I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81

tarkibidagi  kislorodning  kamayib,  karbonat  angidrid  va  boshqa  zararli 
gazlar  miqdorining ortib  borishiga  olib  kelmoqda.
M.A.Stirikovichning  ma’lumotlariga  ko‘ra,  yiliga  yer  sharida  foy- 
dalanilgan  yoqilg'ilardan  atmosferaga  100  mln.t  qattiq  zarracha,  150  mln.t 
sulfid  angidridi,  300  mln.t.  karbon  oksidi  va  50  mln.t.  azot  oksidi  chiqadi. 
Buning  ustiga  yer  sharida  280  mln  avtomobildan  har  yili  atmosferaga 
500  ming  tonna  is  gazi,  100  ming.t.  uglevodorod  va  25  ming.t.  azot  oksidi 
ajralib  chiqmoqda.  Shundan  ko‘rinib  turibdiki,  atmosferaning  ifloslanishida 
asosiy  manbalardan  biri  avtotransportlardir.  Masalan,  AQSHda  atmosfe­
raning  ifloslanishi  100  %  desak,  uning  60  %  (1978)  avtomobilga,  17  % 
sanoat  chiqindilariga,  14  %  elektr  stansiyalari  chiqindilariga,  9,5  %  yoqil- 
gan  axlatlarga to ‘g‘ri  keladi.
Samarqand  shahar  doirasida  o'nlab  korxonalar  chiqindilari  atmosfe­
rani  ifloslantirishda  qatnashadi.  Ularga  kimyo  zavodi,  «Красный  двига­
тель»,  «Chinni  ishlab  chiqaruvchi»,  «Xolodilnik»,  «Vino-spirt»,  «Kon- 
serva»  ishlab  chiqaruvchi,  paxta  tozalash  zavodlari,  sut  kombinati,  mebel 
fabrikasi va  boshqalar  kiradi.
Shahar  havosining  ifloslanishida  sanoat  korxonalariga  nisbatan  av- 
tomashinalaraing  hissasi  ko'proqdir.
Havodagi  ifloslanishlarning  70—80  %  avtomashinalarga  to ‘g‘ri  keladi. 
(Rahmatullayev  A,  Husainov  X.1998).  Novikov  Yu.V.Beknazarovning 
(1983)  yozishicha,  avtomobillar  havoga  200  dan  ortiq  turli  aerozol  zar- 
rachalarini  chiqaradi.  H ar  bir  avtomobilga  bir  yilda  200  kg  (asosan  benzin) 
va  300.000  kg  havo  sarflanadi.  Ana  shu  yoqilg'idan  bitta  avtomobil  havoga 
bir  yilga  700  kg  uglerod  oksidi,  230  kg'yonmagan  uglevodlar,  30  kg  azot 
oksidi  va  2 - 5   kg  qattiq  modda  chiqaradi.  Samarqand  shahrida  100  ming- 
dan  ortiq  mashinalar  mavjud.  Demak,  har  4  samarqandlikka  bittadan  ortiq 
mashina  to‘g‘ri  keladi  (Rahmatullayev  A.  va  boshq.  1998).  Avtomobillar 
ko‘p  yuradigan  katta  ko‘chalar  atrofida  uglerod  oksidining  miqdori  ruxsat 
etilgan  me’yordan  (ReM)  2—3  marta,  azot  oksidi,  2—2,5  marta  ortiqligi 
ku^tilgan.  Shaharda  Rudakiy,  Gagarin,  Oxunboboyev,  Universitet  xi-
Energetika—27% 
T ran sp o rt-1 3%
Sanoat—60  %
Eneigetika—14
Sanoat—17  %
—г- 
Transport -
Ш Ш В б О   %
M DH
AQSH
Atmosferani ifloslantiruvchi  manbalar.


yoboni,  A-Ikromov,  A.Temur,  Sh.Rashidov,  V.Abdullayev  ko‘chalarida 
gazlar  bilan  ifloslanish  juda  kuchli.  Shahar  aholisini  turli  gazlar  bilan 
ifloslanish  darajasi  bo‘yicha  birinchi  o'rinda  superfosfat  ishlab  chiqaruvchi 
kimyo  zavodi  atroflari,  ikkinchi  o‘rinda temiryo
‘ 1
 vokzali,  uchinchi  o'rinda 
universitet  xiyoboni  va  to'rtinchi  o'rinda  «Registon»  avtobus  bekati, 
beshinchi o'rinda dahbet  ko'chasidagi chorrahalar turadi.
Atmosfera  atom  va  vodorod  bombalarining  portlatilishidan  ajralib 
chiqqan radiaktiv  moddalar  miqdori ham ko'payib  bormoqda.
Havo  ifloslanishining  yana  bir turi shovqindir.  Ortiqcha shovqin-suron 
kishilar sog‘lig‘iga,  ayniqsa,  asabga,  kayfiyatga ta ’sir etadi.
Yashil  o‘simliklarning  ahamiyati.  Yer  kurrasining  deyarli  hamma  qis­
mida  uchraydigan  o'simliklaming  tabiat  va  inson  hayotidagi  ahamiyati  ul- 
kandir.
YashiJ  o'simliklar  deyarli barcha  tirik  organizmlarni  nafas  olish uchun 
zarur  bo'lgan  kislorod  bilan  ta ’minlaydi.  Ular  o 'z   faoliyati  davomida 
fotosintez jarayonida organik  moddalar  hosil qiladi.  Yashil  o'simliklar hosil 
qilgan  oziq  moddalarda  quyosh  energiyasi  to'planadi.  Bu  to'plangan  ener­
giya  hisobiga  yerda  hayot  davom  etadi.  Ya’ni  kishilar  sanoatda  foydala- 
nadigan  energiya  resurslarining  asosini  a ra   shu  yashil  o'simliklarda 
to'plangan quyosh energiyasi  tashkil etadi.
Sanoat  uchun  kerak  bo'lgan  ko'pgina  xomashyo  mahsulotlarini  ham 
yashil o'simliklar yetkazib  beradi.  Tabiatda kislorodning  qayta  hosil bo'lishi 
yashil  o'simliklar  tufayli  uzluksiz  davom  etib  turadi.  Ana  shu  muhim 
jarayonning asosini  suv va  karbonat angidridi tashkil etadi.
Fotosintez  natijasida  suvdan  kislorod  ajralib  chiqadi  va  havoni  kis- 
lorodga  boyitadi.  Fotosintezning  ikkinchi  tom oni  bu  biologik jarayon  nati­
jasida  qandlar,  kraxmallar,  uglevodlar,  nuklein  kislotalari  hosil  bo'ladi. 
Nuklein  kislotalar esa oqsillarni  hosil qiladi.
Bir  gektar  yerga  50  kg  ga  yaqin  lavlagi  urug'i  ekilganda,  ana  shu  yer- 
dan  ming tonnagacha  qand  moddasi  olinadi.  Yoki  bir gektar o'rm on  zona- 
sida  o'suvchi  o 'simliklar  har  yili  3600  kg  ga  yaqin  havodagi  uglerodni 
qabul  qiladi.  Lekin  okean  va  dengizlarda  yashovchi  suvo'tlar  quruqlikda 
yashovchi  yashil  o'simliklarga  nisbatan  ancha  ko'proq  kaibonat  angidridni 
qabul qiladi va biomassa to'playdi.
Yer  yuzining  quruqlikda  va  suvda  yashovchi  barcha  yashil  o'simliklari 
har  yili  fotosintez  natijasida 
1 2 0
  milliard  tonnaga  yaqin  biomassa  hosil 
qiladi.
O'simlik  inson  hayoti  uchun  faqat  kislorod  manbayi  bo'lib  qolmas- 
dan,  balki  zarur  mahsulotlar:  kraxmal  (non),  qand,  oqsil,  moy,  kauchuk, 
guttapercha,  portlovchi  moddalar,  tola,  qog'oz,  efir  moylari,  smolalar,  an- 
tibiotiklar,  yog'och  oshlovchi  moddalar,  bo'yoqlar,  dorivor  moddalar, 
tamaki,  choy,  kofe,  какао,  vino,  mevalar,  sabzavotlar,  har  xil  kislotalar, 
vitaminlar,  kleylar,  asallar  va  hayvonlar  uchun  yem-xashaklar  yetkazib 
beradi.  Yana  shuni  ta ’kidlash  zarurki,  hattoki  toshko'm ir,  ko'm ir  smolasi, 
ko'mirlar,  torflar,  sapronellar yoki neftlar ham  o'simliklardan  hosil bo'ladi.


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə