I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81

tog'lariga  yetib  keladi  va  Sirdaryo  hamda  Amudaryoni  suv  bilan  ta ’minlab 
turadi.  Bu  daryolar  Orol  dengiziga  quyiladi,  bu  dengizda  suv  yana 
bug'lanadi va  shu tariqa  aylanib  yuradi.
Suvning  to ‘xtovsiz  aylanib  yurishi  yeming  geografik  qobig'i,  ayniqsa, 
undagi  organik  hayot  uchun  juda  katta  ahamiyatga  ega:  suvning  ayla- 
nishida  modda  va  energiyaning  aylanishi  vujudga  keladi,  organik  dunyo 
rivojlanadi.
Chuchuk  suv  resurslarining  geografik  joylashishi.  Qishloq  xo‘jaligida, 
sanoatda,  kommunal  maishiy xo'jalikda va boshqa  sohalarda gidrosferaning 
faqat  2  %ni  yoki  28,25  mln  km
3
  tashkil etuvchi  chuchuk  daryo,  ko‘l,  aktiv 
suv  almashinishi  zonasidagi  yer  osti  suvlari,  muzliklardagi  suvlardan  foy- 
dalanilmoqda,  xolos.  Biroq  chuchuk  suv  resursining  85  %  (24,0  mln  km3) 
hozircha  inson  juda  kam  foydalanayotgan  muzliklarga  to ‘g‘ri  keladi. 
Ko'rinib  turibdiki,  chuchuk  suv  zaxirasi juda  kam,  buning  ustiga  chuchuk 
daryo  suvlari sayyoramiz bo'yicha  notekis taqsimlangan.
Dunyo  aholisining  72  %  yashaydigan  Yevrosiyoda  umumiy  daryo  su- 
vining  31  %ga  yaqini  oqadi.  Agar  Yevropada  jon  boshiga  yiliga  4,4  mln. 
m 3,  Osiyoda  6,24  ming  m 3,  Afrikada  13,1  ming  m
3
  oqim  to ‘g‘ri  kelsa, 
Janubiy Amerikada  51,5  ming  m
3
 oqim to‘g‘ri  keladi.  Yer  kurrasida  har bir 
kisliiga  yihga  o'rtacha  11  ming  m
3
  daryo  suvi  to 'g 'ri  keladi.  Mamlakatlar 
bo'yicha  ham  suv  resurslari  notekis  joylashgan.  Agar  Hindistonda  jon 
boshiga  yiliga  3,4—3,1  ming  m
3
  chuchuk  suv  to 'g 'ri  kelsa,  bu  miqdor 
Norvegiyada  108,8  ming  m
3
  ni tashkil etadi.
M DH  mamlakatlarida  jon  boshiga  yiliga  o'rtacha  18,1  ming  m
3
  suv 
to'g'ri  keladi.  Lekin  Rossiyaning  sharqiy  rayonlarida  bu  ko'rsatgich  500— 
1 0 0 0
  ming m
3
  ni tashkil etadi.
Janubiy  Amerika  va  Shimoliy  Amerikada  bir  kishiga  yihga  25-51,5 
ming  m
3
  suv  oqimi  to 'g 'ri  kelsa,  bu  ko'rsatkich  Shimoliy  Yarim  Shaming 
subtropik va  o'rta  mintaqalarida  25  ming  m
3
  dan ortiqdir.
Suvning  organik  hayotdagi  va  kishilik  jamiyatidagi  ahamiyati. 
O'zbekistonning  suv  resurslariga  yer  usti va  yer  osti  suvlari  kiradi.  Yer  usti 
suvlariga  Amudaryo,  Sirdaryo,  Zarafshon,  Qashqadaryo  suvlari  kirib, 
ularning  tog'  qismi  ko'p  tarmoqli  bo'lib,  1  km  6,5  1/s suv  oqimi  to 'g 'ri  ke­
ladi.  Respublikamiz  70  %  hududini  egallagan  tekislik  qismida  suv  oqimi 
juda  kam  bo'lib,  ularning  ko'pchiligi  Orol  dengizigacha  borib  yeta  ol- 
maydi.
Amudaryoda  o'rtacha  yillik  suv miqdori  78  km
3
  bo'lib,  eng  ko'p  vaqt 
iyul-avgust  oylari  va  eng  kam  miqdori  dekabr,  mart  oylariga  to 'g 'ri  keladi. 
H ar  4 - 5   yilda  bir  marta  suv  tanqisligi,  har  6—10  yilda  esa  bir  marta  suv 
m o‘l-ko‘lchiligi kuzatiladi.
O'zbekiston  qismidagi  Sirdaryoga  Norm,  Qoradaryo,  Chirchiq  va 
Faig'ona  vodiysidagi  boshqa  daryolar  suvi  kelib  quyiladi.  Sirdaryodagi  suv 
miqdori bir yilda  36  km
3
 ni tashkil etadi.
Iyun,  iyul  oylarida  suv  eng  ko'p  kelgan  payti  bo'lsa,  oktabr-mart  oy­
larida  suv  miqdori  juda  kamayib  ketadi.  Daryoda  har  3—4  yilda  suv


miqdori  kamayib  5—6  yilgacha  davom  etishi  mumkin.  K o‘p  suv  keladigan 
yillari juda  qisqa bo'ladi.
Yer  osti  suvlari.  Ichimlik  suvlarining  asosiy  qismini  yer  osti  suvlari 
tashkil  etadi.  Respublika  hududining  geologik  tuzilislii  har  xil  bo‘lganligi 
sababli  yer osti  suvlarining  zaxiralari  ham  bir tekis taqsimlanmagan.
Amudaryo  bo‘ylaridagi  yer  osti  suvlarining  zaxirasi  8,0  km  bo‘lib, 
shundan  3,13  km
3
  minerallashgan  suvlar  (lg/1)  Sirdaryo  bo'ylaridagi  zaxira 
suvlar  miqdori  1.1,04  km
3
  bo'lib,  shundan  ko'pchiligi,  ya’ni  10,4  km  mi­
nerallashgan  suvlar 
( 1
  litr suvda 
1
  gramm  mineral  tuzlar)  hisoblanadi.
Hammasi  bo'lib  Respublika  hududida  19,04  km
3
  yer  osti  suvlari 
bo'lib  shundan  11,53  km
3
  ichimlik  suvidir.
Katta  shaharlarda,  jum ladan,  Toshkent  shahrining  suvga  bo'lgan 
talabining  40  %  yer  osti  suvlari  hisobiga  qondirilmoqda.  Ammo  keyingi 
vaqtlarda  Toshkent,  Farg'ona,  Zarafshon  va  shu  kabi  yirik  shaharlardagi 
korxonalaming  ham da  neft  mahsulotlari  kimyoviy  tog'  sanoati  chiqindilari 
bilan  yer  osti  suvlarining  ifloslanishi  borgan  sari  katta  xavf tug'dirmoqda. 
Sug'oriladigan  yerlarda  esa  yer  osti  suvlari  sho'rlanib,  ifloslanib.bormoq- 
daki,  bunday  suvlar  bilan  hattoki  qishloq  xo'jaligi  ekinlarini  sug'orish  ham 
xavfli  bo'lmoqda.
Suvning  organik  hayotdagi  va  kishilik  jamiyatidagi  ahamiyati.  Suv
tirik  organizmlar  uchun  eng  muhim  bo'lib,  uning  rolini  m ashhur  fransuz 
yozuvchisi  Antuan  de  Sent-Ekzyuperi  quyidagicha  ta ’riflaydi:  «Suv.  Sening 
na  ta ’ming,  na  ranging  va  na  hiding  bor,  shu  boisdan  seni  ta ’riflash  juda 
qiyin,  seni  qandayligingni  bilmay,  sendan bahramand  bo'lib,  rohatlanamiz, 
seni  hayot  uchun  zarur deyish  mumkin  emas.  Sen  o'zing  hayotsan.  Sen  bu 
dunyodagi  eng  katta  va  qimmatbaho  boyliksan».  Kishilik  jamiyatida 
suvning  o'm ini  bosadigan  boshqa  resurs  yo'q.  Agar  ko'm ir,  neft,  gaz  kabi 
yoqilg'ilami  olsak,  ulaming  biri  ikkinchisining  o'm ini  bosa  oladi,  bu  yo- 
qilg'ilar  kamaysd,  uning  o 'm in i  atom,  termoyadro  yoki  quyosh  energiyasi, 
gidroenergiya  qoplashi  mumkin.  Lekin  hozircha  suvning  o 'm in i  qoplay 
oladigan  boshqa  resurs  yo'q.  Suv  geografik  qobiqdagi  barcha  jarayonlarda 
ishtirok etadi.  U   yer yuzidagi  modda va energiya aylanishida qatnashadi.
Fotosinez  jarayonida  yiliga  4,6xl0
7 1
  t  kislorod  ajratib  chiqarishda, 
2,25  x  10
1 1 1
 suvdan  foydalaniladi.
Yer  kurrasidagi  suv  qatlami  sayyoramizdagi  termik  rejimni  tartibga 
solib  turadi.  Okean  va  dengizlardagi  suvlar quyoshdan  kelayotgan  issiqlikni 
to'plab,  qishda  uning  atrofini juda ham sovib  ketishdan saqlab turadi.
Atmosferadagi  suv  bug'lari  esa  quyosh  radiatsiyasining  filtri  hisobla­
nadi.
Suv  yer  yuzidagi  iqlimga  ham  ta ’sir  etadi.  Okean  va  dengiz  oqimlari 
sayyoramizda  quyosh  issiqligini  qayta  taqsimlaydi.  Oqimlar  quyi  kenglik- 
dagi  ortiqcha to'plangan issiqlikni o'rta va yuqori kengliklaiga surib  iqhmni 
ancha yumshatadi.  Bunga  Golfstrem  issiq oqimi  misol bo'ladi.
Suv,  ayniqsa,  organizmlaming  yashashi  uchun  muhimdir.  Yer  yuzi­
dagi  tirik  organizmning  suvsiz yashashi  mumkin  emas.  Chunki  har  qanday


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə