I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81

tonna  kislorod  bor.  U  organizmlarni  hosil  qiluvchi  oqsil,  yog‘,  uglevodlar 
tarkibiga  kiradi.  Organizmlar  hayot  kechirish  uchun  zarur  bo'lgan  energi- 
yani  oksidlash  hisobiga  oladi.  Tabiatda  o'simliklar  sarflangan  kislorod 
o'rnini  to'ldirib  turadi.  Atmosferada  azot,  kislorod  aralashmasi  rolini 
o'ynab,  oksidlanish  sur’atini  va  binobarin,  biologik  jarayonlami  tartibga 
solib  turadi.  Karbonat  angidrid  gazi  tabiatda  katta  ahamiyatga. ega  bo'lib,  u 
yashil  o'simliklaming  oziqlanishi  uchun  zamrdir.  Shuningdek,  u  yeming 
issiqlik  balansini  tartibga  solib  turadi.  Raketa,  sun’iy  yo'ldosh  yordamida 
va  kosmonavtlarning  oUb  borgan  kuzatishlaridan  m a’lum  bo'ldiki,  atmos­
feraning 
1 0 0
  km  gacha  baland  bo'lgan  qismida  ham  uning  tarkibi  (suv 
bug'lari  va  azotning  miqdori  oshib  borishini  hisobga  olmaganda)  yuqorida 
qayd  qilingan  gazlardan  iboratdir.  Atmosfera  massasida  0,2—4,0  %gacha 
suv  bug'i  bo'lib,  shuni  10  dan  9  qismi  5  km  balandlikkacha  bo'lgan  pastki 
qismida  uchraydi.
1 0 0 0 — 1 2 0 0
  km  balandlikda  atmosfera  asosan  kislorod  va  azotdan,  un- 
dan  yuqorida  2500  km  gacha  bo'lgan  qismida  geliy  gazidan,  2500  km  dan 
yuqorida  esa  eng  yengil gaz—vodoroddan  iborat.
Atmosferaning  quyi  tarkibida  bu  gazlardan  tashqari  har  xil  yo'llar  bi­
lan  vujudga  kelgan  zarrachalar  aerozollar  (tutun,  chang-to'zon  va  yemiri- 
lishdan  vujudga  kelgan  zarrachalar,  vulqon  ko'li,  radiaktiv  moddalar)  ham 
bor.
Atmosfera  bir-biridan  gazlaming  tarkibi,  zichligi,  harorati  jihatidan 
farqlanuvchi  5  ta  asosiy  qatlamga  va  4  ta  o'tkinchi  qatlamga  (pauzaga) 
bo'linadi.
1

Troposfera  (tropos  — yunoncha  burilish,  o'zgarish  demakdir)  atmos­
feraning  eng  pastki,  quyi  qismi,  uning  balandligi  qutbiy  kengliklarda 
8 — 1 0  
km,  o'rtacha  kengliklar  ustida 
1 1 — 1 2
  km,  ekvator  ustida  hatto  16—18  km. 
Butun  atmosfera  massasining  80  %  qismi  troposferada  joylashgan.  Atmos­
feradagi  suv  bug'larining  deyarli  hammasi  shu  qismda  joylashgan.  Tropos­
ferada  havo  zich bo'lib,  bulutlar,  yomg'irlar,  shamollar vujudga  keladi va shu 
jihatdan  u  yer  yuzasi  uchun juda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Troposferada 
havo  harorati  har  100  metr  yuqoriga  ko'tarilgan  sari  o'rta  hisobda  0,6°C  so- 
vib  boradi.  Natijada,  troposferaning  yuqori  chegarasida  harorat  ekvator 
ustida  — l-65°C, shimoliy qutb  ustida  —45—50°C sovuq bo'ladi.
Tropopauza  troposfera  bilan  stratosfera  orasidagi  zona  bo'lib,  tropos- 
feraga  o'xshaydi,  lekin  eng  yuqori  qismida  suv  bug'lari  kam  bo'lib,  gazlar 
siyraklasha  boradi,  harorat past  bo'lib,  —72  °C  ga  yetadi.
Stratosfera  atmosferaning  5 0 -6 0   km  balandlikkacha  bo'lgan  qismi, 
u  butun  atmosfera  massasining.  10  %ni  tashkil  etadi.  Stratosferada  havo 
siyrak  u  asosan  troposferadagi  gazlardan  iborat  bo‘lsa-da,  lekin  unda 
azon  gazining  miqdori  ko'proq.  Stratosferaning  quyi  qismi  harorat  yozda 
ekvator  ustida  —  70°C,  qutblar  ustida  —  56°C  ga  pasayadi,  lekin  3 5 -5 5  
km  balandlikda  harorat  ko'tariladi  va  +10°C,  —35°C  ga  yetadi.  Bu  qat- 
lamda  tezligi  soatiga  340  km  ga  yetadigan  shamollar ham  bo'lib  turadi.
Stratopauza  stratosfera  bilan  mezosfera  orasidagi  o'tkinchi  bo'lib,  bu


yerda  havo  siyraklashgan,  harorat  esa  ko‘tarilib  0°C  atroflda  bo'ladi.
3.  Mezosfera  atmosferaning  50—60  km  dan  80—85  km  gacha  bo'lgan 
qismini  egallaydi.  Bu  qatlamda  havo  bosimi  kam,  havo  yer  yuzasiga  nis­
batan  200  marta  siyrak,  harorat  esa  yana  past:  -   60-80°C.
Mezapauza  mezosfera  bilan termosfera  o'rtasidagi  qatlam.
4.  Termosfera  (ionosfera)  atmosferaning  80—85  km  dan  900  km.gacha 
bo'lgan  yuqori  qismidir,  bu  qavat  ham  asosan  molekula  holatidagi  azot  va 
kisloroddan  iborat.  Lekin  termosferada  quyosh  radiatsiyasining  qisqa  (0,3 
mk  ham  kalta)  to'lqinli  nurlari  va  kosmik  nurlar  ta ’sirida  kislorod  va  azot 
molekulalari  atomlarga  ajraladi  va  elektron  bilan  zaryadlanib,  ionlashgan 
bo'ladi.  Bu  qatlamning  ahamiyati  shundaki,  u  radio  to'lqinlarini  yerga  bir 
necha  bor  qaytaradi  va  radioto'lqinlarining  yer  sharini  aylanib  chiqishga 
hamda  bu  to'lqinlarni  radio  stansiyalaming  oson  qabul  qilishiga  imkon 
beradi.  Bu  sferada  ion  ko'p  bo'lganligi  uchun  ionosfera  ham  deb  ataladi. 
Ionosferadan  balandlashgan  sari  harorat  orta  boradi.  Agar  90  km  baland- 
likda  harorat  90°C  bo'lsa,  400  km  da  kunduzi  2000°C,  kechasi  esa  1500— 
1900°C,  quyoshning  minimal  (past)  aktiv yillari esa harorat  kunduzi  1200— 
1400°C,  kechasi  750—1000°C gacha bo'ladi.
Termopauza—bu  atmosfera  bilan  ekzosfera  orasidagi  oraliq  zonadir.
5.  Ekzosfera—atmosferaning  900  km  dan  2000—3000  km  gacha 
bo'lgan  eng  yuqori  qismi.  Bu  qavat  yaxshi  o'rganilmagan.  Biroq  uchirilgan 
raketalar,  yo'ldoshlardan  olingan  m a’lumotlarga  asoslanib,  bu  sferada 
harorat  2000  ga  yetsa  kerak  deb  faraz  qilish  mumkin.  Atmosfera 
quyoshning  ultrabinafsha  va  qisqa  to'lqinli  radiatsiyalarini  yutib  turishidan 
tashqari,  yer sharining  iqlimini  vujudga keltiruvchi omildir.
Atmosferaning  ifloslanishi  va uning  salbiy  oqibatlari.  Kishilar  va  barcha 
tirik mavjudot  havo  bilan  nafas  oladi.  Kishi  nafas  organlari  bir  sutkada  20  m 
havoni  o'tkazadi.  Demak,  atmosfera  planetamiz  liayoti  uchun  g'oyat  za­
rurdir.  Biroq  u borgan sari insonning xo'jalik faoliyati bilan bog'liq  holda vu­
judga  kelgan  kartxmat angidrid,  oltingugurt  oksidi,  azot,  uglevodorod,  mayda 
qattiq  zarrachalar  va  radiaktiv  moddalar  bilan  ifloslanib  bonnoqda.  Bu 
ifloslanish  quyosh  radiatsiya  balansiga  ta’sir  etib,  yer  shari  haroratining 
o'zgarishiga  olib  kelmoqda.  Atmosferaning  shunday  ifloslanishi  davom 
etaversa,  2100-yilga  kelib  karbonat  angidridning  miqdori  3  marta ortishi ham 
mumkin.  Olimlaming  fikrlariga  qaraganda,  issiqxona  gazlari  miqdorining 
ko'payishi  oqibatida  dunyo  miqyosida  havo  harorati  ko'tariladi  va  iqlim 
modellari  bo'yicha  keyingi  yuz  yil  ichida  harorat  1,0  dan  3,5°C  gacha 
ko'tarilislii  mumkin.
Yer shari  haroratining  o'zgarishi  esa o 'z  navbatida  yer sharidagi  organik 
hayotga  salbiy  ta’sir  etadi.  Keyingi  yillarda  sanoatning  rivojlanishi  va  har  xil 
yoqilg'i  bilan  ishlaydigan  zavod,  fabrika  va  mashinalarning  ko'payishi  nati­
jasida  atmosferaga  ko'plab  zararii  gazlar-aerozollar,  tutun,  qumm,  kullar 
chiqarilmoqda va  ko'plab  kislorod sarf bo'lmoqda.
Kislorod  ishlab  beruvchi  o'rmonlar  va  o'tloqlar  maydoni  esa  borgan 
sari  qisqarib  bormoqda.  Bulaming  hammasi,  o 'z  navbatida  atmosfera


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə