I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81

me’yorlariga  rioya  qilish,  o ‘g‘itlam i  me’yorida  solish,  almashlab  ekishni 
joriy  qilish,  yerlaming  meliorativ  holatini  yaxshilash  va  boshq.),  tu ­
proqning  holati  fizik,  kimyoviy  va  biologik  xususiyatlari  yaxshilanib  uning 
hosildorligi  ortib  boradi.  Hozir  yer  yuzasida  sug'oriladigan  yerlar  maydoni 
300  million  gektami  tashkil  etadi.  Biroq  shuni  ham  ta ’kidlash  kerakki,  in­
son  o'zining xo'jalik faoliyati  natijasida  tuproqqa  salbiy ta ’sir ko'rsatib,  un­
ing  unumdorligini  pasaytirib  hosildor  yerlaming  kamayishiga  sabab 
bo'lmoqda.  Shuningdek,  tuproqdan  noto'g'ri  foydalanib,  ilg'or  agrotexnik 
qoidalarga  rioya  qilinmasligi  tufayli  tuproq  erroziyasi  kuchayadi.  Sug'orish 
qoidasi  va  me’yoriga  rioya  qilinmashk  natijasida  tuproq  qayta  sho'rlanadi. 
Mineral  o'g'itlardan  noto'g'ri  foydalanish  va  zaharli  moddalami  ishlatish 
qoidasiga  rioya  etmaslik  natijasida  tuproq  kimyoviy  moddalar  bilan  za- 
harlanadi.  Almashlab  ekishga  e’tibor  bermashk tufayli  tuproqda  oziq  mod­
dalar  miqdori  kamayadi,  shamol  erroziyasiga  qarshi  ixota  o'rmonlari  tashkil 
etilmasa,  tup-roqning  ustki  hosildor  qismi  uchib  ketadi.  Yuqoridagi  qoi- 
dalar  bajarilmasa,  tuproq  tezda  ishdan  chiqib,  fizik  kimyoviy  va  biologik 
holati  yomonlashib,  oriqlab  «kasal»  bo'Ub  qoladi.  Natijada,  «kasallangan» 
tuproqni  tezlik  bilan  «tuzatib»  hosildor  yerga  aylantirilmasa,  u  erroziyaga 
tez uchrab  hosilsiz tuproqqa  aylanadi.
Fransuz  olimi  A.Gerrjning  aytishicha,  keyingi  100  yillar  ichida  yer 
yuzida  insonning  tuproqqa  ko'rsatayotgan  salbiy  ta ’siri  natijasida 
2
  mlrd 
gektar  yer  erroziyaga  va  defUatsiyaga  uchrab  yaroqsiz  tuproqqa  aylanib 
qoladi.
Hozir  yer  sharida  erroziyaga  uchragan,  qayta  sho'rlangan,  qum  bos- 
gan,  sanoat  va  tog'-kon  sanoat  chiqindilari  bilan  qoplangan  yo'llar,  kanal- 
lar, 
aerodromlar  va  boshqa  yerlar  maydoni  A.M.Ryabchikovning 
m a’lumotiga  ko'ra  4 ,5 -5   million  km
3
  yemi  ishg'ol  qihb  bu  quruqlik 
yuzasining  3  %  ga teng.
Tuproqning  ifloslanishi  va  uni  toza  saqlash.  Moslanish  tufayli  tup- 
roqning  kimyoviy  va  biologik  xususiyati  o'zgaradi.  Binobarin,  modda  al- 
mashinuvida  buzilish  ro'y beradi.  Har xil  kasallik tarqatuvchi  patogen  mik­
roorganizmlar  tez  ko'payadi.  Tuproq  quyidagi  omillar  ta’sirida  ifloslanadi: 
sanoat  va  shahar  chiqindi  axlatlari,  kommunikatsiya  (gaz,  neft,  suv  quvur- 
lar,  elektr  kabellari  va  issiqlik  quvurlari,  transport  vositalari,  oqova  suvlar 
va  boshq.).  Hozir  dunyoda  shaharlar  aholisi  o'rta  hisobda  yiliga  2  trillion 
kg  yoki  jon  boshiga  400  kg  axlat  chiqarib  tashlamoqda.  Agar  dunyo 
bo'yicha  chiqarib  tashlanayotgan  axlat  va  sanoat  chiqindilarini  quruqlik 
yuziga  yoysak  15  yil  icliida  uning  qalinligi  5  metiga  yetadi.  Shunday  qilib, 
agar  shahar  axlati  va  sanoat  chiqindilari  (simob,  margumush,  mis, 
qo'rg'oshin,  rax,  ftor,  marganes  kabi  zaharli  kimyoviy  moddalar  va  mai- 
shiy  kommunal  chiqindilari)  tashlangan  yerlarda  tezlik  bilan  sanitariya 
zonalari  tashkil  qilinib,  oldi  olinmasa,  o'sha  joylar  tuprog'i  o'ta  ifloslanib 
tabiiy holda tozalana olmaydi.
Chunki  tuproqda  kimyoviy va  organik  moddalar  miqdori  ortib  milxo- 
oiganizmlar,  ayniqsa,  patogen  mikroorganizmlar ko'payib  ketadi.


M a’lumotlarga  ko'ra,  1  ga  toza  tuproqda  16-150  ming  bakteriya 
mavjud  bo'lsa, 
1
  ga  ifloslangan  tuproqda 
1
  mlrdgacha  mikroblar  borligi 
m a’lum.  Natijada,  tuproq,  ifloslanib  har  xil  yuqumli  kasalliklami,  jum - 
ladan,  stolbnak,  sibir  kuydirgisi,  gangrena,  ichburug',  vabo,  ichburug'  tifi, 
sil kasalligini tarqatuvchi  manbaga aylanadi.
Ifloslangan  tuproqda  mavjud  bo'lgan  zararli  va  zaharli  kimyoviy  ele­
m entlar  u  yerda  o'sgan  o'simlik  orqali  chorva  mollariga,  mollardan  (sutini 
ichish,  go'shtini  iste’mol qilish tufayli)  esa  kishilarga  o'tishi mumkin.
Tuproq issiqlik elektr stansiyalaridan  chiqqan  kul va shlaklar,  tog'-kon 
chiqindilari  (nokerak jinslar)  bilan  ham  ifloslanadi.
Masalan,  faqat  M DH  (sobiq  ittifoq)  davlatlarida  elektr  stansiyasidan 
chiqarib  tashlangan  kul  va  shlaklaming  miqdori 
1
  mlrd  km
3
  bo'lib, 
140  ming  gektar  maydonni  ishg'ol  qiladi.  Bu  kul  va  shlaklarni  elektr  stan­
siyalaridan chiqarib tashlash uchun esa  120—150  mln so‘m sarflanadi.
Yer yuzasida  har xil  injenerlik kommunikatsiya  (gaz,  suv,  neft,  issiqlik 
kanalizatsiya  quvurlari,  elektr,  telefon  kabellari  va  boshq.)  quvurlarini 
yotqizish  tuproq  holatiga  salbiy  ta ’sir  etib,  tuproqdagi  biologik jarayonlami 
buzadi  va  ifloslanadi.  Chunki  o'sha  yotqizilgan  kabellar  atrofldagi  tuproq 
tarkibini  buzadi,  tuproqdagi  mikroorganizmlar  nobud  bo'ladi,  o'simliklar 
quriy boshlaydi.
M a’lumotlarga  ko'ra,  gaz  quvurlari  atrofdagi  100  m  ga  tuproqni  za- 
harlasa,  issiqlik  quvurlari  24  m   gacha  bo'lgan  palasada  tuproqni  quritib, 
suv 
rejimini 
buzib, 
tuproqdagi 
mikroorganizmlaming 
o'lishiga, 
o'simliklaming  qurishiga  olib  keladi.
Tuproqning  ifloslanishida  mineral  o'g'itlar,  zaharli  moddalar  (pestit- 
sidlar)  ham  ishtirok  etadi.  Bu  zaharli  moddalar  tuproqda  uzoq  vaqt 
saqlanib,  o 'z  xususiyatini  o'zgartirmasdan  to'planib  qoladi.  Oqibatda,  tup­
roqni  zaharlaydi.  Undagi  mikroorganizmlarga  salbiy  ta ’sir  etib,  ularning 
qirilib  ketishiga  olib  keladi.  Zaharli  moddalaming  qoldiqlari  suv,  oziq- 
ovqat  orqali  insonga  ham  o'tib,  uning  salomatligi  uchun  xavf  tug'dirishi 
mumkin.  Tuproqning  radioaktiv  moddalar  bilan  ifloslanishi  juda  xavflidir. 
So'nggi  yillarda  dunyoning  bir  qator  mamlakatlarida  radioaktiv  moddalar- 
dan  foydalanish  (tinchlik  maqsadlarida)  oqibatida  geografik  muhit  jum - 
ladan,  tuproq  ifloslanib  bormoqda.
Radiaktiv  moddalarni  qazish,  tashish  va  ishlatish  davrida,  AESlaming 
avariyaga  uchrashi  natijasida  radioaktivlashgan  juda  mayda  chang  zar- 
rachalari  atmosferaga  ko'tarilib,  so'ngra  yomg'ir bilan  yoki  o'zi  yerga,  tup- 
roqqa tushib  uni  zaharlaydi.
Tuproqni  injenerlik kommunikatsiya ta ’sirida  ifloslanishidan  saqlashda 
quyidagilaiga amal qilish  lozim:
—  yer osti  injenerlik  kommunikatsiya  qurilishlarida  quvurlar va  kabel­
lar yotqizish qoidalariga to'liq  rioya  qilish lozim;
—  har  xil  quvur  va  kabellar  yotqizilayotganda  ekologik  zonaning 
kengligiga rioya qilish zarur;
—  injenerlik,  kommunikatsiya  quvurlari,  har  xil  kabellar  maxsus  tun­


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə