I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81

mintaqalarda  60  %,  0 ‘rta  mintaqada  30  %,  sovuq  mintaqada  esa  10  %, 
dengiz  suvining  isitishga  sarflanadi,  ekvator  mintaqasida joylashgan  okean 
suvining  harorati  doimo  hamma  oylarda  ham   27—28°C  bo'lib  turadi. 
Tropik  mintaqada  joylashgan  okean  suvlari  ham  20—25°C  orasida  iliq 
bo'ladi.  O 'rtacha  mintaqada joylashgan  okean  suvining  harorati  yil  fasllari 
bo'yicha o'zgarib turadi.  Qishda  suvning  harorati  pasayib  +10°C  dan  -0 ° C  
ga tushib qoladi.  Yozda esa  +20°C  chiqadi.
Qutb  mintaqasida esa  suvning  eng past  harorati —2°C  bo'ladi.
Aysberg  (inglizcha  —  muz  tog'i  demakdir)  materik  muzlardan  uzilib 
tushgan  muz  bo'laklaridir.  Ba’zi  aysberglarning  balandligi  suv  yuzasidan 
80—90  m.  Suv  ostida,  qalinligi  500  m,  uzunligi  200—300  km  dan  560  km 
gacha,  hajmi  esa  500-700  km
3
  ga  yetishi  mumkin.  Aysberglar  dengiz 
transportiga  katta xavf tug'diradi.
Dunyo  okeani  yer  sharida  iqlimni  normallashtirib  turadi,  transport 
uchun  asos  bo'lib  xizmat  qiladi.  Bundan  tashqari,  okeanda  xilma-xil tabiiy 
resurslar  juda  ko'p:  a)  oziq-ovqat  resurslari;  b)  mineral  xomashyo  re­
surslari;  d)  yirik energiya  resurslari.
Dunyo  okeani  inson  uchun  oziq-ovqat  bo'la  oladigan  o'simlik  va 
hayvonlaiga  juda  boy.  Dunyo  okeanida  o 'n   mingga  yaqin  o'simlik  turi 
bo'lib,  quruqlikdagi  o'simliklarga  nisbatan  organik  moddalarga  4 - 5   marta 
boy.  Ba’zi  suvo'tlarida  quruqlikdagi  o'simliklarga  nisbatan  oqsil  moddalari 
(50  %)  ko'proq.  Holbuki,  mol go'shtida  oqsil atiga  20  %ni tashkil etadi.
Dunyodagi  63  hayvon  sinflning  51  tasi  okean  va  dengizlarda  bo'lib, 
nlaming  150  mingdan  ortiq  turi  mavjud.  Ulaming  umumiy  vazni  16—20 
milliard  tonnaga  yetadi.  Shu  sababli har gektar dengiz suvidan  quruqlikdagi 
eng  yaxshi  bir  gektar  yaylovda  yetishtiriladigan  go'shtga  nisbatan 
2
  marta 
ortiq  mahsulot  olish  mumkin.  Dunyo  okeanidagi  organik  moddalarning 
miqdori  30  milliard  tonnani  tashkil  etadi.  Lekin  hozir  dunyo  okeanidagi 
mana  shu  oziq-ovqat  resurslarining  (baliqlar,  kit,  beluka,  dengiz  mushugi, 
tyulen,  dengiz  quyoni,  karp,  moij,  qisqichbaqa,  moluska,  ustritsa  hamda 
umurtqali  va  umurtqasiz)  boshqa  hayvonlar  ham  suv  o'simliklarining  faqat 
1
  %dangina inson foydalanmoqda.
Okean  hayvonlari  orasida  ko'p  moy  va  go'sht  berishda  kit  birinclii 
o'rinda  turadi.  U   yer  sharidagi  eng  katta  hayvon  bo'lib,  uzunligi  35  m, 
og'irligi  125  tonna.  Shundan  50  tonnasi  moyga  to 'g 'ri  keladi.  Kitdan  kon- 
serva  mahsulotlari,  chorvachilik  uchun  oziq,  un,  o 'g'it  shuningdek,  yuqori 
sifatli  charm  olinadi.  Dunyo  okeanidan  hozir  har yili  550  mln.  sentner  har 
xil baliqlar ovlanadi.
Dunyo  okeanida  suvo'tlarining oziq-ovqat  uchun  foydalanish  mumkin 
bo'lgan  170 turi bo'lib ulaming eng  muhimlari dengiz karami  (laminariya), 
dengiz  salati  va  boshqalar.  Ular  oziq-ovqat,  dori-darm on,  bo'yoq  va  kon- 
diter sanoat  uchun xomashyo  hisoblanadi.
Laminariya  o'simligidan  algin  yelimi  olinadi  va  undan  gazlamalami 
bo'yashda,  sovun tayorlashda  ham foydalaniladi.  Shuningdek,  suvo'tlaridan 
droja  (achitqi),  spirt,  qog'oz  va  boshqa  narsalar  ham  tayyorlash  mumkin.


Suvo‘tlari  materik  sayozligida,  ayniqsa,  juda  hosildor  bo'ladi.  Masalan, 
Kaliforniya  qirg‘og‘idagi  qizil  suvo'tlarining  biomassasi  gektariga  60— 
1 0 0
  t.ga  yetadi.
Shunday  qilib,  okeanlardan  yiliga  70—80  mln  tonnaga  yaqin  baliq, 
maluska,  suvo'tlari  va  boshqa  mahsulotlar  ohnmoqda.  Bu  esa  insoniyat- 
ning  oqsil  moddasiga bo'lgan  talabining  5/1  qismini  qoplaydi.
Yer  sharidagi  brom  zaxirasining  99  %  okean  suvlarida  joylashgan. 
Shuningdek,  okean  suvida  erigan  holda  5,5  mln.  t.  oltin,  4  mlard.  t.  uran 
mavjud.  Okean  tubida  quruqlikdagiga  nisbatan  3  marta  ziyod  neft  zaxirasi 
mavjud.  Okeanlar  katta  energiya  manbayi  hisoblanadi.  Okean  suvlarining 
sutka  mobaynida 
2
  m arta  ko'tarilib  va  qaytishida juda  katta  energiya  (
8
x
1 0  
kvt)  vujudga  keladi.  H ozir  dunyoda  suvlarning  ko‘tarilishi  va  qaytishiga 
asoslangan elektr stansiyalari  (TeS)  qurish ishlari  amalga  oshirilmoqda.
Quruqlikdagi  yer  osti  va  yer  usti  suvlar.  Quruqlikda  85  mln.  km
3
  suv 
(yer  osti  suvlari,  doimiy  qor  va  muzliklar,  daryo  va  ko‘l  suvlari  hamda 
botqoqlikdagi  suvlar va boshqalar)  bor.
Yer osti  suvlari  yer  p o ‘sti  qatlamlari  ichida  bo'lgan  hamma  suvlar  yer 
osti  suvlar  deyiladi.  U lar  qattiq  (muz),  bug‘  hamda  suyuq  holatda  bo'lishi 
mumkin.
Yer  osti  suvlarining  hajmi  60,0  mln.  km
3
  Yer  osti  suvlari  yer  yuzasi- 
dagi  (daryo,  ko'l,  botqoqlik)  suvlaridan,  yog'inlardan,  havodagi  suv 
bug'larining  yer  ichiga  yoriqlar  orqali  kirib  quyuqlashib,  so'ngra  suvga  ay- 
lanishidan  hosil  bo'ladi.
Bunday  yo'l  bilan  vujudga  kelgan  yer  osti  suvlarini  vadoz  (lotincha 
vodoz—«sayoz»  demakdir)  yuzadagi  suvlar  deyiladi.  Vadoz  suvlar  yer 
yuzasiga  yaqin  bo'ladi  va  gurunt  suvlar  deb  ham  aytiladi.  Yer  osti  suvlari­
ning  bir  qismi  magmadan  ajralib  chiqqan  suv  bug'larining  asta-sekin  yu- 
qoriga  ko'tariUb  sovishidan  hosil  bo'ladi.  Bu  yo'l  bilan  vujudga  kelgan  yer 
osti  suvlari yuvenil suvlar deyiladi.
Yer  usti  va  yog'in  suvlar  yerga  singib,  tuproq  qatlamidan  qum  va 
mayda  yirik shag'allar orasidan  bemalol  o'tib  ketadi.  Bunday  qatlamlar suv 
o'tkazadigan  qatlamlar deb  ataladi.  Ba’zan suv gilli qatlamga yetib borgach, 
to'xtab  qoladi.  Chunki  gil  suvni  deyarli  o'tkazmaydi.  Suv  o'tm ay  to'xtab 
qoladigan  qatlamlar  suv  o ‘tkazmaydigan  qatlamlar  deyiladi.  Granit,  qum - 
tosh,  gilli  slaneslardan  tarkib  topgan  qatlamlar  suv  o'tkazmaydi.  Yer  osti 
suvlari  suv  o'tkazmaydigan  qatlamga  yetganda to'planib  suvli  qatlamni  vu­
judga keltiradi.
Yer  osti  suvining  bir  qancha  turlari  bo'lib,  ular  orasida  eng  ko'p 
tarqalganlari  bosimsiz  gurunt  (sizot),  qatlamlar  orasidagi  bosimli  yer  osti 
suvlari  (artezian  suvlar)  xarakterlidir.  Grunt  suvlari  (sizot  suvlar)  yer betiga 
yaqin.  Eng  ustki  qatlamlar  orasida  (30-100  m  chuqurlikkacha)  bo'ladigan 
suvlardir.
O 'rta  Osiyo  sharoitida  grunt  suvlari  erta  bahorda  qorlar  eriganda,  ba- 
horgi  yomg'irlardan  keyin  yuqoriga  ko'tarilsa,  aksincha,  yozda  ancha 
pastga tushib  ketadi.


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə