I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81

1-jadvat
Yo'qolish xavfidagi  turlar  soni  (Xalqaro  «Qizil  kitob»  ma’Jumoti bo‘yicha)
t/r
Taksonlar
Turlar
Kenja
turlar
Jami
Umumiy turlar soniga 
nisbatan  %  hisobida
1
Sut  emizuvchilar
227
93
320
6 , 2
2
Qushlar
264
167
431
4,6
3
Sudralib  yuruvchilar
74
61
135
1 , 8
4
Amfibiyalar
34
7
41
2 , 8
5
Chuchuk suvdagi baliqlar
169
25
194
• 
3,5
6
Yuksak  o'simliklar
25000  dan  kam  emas
1 0
  dan  kam  emas
Aholi  sonining ortishi,  xo‘jalik faoliyatining  kengayishi tufayli  tabiatning 
inson  qo‘li  tegmagan  joyi  qolmayapti.  Hayvonlaming  asosiy  ko'payish 
hududlari, 
migratsiya 
qiluvchi  yo'llari, 
dam 
olish  joylari 
tuyoqli 
hayvonlaming  oziqlanish  maydonlari  sun’iy  qoplamlarga  aylangan,  suvlar 
bosib,  mol  boqib  yoki  haydab  yuborilgan.  Ayniqsa,  nam  tropiklarda 
ko'pchilik hayvon turlarining  qirilib ketishi  kuzatilmoqda.
O'simlik  va  hayvon  turlarini  davlat  muhofazasiga  olish,  qonunlar 
orqali  ovchilikni  to ‘g‘ri  yo‘lga  qo'yish,  shuningdek  qo'riqxonalar,  za- 
kazniklar,  milliy  bog'lar,  botanika  bog'lari  va  «Qizil  kitob»lar  o'simlik  va 
hayvon turlarini asrashda  katta  rqj  o'ynaydi.
Mintaqaviy ekologik muammolar
Yer  yuzasining  muayyan  mintaqasi  o ‘ziga  xos  tabiiy-iqlim,  ijtimoiy- 
ekologik,  etnograflk  xususiyatlari  uni  tabiat  bilan  inson  o'rtasidagi  o'zaro 
aloqa  munosabatlari  xususiyatini  belgilab  beradi.  Mintaqaviy  ekologik 
muammolarga  baho  berishning  mezoni  havo  va  suvning  ifloslanishi,  belgi- 
langan  miqdordan  oshib  ketishi,  tuproq  eroziyasi,  yaylovlarning  ishdan 
chiqishi,  o'rmonlarda  daraxtlarni  kesish va boshqalar hisoblanadi.
Markaziy  Osiyoda  mintaqaviy  ekologik  muammolardan  eng  muhimi 
Orol  va  Orol  bo'yi  ekologik  muammosidir.  Bu  sohadagi  batafsil 
ma’lumotni  Orol  dengizi  muammosi qismidan  olasiz.
Bundan  tashqari,  Respublikada  keskin  bo'lib  turgan  ekologik  va  tabi­
atni  muhofaza  qilishga  oid  muammolarga:
1)  yirik  -   hududiy-sanoat  majmualari joylashgan  tumanlarda  (Angren
-   Olmaliq  -   Chirchiq,  Farg'ona  -   Marg'ilon,  Navoiy va  hokazo)  tabiatni 
muhofaza  qilish  muammolari;
2
)  agrosanoat  majmuyidagi  ekologik  mammolar;
3)  tabiatdagi  suvlarning  sanoat  chiqindilari,  pestitsidlar  va  mineral 
o'g'itlar bilan  ifloslanishi.
O'simlik  va  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  qayta  tiklash 
muammolari,  qo'riqxonalar  va  milliy  bog'lar  tarmog'ini  kengaytirish  va 
hokazolar kiradi.


Xalq  xo'jaligining  barcha  tarmoqlari,  ayniqsa,  sanoatda  va  transportdan 
«chiqindi»  deb  nom  olgan  qo'shimcha  mahsulot  ajralib  chiqadi.  Bu  mahsu- 
lotlar  respublikamizning  ba’zi  bir  hududlarida  ko'p  chiqarilmoqda  va  nati­
jada,  tabiatni  bulg'ab,  barcha  tirik  organizmlar,  xususan  inson  salomatligi 
uchun  zarar  keltirmoqda.  Ana  shunday  atmosfera  havosini  buzadigan 
chiqindilarga  tutun  va  har  xil  zaharli  gazlar  kirib,  ular  ko'pincha  Olmaliq, 
Angren,  Farg'ona,  Qarshi,  Samarqand,  Navoiy,  Jizzax,  Toshkent,  Chirchiq, 
Bekobod  va  shu  kabi  sanoati  rivojlangan,  transport  qatnovi  katta  bo'lgan 
shaharlar havosini  ifloslantirmoqda.
Birgina  Samarqand  shahrida  atmosfera  havosini  ifloslantirishda  kimyo 
zavodi,  «Chinni  ishlab  chiqaruvchi»,  «Xolodilnik  (muzlatgich)»,  vino-spirt, 
konserva  ishlab  chiqaruvchi,  paxta  tozalash  zavodlari,  mebel  fabrikasi  va 
boshqalar  ishtirok etmoqda.
Havodagi  ifloslanishlaming  70 —  80  %  avtomashinalarga to'g'ri  keladi.
Yu.V.Novekov,  Beknazarovlaming  (1983)  yozisliicha avtomobillar havoga 
200  dan  oitiq  turli  aerozol  zarrachalarni  chiqaradi.  Har  bir  avtomobilga  bir 
yilda  200  kg  (asosan  benzin)  va  300  ming  kg  havo  sarflanadi.  Ana  shu  yo- 
qilg'idan  bitta  avtomobil  havoga  bir  yilda  700  kg  uglerod  oksidi,  230  kg  yon- 
magan uglevodlar,  30  kg azot oksidi va 2—5  kg  kattiq moddalar chiqaradi.
Samarqand  shahrida  100  mingdan  ortiq  avtomobillar  mavjud.  Avtomo­
billar  ko'p  yuradigan  katta  ko'chalar  atrofida  uglerod  oksidining  miqdori 
mxsat etilgan  me’yordan  (REM)  2 — 3  marta,  azot oksidi 2  —  2,5  marta or- 
tiqligi  kuzatilgan.  Shaharda  A.A.Rudakiy,  Yu.A.Gagarin,  Y.Oxunboboyev, 
«Universitet  hiyoboni»,.  A.Ikromov,  A.Temur,  Sh.Rashidov,  V.Abdullayev 
ko'chalarida gazlar bilan  ifloslanish juda kuchli.
Samarqand  va  Navoiy  shaharlari  aholisi  uchun  mahalliy  ahamiyatga 
ega bo'lgan  muammolardan  yana  biri  Zarafshon  daryosining  og'ir  metallar 
bilan  ifloslanishidir.  A.Raxmatullayev  va  R.I.Mamajonovlarning  (1998) 
ma’lumotlariga  qaraganda  bu  shaharlarga  yaqin  Zarafshon  daryosining  suvi 
tarkibida  mis  va  nix  m e’yorlaridan  1,5  —  20  marta,  olti  valentli  xromning 
o'rtacha  miqdori  Navoiy  shahri  yaqinida  4  barobar  ortiqligi,  eng  ko'p 
miqdori  17,4  marta  ko'pligi  aniqlangan.
Bundan  tashqari,  har  birimizning  hovlimiz,  uy-joyimiz,  mahalla  va 
tanamizning  sanitariya  holati  ham  ba’zi  ekologik  muammolarga  olib  kelishi 
mumkin.
Markaziy  Osiyo  agrolandshaftlarining  ekologik vaziyatining  buzilishiga 
ta’sir  etuvchi  omillardan  yana  biri  madaniy  tuproqlarning  qaytadan 
sho'rlanish  jarayonidir.  Tuproqlarning  qaytadan  sho'rlanishning  asosiy  sa­
babi  sug'oriladigan  suvlardan  keladigan  qo'shimcha  tuzlar,  tuproqlarning 
quyi  qatlamidagi  ona  jinslar  tarkibida  bo'lgan  tuzlarning  faollashuvi,  grunt 
suvlarining  minerallashishi  va  boshqa  jarayonlardir.  Bular  o‘z  navbatida 
tuproqlarda  suv-tuz  balansi  qonuniyatining  buzilishiga  olib  keladi.
Hozirgi  paytda  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  madaniy  tuproqlarning


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə