I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81

to'lqinlari  sodir  bo'ladi.  Yeming  o‘sha  tashqi  energiyasi  ta’sirida  vujudga 
kelgan  omillar  esa  litosfera  yuzasini  nuratib,  yuvib,  oqizib,  uchirib,  eritib 
uni tekislaydi,  silliqlaydi.
Bu  ikki  energiyaning  o'zaro  ta ’sirida  litosferaning  hozirgi  relyef 
shakllari vujudga  kelgan.
Tabiat  va  insoniyat  hayotida  tuproqning  roli.  Tuproq  tabiatning  eng 
muhim  boyligi  bo'lib,  yer  po'stining  eng  muhim  ustki  g'ovak,  unumdor 
qismidir.  U  litosfera,  gidrosfera,  atmosfera  va  biosferaning  uzoq  vaqt  bir- 
biri bilan bog'liq holda  sodir bo'lgan  fizik,  kimiyoviy va biologik jarayonlar 
natijasida  hosil bo'lgan.
Tuproq  orqali  moddalaming  litosfera  bilan  atmosfera  o'rtasida  o'zaro 
aloqasi  ham  ro'y  beradi.  Shamol  natijasida  tuproq  ustidan  ko'tarilgan 
chang-to'zonlar atmosferaga o'tib  havoning tiniqligiga ta ’sir etadi.
Yer  yuzasiga  kelayotgan  yorug'lik  energiyasi  ta ’sirmi  susaytiradi, 
yog'inlarning  hosil  bo'lisliiga  ham  ta’sir  etadi.Tabiatda  moddalaming  al- 
mashinuvida  (tuproq—o'simlik—tuproq)  tuproq  ham  ishtirok  etadi.  Uni 
V.T.Vilyams  biologik  (kichik)  modda  almashinuvi  deb  atagan.  Ana  shu 
jarayonlar  tufayli  tuproqning  unumdorlik  xususiyati  doimo  saqlanib  turadi. 
Tuproq  eng  aw alo,  o'simlik,  hayvonlar va  mikroblar  bilan  birga  murakkab 
ekologik  sistema  (biogeotsenoz)ni  hosil  qiladi  va  sayyoramiz  biosferasida 
hayotning  yashashini ta ’minlashdek muhim vazifani  bajaradi.'
Tuproqning  kishilik  jamiyatidagi  muhim  ahamiyati  shundaki,  u  o ‘z- 
o'zini  tozalash  xususiyati  mavjudligi  tufayli  tabiatdagi  iflos  moddalarni 
biologik  yo'l bilan  o'ziga  singdiruvchanlik  (adsoibmen),  tozalovchilik  (puri- 
faratov)  va  neytrallashtiruvchi  xususiyatiga  ega.  Tuproq  quruqlikdagi  har 
qanday  organik  moddalar  qoldiqlarini  minerallashtiruvchi  muhim  vosita 
hamdir.  Inson  o'zi  uchun  zarur  bo'lgan  ozuqa  resuislarini,  kiyim-boshni  tup- 
roqdan oladi.  Chunki tuproq qishloq xo'jaligi  ekinlari ekiladigan asosiy man- 
badir.  Inson  o'zining  yashashi  uchun  kerak  bo'lgan  oziq-ovqat  mahsuloti- 
ning 
8 8
  %ni  tuproqdan, 
1 0
  %ni  o'rmon-o'tloqlardan, 
2
  %ni  okeandan  ol- 
moqda.  Hozir  yer  yuzidagi  (L.I.Kurakov  1983)  quruqlikning  13  %ni  (1,9 
mlrd.  gektari)  liaydab  ekin  ekiladigan  yerlar  tashkil  qilib,  dunyoda  jon 
boshiga  o'rtacha  0,5  ga  haydaladigan yer to'g'ri  keladi.  Kelajakda  yer kurra-. 
sida  ilg'or  agrotexnikani  qo'llash  va  texnikadan  ko'p  foydalanish  natijasida 
haydaladigan  yer  maydonini  9,33  mlrdga  yetkazish  mumkin.  Chunki  faqat 
Janubiy  Amerikada  hozir  umumiy  yer  maydonining  5  %dangina  qishloq 
xo'jaligida  foydalanilmoqda.  Vaholanki,  bu  materiklaming  qishloq  xo'jalikka 
yaroqli maydoni hududning 25  %ini  ishg'ol qiladi.  Yoki Afrikada jon boshiga 
qishloq  xo'jaligiga  yaroqli  yerlar 
1 2
  %ga  to'g'ri  kelsa,  hozir  shundan  faqat 
1  gektari  haydaladigan  yerga  to'g'ri  keladi,  xolos.  Dunyoda  ekin  ekiladigan 
maydonning  14  %i sug'oriladigan yerlaiga to'g'ri keladi.
1997-yil  1-yanvar  holatiga  ko'ra,  O'zbekiston  respublikasining  yer 
maydoni  44,5  mln.  gektami  tashkil  etib,  shundan  62  %,  yani  26985  ming 
gektarga  yaqini  qishloq  xo'jaligida  foydalanadigan  yerlardir.  Shular  orasida 
eng  qimmatlisi  sug'oriladigan  yerlar  bo'lib,  qishloq  xo'jaligi  yeriarining


15  %ini  tashkil  etadi  va  qishloq  xo‘jaligida  ishlab  chiqariladigan  umumiy 
mahsulotning  95  %ini beradi.
Hozirgi  kunda sug'oriladigan yerlaming  46,8  %  sho'rlangan bo'lib,  shun­
dan  25,2  %  kuchsiz  15  %  o'rta  kuchsiz va 
6 , 6
  %  kuchli sho'rlangan yerlardir. 
Sug'oriladigan  yerlar  sifati  tuproq  bannitet  bali  bilan  baholanadi  (100  ball 
shkalasi  asosida).  Qoraqalpog'iston  respublikasi  yer  bannitet  ballari  41, 
Sirdaryo  viloyati  52,  Jizzax  va  Qashqadaiyo  viloyatlari  54,  Buxoro  va  Navoiy 
viloyatlari  59,  Namangan,  Farg'ona  64,  Andijon  65,  Samarqand  va  Toshkent 
viloyatlari 
6 6
,  Xorazm  va Surxondaryo viloyatlari 
6 8
 ball bilan baliolanadi.
Respublika  bo'yicha  o'rtacha  59  ballni  tashkil  etadi.  O'zbekistonda 
lalmikor  yerlar  (sug'orilmaydigan)  800  ming  gektami  tashkil  etib,  ular 
asosan tog'oldi  mintaqalarini  egallaydi.
Hozirgi  kunda  hosildorligi  pasaygan,  degradatsiyaga  uchragan  yaylov- 
larni  izen,  teresken,  chogon,  shuvoq,  saksovul  va  shu  kabi  o'simliklarni 
ekish  yo'li  bilan  ularning mahsuldorligini  2—3  barobaigacha  oshirish  mum- 
kinligi  asoslangan.
O'zbekiston  fanlar  akademiyasiga  qarashli  Botanika  institutining 
m a’lumotiga  qaraganda,  birgina  Navoiy  viloyati  yaylovlarining  (yaylov 
maydoni 13  mln  gektar)  umumiy  ozuqa  zaxirasi  30  mln.  sentnemi  tashkil 
etadi yoki bu  yaylovlarda 4  mln.  tagacha qo'y boqish imkoniyati bor.
C ho'l  mintaqasida  boqiladigan  hayvonlardan  tashqari  Qizilqum, 
Ustyurt  yowoyi  qo'ylari,  jayronlar,  sayg'oqlar,  yirtqich  hayvonlardan 
bo'rilar,  shoqollar,  tulkilar  ham  yashaydi.  Biroq  bu  hayvonlarning 
ko'pchiligi  (jayronlar,  sayg'oqlar,  Qizilqum.  Ustyurt  yowoyi  qo'ylari)  son 
jihatidan  kamayib  ketganligi  sababli  ular  O'zbekistonning  «Qizil  kitob»iga 
kiritilgan  va  ulam i  ov qilish  man  etilgan.  O'zbekiston  hududida  2776  ming 
gektar  (1998-yil  1-yanvaigacha)  o'rm onlar mavjud.
Qumli  cho'llarda  o'rm onlar  hosil  qiluvchi  o'simliklarga  saksovul, 
qandim,  cherkez,  yulg'un  va  shu  kabi  qumda  o'suvchi  butalar  kiradi. 
Ularning  umumiy  maydoni  2655  ming  gektar.  Tog'li  mintaqada  esa  Zaraf­
shon  archasi,  pista,  zarang,  o'rm on  hosil  qilishda  asosiy o'rinni egallab,  bu 
o'rm onlam hig  maydoni 280,3  ming gektarga teng.
Amudaryo,  Sirdaryo,  Chirchiq,  Zarafshon  va  Ohangaron  daryolari 
bo'yidagi  to'qayzorlar  30,9  ming  gektami  egallaydi.  Bu  yerlarda  tollar, 
yulg'unlar,  chakandalar,  yowoyi jiydalar va shu  kabilar o'sadi.
Bu  mintaqada  yog'inlaming  o'rtacha  yillik  miqdori  300-500  mm 
gektarga  teng.  Respublikada  22  mln.  gektar yaylovlar mavjud  bo'lib,  shun­
dan  19,6  mln.  gektari,  ya’ni 
8 8
  %  suv  bilan  ta ’minlangan.  Yaylovlaming 
18  mln.  gektari  cho'l,  3,2  mln.  gektari  adir va  0,9  mln.  gektari  tog'oldi  va 
tog'  mintaqasiga to 'g 'ri  keladi.
Respublika  territoriyasining  4,4  %ga  yaqini  yoki  1,8  million  gektar 
sanoat  obyektlari  transport  korxonalari  va  boshqa  qurilishlarda  foy- 
dalaniladi.  917  ming gektar  maydonni  aholi punktlari  ishg'ol etadi.  Insoni­
yat  ta ’siri,  ayniqsa,  sug'oriladigan  yerlarda  kuchli  bo'lib,  sug'orib  ekin 
ekayotganda  ilg'or  agrotexnika  qoidalariga  rioya  qilinsa  (sug'orish  qoida


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə