turlarming  ekologiyasini  (autekologiya) 
o'rganish  ishlari  Ye.T.Korovin,  M.V.Kultiasov  va  M.S.'Popovlarning  ishlari 
bilan  bog'langan.  O'zbekistonda  ekologik  yo'nalishdagi  ishlarning  asoschilari 
D.N.Kashkarov  va  Ye.P.Korovin  hisoblanadi.  1930-yillarda  bu  olimlar  to­
monidan  «Muhit  va jamoa»,  «
0
‘rta  Osiyo  va  Qozog'iston  cho'llarining  tur­
lari  va  ulardan  xo'jalikda  foydalanish  istiqbollari»,  «Cho'llardagi  hayot»  kabi 
ilmiy  asarlar  chop  etilib,  bu  asarlarda  ekologiya  fani  va  uning  vazifalari,  us-


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə