I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81

I l l  
B O 'L IM  
TASHQI  M U H IT  OMILLARI
1.  Tashqi  muhit  bilan  organizmning  birligi
Tashqi  muhit  bilan  organizm  uzviy bogiangan  bo'lib  usiz organizm  ya- 
shay  olmaydi.  Tashqi  muhitdan  organizm  birinchidan,  ozuqa  oladi,  ik- 
kinchidan,  organizmning  yer  yuzasida  tarqalishi  ham  ulaming  tashqi  muhit 
sharoitlariga  chidamliligiga  (moslashganligiga)  bog'liqdir.  Issiq  va  qumq 
iqlim  sharoiti  organizmlaming  yashashini  chegaralaydi,  xuddi  shunday  har 
qanday organizm  ham  shimolning  sovuq  iqlim  sharoitlarida  yashay  olmaydi. 
Tirik  organizmlaming  shakli  va  vazifalari  ham  tashqi  muhitga  bog'liqdir. 
Masalan,  suvda  yashovchi  baliqlaming  shakli,  ‘uzilishi  va  muhitga  moslash- 
ishi  yoki  havo  tarkibidagi  kislorodning 
2 1
  %  bo'lishi  tirik  organizmlarda 
bo'ladigan  modda  almasliislii jarayoni tezligining  eng  yuqori  cho'qqisini  bel- 
gilaydi.  Xuddi shunday issiq vaqtlarida  o'simlik va  hayvon organizmlarini so- 
vitish  maqsadida  ulaming  tana  yuzasidan  bo'ladigan  bug'lanishlar  hamda  is- 
siqlikni tarqatish  hodisalari organizimlaming  aktivlik  faoliyatini  chegaralaydi. 
O 'z  navbatida  organizimlaming  faoliyati  ham  tashqi  muhitga  ta ’sirini 
ko'rsatadi.  Biz  insonlar  va  barcha  tirik  organizimlar  nafas  oladigan  kislorod 
odatda,  yashil  o'simliklarda  bo'ladigan  fotosintez jarayonida  ajralib  chiqadi. 
Daslabki  vaqtlarda  okeanda  yashil  o'simliklar  hali  bo'lmagan  vaqtlarda  at- 
mosferada  kislorod  bo'lmagan  va  atmosfera  tarkibida  metan  (SN
4
),  ammiak 
(N N
3
),  suv  bug'lari  (N
2
O)  va  vodorod  (N
2
)  bo'lgan.  Quyosh  energiyasidan 
foydalanuvchi  dastlabki  yashil o'simliklar okeanlarda  paydo  bo'lgandan so'ng 
atmosfera tarkibida  kislorod  paydo  bo'la boshlagan.
O'simliklar  tuproq  xususiyatiga  ham  o'zimng  ta ’sirini  ko'rsatib  turadi. 
O'simlik  ildizlari  tuproqning  hatto  eng  kichik  yoriqchalariga  kirib  borib 
jinslarni  maydalashga  olib  keladi.
Bakteriyalar va  zamburug'lar esa  tog' jinslarini  nuratib  tuproqning  ho­
sil  boiishini tezlashtiradilar.  Zamburug'lar ozuqa  mineral  moddalarini  par- 
chalaydigan  kislotalar  ajratadilar,  parchalangan  mineral  moddalar  jinslar- 
dan  yuvilib,  ularning  yanada  yemirilishini  tezlashtiradi.  O'simliklaming 
chiriyotgan  qismlari  ham  kislotalar  ajratadi,  jinslarning  kimyoviy  nurashini 
jadallashtiradi.  Bularning  hammasi  tuproqning  kimyoviy  tarkibini  va  struk- 
turasini  o'zgartirishi  mumkin.
Hayvonlar  ajratib  chiqargan  ekskrimentlari  yordamida,  tuproqni  tu- 
yoqlari  bilan  maydalab,  yerda  uy va  har xil  yo'llar  yasab  tuproq  hosil  qilish 
jarayonida  ishtirok etadilar.


Yuqori  o'simliklaming  ildizlari  tuproqqa  yopishib  olib,  ulami  kuchli 
shamol  va  suv  eroziyasidan  asrashda  muhim  rol  o'ynaydilar.  O'simliklar 
suvlarning  yer  yuzasidagi  harakatiga  ham  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi,  chunki 
yog'ingarchilik  ko'p  tushadigan  joylarda  suv  o'sha  yerda  to'planib  qolmas- 
dan,  lining  bir  qismi  tuproq  yuzasidan  oqib  ketadi  yoki  yerga  shimUadi  va 
yerosti  suvlarga  qo'shiladi,  qolgan  qismi  tuproq  yuzasidan  va  o'simlik  barg­
lari  orqali  bug'lanadi.  Shu  hodisalar bo'lmaganda  edi  Nyu  York shahri  60  m 
chuqurlikdagi  suv  ostida  qolib  ketgan  bo'lar  edi.  Barglari  har  yili  to'kilib 
turadigan  o'rm onlar  barglarining  umumiy  maydoni  yer  yuzasi  maydonidan
4  marta  ortiqdir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  o'rmonlaming  har  bir  gektariga
4  gektar  barg  maydoni  to'g'ri  keladi.  Demak,  tushgan  yomg'ir  suvlarining 
ko'pchilik  qismi  barg  orqali bug'lanadi.  O'simlik barglari  orqali bo'lib  turadi­
gan  bugianishlar  shu  yerda  namlikning  saqlanib  qolishiga  imkon  tug'diradi, 
chunki  bug'langan  suvlarning  ko'pchiligi  kondensatsiyalanib  yomg'ir  sifatida 
yana qayta shu  yerga yoki unga yaqin  bo'lgan joylarga tushadi.
2.  Ekologik  omillar:  biotik,  abiotik,  antropogen
Tirik  organizmlarga  ta ’sir  etuvchi  muhitning  har  qanday  bo'laklari 
ekologik  omillar deyiladi.
M uhit  —  qumqlik,  suv,  havo  va  yer  osti  qismlaridan  iborat.  Tashqi 
muhit  tushunchasidan  tashqari  yashash  sharoitlari  degan  tushuncha  ham 
mavjud  bo'lib,  bu  tushunchaga  organizmning  yashashi  uchun  zarur bo'lgan 
elementlar  yoki  omillardan  yorug'lik,  issiqlik,  suv,  oziqlanish  va  shu  kabi- 
lar  kiradi.  1933-yilda  D.N.Kashkarov  muhit  omillarini  3  guruh  (iqhm, 
edafik  va  biotik)ga  bo'ladi.  Keyinchahk  1950-yilda  Alyoxin  ekologik  omil- 
lam i  iqhm,  edafik,  orografik,  biotik,  antropogen  va  tarixiy  guruhlarga 
ajratib  o'rganishni taklif qiladi.
Ekologik  omillar  3  ta  asosiy guruhga bo'linadi:
1.  Abiotik  omillar —  anorganik  tabiat  sharoitining  yoki  o'lik  tabiatning 
yig'indisi.  Bularga  harorat,  yorug'lik,  namlik,  suv,  tuproq,  relyef kiradi.
2.  Biotik  omillar:  Bunga  tirik  tabiat  elementlari  (tirik  organizmlarning 
bir-biriga  va  yashash  muhitiga  ta ’siri)  kiradi.  Biotik  omillar  fltogen  va  zo- 
ogen  omillarga  bo'linadi.
Fitogen  omillar  deganda  yuksak  va  tuban  o'simliklaming  organizmga 
ta ’siri  e’tiborga  olinsa,  zoogen  omillar deganda  esa  organizmga  barcha  hay­
vonlarning ta ’siri  nazarda  tutiladi.
3.  Antropogen  omillar  -   bu  inson  faoliyati  bilan  bog'liq  bo'lgan  omillar, 
ya’ni  odamlaming o'simlik va hayvon  turlari  yoki ular guruhlarining  tuzilishiga 
ko'rsatgan  ta’siridir.  Tirik  organizmlarga  juda  ko'p  omillar  ta’sir  ko'rsatadi. 
Ana  shu  omillaming  ayrim  organizmlarga  ko'rsatgan  ta’siri  natijasi  esa  xilma- 
xildir.  Omilning  organizm  hayoti  uchun  eng  qulay  darajasi  —  optimal  daraja 
deyiladi.  Har  qanday  ekologik  omillarning  eng  yuqori  darajasi  maksimum  va 
eng  qo'yi  darajasi  minimum  bo'ladi.  Tabiiyki,  har  bir  tirik  organizm  uchun  u 
yoki  bu  ekologik  omilning  o'z  maksimumi,  minimumi  va  optimumi  bo'ladi.


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə